SHaberlashni ishlov berishning boshqa turlari bilan almashtirish ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning samarali yo’llaridan shaberlashni yupqa randalash va silliqlash bilan almashtirishdir.
Yupqa randalash metallarga ishlov berishda keng qo’llaniladi. Ayniqsa, bu usul uzun, yassi sirtlarni randalashda iqtisodiy jihatdan foydalidir. Zagotovkalarga randalash dastgohlarida ishlov berishga sarflanadigan vaqt oddiy shaberlashga nisbatan o’n marta kam.
Yupqa randalash keng tig’li (40 mm gacha) tezkesar po’lat yoki qattiq qotishmalardan yasalgan keskichlarda bajariladi. Tig’ning kesish chuqurligi dastlabki ish yo’llarida 0,01-0,25 mm, uzil-kesil randalashda 0,05-0,1 mm bo’ladi. Dastgohlarning keskichlari tezkesa po’lat yoki qattiq qotishmalardan yasaladi. Zagotovkani yupqa randalaganda sirtning g’adir-budirligi Ra 1,25-0,63 bo’lib, to’g’ri chiziqlilik va joiz tekislilikning og’ishi saqlanib qoladi. Ammo bunday ishlov berishning foydali tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari bor, masalan, dastgohga detalni o’rnatish, to’g’rilash. Mahkamlash, keyin uni yechib olishga ko’p vaqt sarflanadi.
SHaberlashda xavfsizlik texnikasi
SHaberlashda ish o’rni yaxshi yoritilgan bo’lishi kerak. Tekshirish asbobi va detalga yorug’lik bir me’yorda tushishi, aks va soyalar bo’lmasligi kerak. Yaxshi ko’rinmagan sirlar yaxshi ishlanmaydi.
SHaberlashda nuqsonsiz va uchmagan dasta bo’lishi zarur. Ikki tomonlama shaber bilan ishlayotganda uning ikkinchi tig’i shkastlanishidan extiyot bo’lishi lozim. SHaberlashda og’ir tekshirish asboblari va detallar bilan ishlashga to’g’ri keladi. SHuning uchun ish o’rnini ko’tarish qurilmalari bilan jixozlash maqsadga muvofiq.
Ishqalash va o’lchamiga yetkazish so’nggi operatsiyalar hisoblanadi. Bu operatsiyalar sirtni 0,0001 mm niqlikda ishlashga imkon beradi
Sirtlarning bir biriga zich tegishini ta’minlash uchun ularni abraziv materiallar kukuni yoki pastalar bilan ishlash operatsiyasi ishqalash deb ataladi. Bu operatsiya klapanlar, jo’mraklar, plunjerlar, tiqinlar, zolotniklar va shunga o’xshash detallarda zich hamda germetik birikmalar hosil qilish uchun qo’llaniladi.
O’lchamga yetkazish-tozalash, pardozlash operatsiyasi bo’lib, buyumning aniq o’lchamlari va shakllari ta’minlashga, sirtni juda toza ishlashga imkon beradi. Odatda ishqalashning ikki turi: etalon sirtlar (ishqalagichlar) yordamida ishqalash va bir detalni ikkinchisiga ishqalash usullari qo’llaniladi.
Ishqalash sifatini yaxshilash va ish unumini oshirish uchun dastlabki ishqalashga 0,02- 0,05 mm, uzil kesil ishqalashga 0,003-0,005 mm qo’yim qoldiriladi.
Metallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan tabiiy yoki su’iy moddalar abraziv materiallar deb ataladi. Ular donadorlik nomeri bilan ifodalanadi. Bu materiallar uch gruppaga: jilvirlash donlariga, jilvirlash kukunlariga, mikrokukunlarga bo’linadi.
Jilvirlash donlari va jilvirlash kukunlari uchun donadorlak nomeri donlarning millimetrning yuzdan bir ulushidagi o’lchamini ko’rsatadi. Mikrokukunlardagi raqamlar donlarning mikronlardagi o’lchamini ifodalaydi. Jilvirlash donlaridan jilvirlash doiralari va brusoklari, jilvirlash qog’ozlari tayyorlanadi.
Yumshoq abraziv materiallar har xil metallarning oksidlari hisoblanadi. Ularga xrom oksid, temir oksid (krokus), alyuminiy oksid kukunlari kiradi.
Qattiq abraziv materiallardan po’latni ishqalash uchun normal oq va xromli
elektrokorund hamda monokorund kukunlari; cho’yan va mo’rt materiallarga ishlov berish uchun kremniy karbid; qovushgan qattiq qotishmalar hamda boshqa qiyin ishlanadigan materiallar uchun bor karbid va sintetik olmos kukunlari ishlatiladi.
Yumshoq abraziv materiallar bilan yumshatilgan po’lat, cho’yan, mis va alyuminiy qotishmalari ishqalanadi.
Qattiq abraziv materiallar bilai ishqalash jarayonida sirtdan mexanikaviy usulda qirindi yo’niladi, ya’ni qirqish jarayoni ro’y beradi. Yumshoq abraziv materiallar bilan ishqalash jarayonida ximiyaviy-mexanikaviy ishlov yuz beradi: sirt-aktiv moddalar ta’sirida yupqa oksid pardasi hosil bo’ladi, keyin bu parda abraziv donlari vositasida yo’qotiladi. SHu tarzda oksid pardalari hosil qilish va ketkazish yo’li bilan sirt zarur aniqlik hamda tozalikka erishilguncha ishlanadi.
Ishqalash va o’lchamiga yetkazish uchun mo’ljallangan moylash materiallari metall yo’nish jarayonini tezlashtiradi, abraziv donlarining o’tkirligini saqlaydi, ishlovning aniqligi va tozaligini oshiradi, detalь sirtini sovitadi. Quyidagi moylash-sovitish suyuqliklari: kerosin, yengil mineral moylar, benzin, sodali suv tavsiya qilinadi. Po’lat va cho’yanni ishqalash uchun ko’pincha kerosin ishlatiladi. Kerosinga 2,5% olein kislota va 7% kanifol qo’shilsa, ish unumi keskin oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |