Powerpoint dasturidagi qo’shimcha elementlar bilan ishlash



Download 22,3 Kb.
Sana05.06.2017
Hajmi22,3 Kb.
#10542

Aim.uz

POWERPOINT DASTURIDAGI Qo’shimcha

ELEMENTLAR BILAN IShLASh

 

Rasm qo’yish. Taqdimotga rasm qo’yish yoki rasmni boshqa Taqdimotdan olib qo’yish mumkin.Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:

Rasm qo’yish uchun:

· Rasmni qo’yish kerak bo’lgan slayd Ko’rinishi tanlanadi.

· tugmachasi bosiladi va Clip Art darchasidagi kerakli rasm tanlab olinadi.

· Shu darchadan «Vstavit`» (Kiritilsin) tugmachasi bosilgandan So’ng yaratilayotgan prezentasiyada rasm paydo bo’ladi.

Uosil bo’lgan rasmning kattaligini o’zgartirish va uni boshqa joyga ko’chirish xam mumkin. Buning uchun:



· Rasm faollashtiriladi, ya`ni rasm ustida sichqoncha ko’rsatkichi bosiladi;

· Chegaradagi ramka orqali rasm kerakligicha kattalashtiriladi yoki kichiqlashtiriladi;

· Faollashgan ramkadagi rasm sichqoncha orqali kerakli joygacha sudrab o’tkaziladi.

Boshqa Taqdimotdan rasm olib qo’yish uchun:



«Vstavka» (Qo’yish) — «Risunok» (Rasm) — «Iz fayla» (Fayldan) buyruqlari tanlanadi.

Natijada, ekranda uskunalar paneli paydo bo’ladi. Bu panel «Nastroyka izobrajeniya» (Tasvirni sozlash) paneli bo’lib, u orqali rasmni ko’chirish, buyash, ramka utkazish, rasm kontrastini (tinikligini) to’g’rilash mumkin.

Rasmni skaner orqali xam qo’yish: buning uchun «Vstavka» (Qo’yish) menyusida «Risunok» (Rasm) keyin «So skanera» (Skanerdan) buyrug’i tanlanadi. Rasm «MS PHOTO EDITOR» da ochiladi va uni o’zgartirish mumkin bo’ladi.

Taqdimotga rasm qo’yib, uni o’zgartirish, masalan, chegara ranglarini o’zgartirish, aloxida fragmentlar urnini o’zgartirish, bir necha rasmlarni birlashtirish mumkin.

 

Jadvallar qo’yish. PowerPoint dasturida boshqa dasturlardagi kabi jadval Ko’rinishidagi ma`lumotlarni xam kiritish va uni taxrirlash mumkin. Bu standart uskunalar panelidagi quyidagi piktogrammalar yordamida amalga oshiriladi, ya`ni:

· (MS Word) yoki (MS Exsel) tugmachalar

 

(piktogrammalar) dan birini tanlab bosiladi;



· jadvalning kerakli ustun va satr parametrlari tanlab olinadi va ekranda xosil bo’lgan jadvalga sonli va matnli qiymatlar kiritiladi;

· jadvalga o’zgartirishlar kiritiladigan bo’lsa jadval faollashtiriladi, ya`ni sichqoncha ko’rsatkichi jadval tasviri ustida ikki marta bosiladi.

Jadval bilan ishlashni tugallash sichqoncha ko’rsatkichi orqali amalga oshiriladi.

 

Diagrammalarni qo’yish

 

· Diagrammani qo’yish uchun zarur bo’lgan slaydlar umumiy Ko’rinishidagi diagrammalar bilan ishlash slaydlari tanlanadi.



· tugmachani bosing va kerakli Ko’rinishdagi diag-

 

  rammani tanlang. Parametrlarni urnating hamda qiymatlarni keraklicha uzgartiring.



· Diagramma kattaligini uzgartiring va kerakli joyga urnating.

Rasm chizish

 

Rasm chizish WORD dagi kabi amalga oshiriladi. Asosiy farqi shundaki, PowerPoint qo’shimcha grafik element ichiga matn yozish va ularni ixtiyoriy burchakka aylantirish imkoniyatini beradi.



PowerPoint da yana «Avtofiguri» (Avtofiguralar) degan imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatdan foydalanganda sarik rombchaga axamiyat bering.

Rasm chizish uchun mo’ljallangan tugmachalar chap tomondagi «Risovanie» (Chizish) hamda «Risovanie +» (Chizish +) panellariga joylashgan.

 

Slaydlarni ko’chirish, nusxa olish va qayta takrorlash

 

Yaratilayotgan Taqdimotga sarf qilinadigan vaqtni:



— tayyor slaydlarni takrorlash;

— boshqa Taqdimotga yaratilgan slaydlarni ko’chirish       yoki nusxa olish orqali tejash mumkin.



Bir Taqdimotda slaydlarni qayta takrorlash

 

1. Qayta takrorlanadigan slaydni belgilang.



2. «Vstavka» (Qo’yish) menyusidagi «Dublirovat` slayd» (Slaydni takrorlash) buyrug’ini tanlang.

 

Boshqa Taqdimotga slaydlarni ko’chirish

 

1. Joriy hamda slayd kuchirilayotgan Taqdimotlarni oching va «Slaydlarni saralash»rejimiga uting.



2. Ikkala slaydni bir oynada yonma-yon aks ettirish uchun «Okno» menyusida «Uporyadochit` vsyo» (Barchasi tartiblansin) buyrug’ini tanlang.

3. Tanlangan slaydni bir Taqdimotdan ikkinchisiga olib uting.

 

Boshqa Taqdimotga slaydlardan nusxa olish

 

1. Boshqa Taqdimotda nusxasi o’tkaziladigan slaydlardan oldin turuvchi slaydni belgilang.



2. «Vstavka» (Qo’yish) menyusidagi «Slaydi iz faylov» (Fayllardan slaydlar) buyrug’ini tanlang.

3. Nusxasi o’tkaziladigan slaydlar to’rgan Taqdimotni toping va uni belgilang.

4. Nusxasi o’tkaziladigan slaydlarni belgilang va «Vstavit`» (Kuyilsin) tugmachasini bosing.

 

Slaydlarni uchirish



 

1. Uchirilishi kerak bo’lgan slaydni belgilang.



2. «Pravka»menyusidagi «Udalit` slayd» (Slaydni olib tashlash) buyrug’ini tanlang.

 
Download 22,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish