Ishqalagichlar yordamida ishqalash sirtning yuqori aniqligini ta’minlaganligi tufayli o’lchash hamda tekshirish asboblarini o’lchamiga yetkazishda keng qo’llaniladi. Bu operatsiya sharjirlangan ishqalagichlar bilan o’lchamiga yetkazishga hamda abraziv aralashma surkab o’lchamiga yetkazishga (erkin yopishtnrilgan abraziv donlari bilan o’lchamiga yetkazishga) bo’linadi.
Buyumni ishqalashga tayyorlash. Ishqalanadigan buyum jilvirlash, yo’nib kengaytirish, cho’zish, mayda tishli va mayin egovlar bilan egovlash, shaberlash, shuningdek, yuqori aniqlikni ta’minlaydigan boshqa usullar bilan aniq va toza qnlib ishlanadi.
Ishlov beriladigan sirt uni ishqalash oldndan kerosin bila yuviladi va artib quritiladn. Ishqalagichning ish sirti tekshiriladi. U yassi va ma’lum o’lchamga ega bo’lishi kerak.
Ishqalagichning sifati lekalo chizg’ichlari, yassi-parallel uzunlik o’lchovlari yordamida tekshiriladi.
Ishqalagichni tayyorlash usuli qo’llaniladigan ishqalash usuliga bog’liq. SHarjirlangan ishqalagichlar bilan ishqalashda ular sharjirlanadi, ya’ni ishlash oldidan ularning sirtiga abraziv donlari botiriladi. Yassi ishqalagichlar toblangan brusok yoki valiklar yordamida sharjirlanadi. Buning uchun ishqalagichning sirtiga moy surkaladi, uning ustiga abraziv kukuni bir tekis qilib sepiladi va brusokni plita ustida yurgizib yoki uning ustida valik yurgizib abraziv donlari botiriladi ( quyidagi rasm, a). Diametri 10 mm dan katta bo’lgan dumaloq ishqalagichlar ikkita po’lat plita orasida dumalatib sharjirlanadi (quyidagi rasm), 6). Pastki plita ustiga sepilgan abraziv material ishqalagichga botadi, botmay qolgan kukun qoldiqlari sidirib tashlanadi.
Ishqalagichlarni sharjirlash
|
Abraziv kukuni ishqalagichning hamma joyiga bir xil kuch bilan botishiga e’tibor berish kerak, aks holda qolgan donlar ishqalagich bilan buyum orasida surilib, sirt noaniq chiqadi. SHu sababdan ishqalash vaqtida abraziv kukuni qo’shish yaramaydi. Tayyorlangan ishqalagichni butunlay
o’tmaslashgunicha ishlatish lozim.
|
Maromiga yetkazib tayyorlangan ishqalagichiing sirti yaltiroq dog’larsiz, xira bo’ladi.
SHarjirlanmagan ishqalagichlar bilan ishlaganda abraziv aralashmasi yoki pasta yarim suyuq massa hosil bo’lgupcha suyultiriladi. U kerosin surkalgan ishqalagich sirtiga zigzagsimon qatorlar tarzida surkaladi. Abraziv donlari sirtga ishqalash jarayonida botadi.
Asosiy ishqalash qoidalari va usullari. Ko’rib chiqilgan usullardan birida
tayyorlanadigan ishqalagich ustiga buyum qo’yiladi va doiraviy yo’nalishda ishqalanadi. Buyumni bo’shgina bosib, bir tekis ishqalash kerak, aks holda ishqalagich donlari tezda o’tmaslashib qoladi. Uzil-kesil ishqalashda buyum dastlabki ishqalashdagidan kuchsizroq bosiladi. Buyumiing chetlari qiyshayib chiqmasligi uchun detalga tushadigan vertikal bosim ishqalagich sirtiga tik bo’lishi, u qo’yiladigan nuqta esa ishqalovchiga yaqkn turishi zarur (quyidagi rasm, a). Detalni surayotgandagi gorizontal bosim iloji boricha pastroqqa qo’yilishi kerak.
Agar detalь katta o’lchamli bo’lsa, uni ishqalagich ustiga emas, balki ishqalagichni detalь ustiga qo’yiladi.
SHarjirlangan ishqalagichning bir joyiga ishqalash jarayonida 15 ta chamasi, erkin yopishtirilgan abraziv donlari bilan ishlaganda 10 ta chamasi harakat qilinadi, shundan so’ng abraziv material aralashtiriladi. Ishqalashda dag’al kukunlardan mayin kukunlarga, dag’al pastadan o’rtacha dag’allikdagi pastaga va nihoyat, mayin pastaga o’tish lozim. Agar ishqalash uchun bitta ishqalagichdan foydalanilsa, abraziv materialni almashtirgaida ishqalagich yuviladi va quriguncha artiladi, shunda oldingi ishqalashdan qolgan abraziv izlari yo’qoladi.
Ishqalash jarayonida buyumning qizishini ham hisobga olish kerak. Agar temperatura 50°S dan oshsa, buyumning ustki qatlami tob tashlashi va aniqligi yo’qolishi mumkin. SHuning uchun detalni vaqt-vaqti bilan sovitib turish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |