SHaberlashningmohiyati.Tekshirish asbobi (plita chizg’ich) yupqa qilib bo’yaladi. O’nga ishlov beriladigan buyumni qo’yib, doiraviy yo’nalishda harakatlantiriladi. SHunda sirtning chiqiq joylariga bo’yoq tegadi. Kichik detallar tiskiga mahkamlab, yirik zagotovkalar esa turgan joyida shaberlanadi. SHaber ishlanadigan sirtga 15-20 burchak ostida qo’yiladi, o’ng qo’l bilan dastasidan ushlab, chap qo’l bilan qirquvchi qirrasi yaqinidan qisiladi. SHaberni oldinga harakatlantirganda qirquvchi tig’i yupqa qirindi qiradi, ketinga harakatlantirganda esa qirindi qirmaydi. SHaber bir gal surilgandan so’ng sirt qirindidan
tozalanadi, yana bo’yaladi va bo’yoq tekkan (chiqiq) joylari yana shaberlanadi.
Sirt birligiga to’g’ri keladigan dog’lar soni normaldagiga yetguncha operatsiya takrorlanaveradi. Dog’lar soni qancha ko’p bo’lsa. CHiqiq va botiqlar shunchalik mayda bo’ladi hamda sirt shunchalik aniq chiqadi.
SHaberlar. Uch yoqli shaberlarni charxlash hamda qirovini to’kish
SHaberlaruchlarida qirquvchi qirralari bo’lgan har xil shakldagi metall sterjenlardir.
Tekisliklarnishaberlashdayassi shaberlar ishlatiladi. Ular bir tomonlama va ikki tomonlama, yaxlit va o’rnatma plastinkali xillarga bo’linadi.
Birtomonlamayaxlitshaberlar. U12A markali po’latdan 150-300 mm uzunlikda tayyorlanadi. Ko’pincha, ular tishlari yeyilgan eski egovlardan yasaladi.
Ikki tomonlama shaberlar dumaloq chiviqlardan ishlanadi. Buning uchun chiviqlarning uchlari temirchilik usulida yassilanadi. Ularning uzunligi 350-400 mm.
O’rnatmaplastinkalishaberlarsamaraliroqdir. Ularda tezkesar po’lat va qattiq qotishmalardan qilingan plastinkalar qo’llaniladi va o’tmaslashganlari almashtirib turiladi. Ko’p yoqli plastinkalar har bor. Ularning bir yog’i utmaslashsa, ikkinchi yog’ini o’girish va shu tariqa xizmat muddatini ancha uzaytirish mumkin. Yassi shaberlarning eni: dastlabki (xomaki) shaberlash uchun-20-25 mm, yarim tozalab shaberlash uchun-12-16 mm. Uzil-kesil shaberlash uchun-5-10 mm; shaberning qalinligi 2-4 mm.
O’tkir burchak hosil qiluvchi uchun yarim dumaloq shaberlar ishlatiladi.
Egrisirtlaruchyoqlishaberlarbilanishlanadi. Ularning yon yoqlari ish qismi hisoblanadi. CHarxlashni osonlashtirish uchun yoqlari bo’ylab ariqchalar qilinadi. Uch yoqli shaberlar ko’pincha eski uch yoqli egovlardan tayyorlanadi.
Podshipniklar vkladishlari yeyilgan konussimon rolikli podshipniklarning tashqi halqalaridan yoki porshen halqalaridan tayyorlanadigan shaberlar-halqalarbilan shaberlanadi.
Noqulay joylarni shaberlashda egikva qoshiqsimonshaberlar ishlatiladi.
Novatorlar tekisliklarni shaberlash uchun diskaviy shaberlarni taklif qilishgan. Bunday shaberlar diametri 50-60 mm va qalinligi 3-4 mm li diskdan iborat bo’lib, dastaga mahkamlab qo’yiladi. O’tmaslashgan sari disk burib turiladi. Dumaloq disk o’rniga uch yoqli va olti yoqli plastinalar ham qo’llaniladi.
Quyidagi yig’mashaberlarkonstruktsiyasi ishlab chiqilgan: tekisliklarni (plitalar, lineykalar, yo’naltiruvchilar, burchaklarni) shaberlash uchun yassi to’g’ri, radiusli yassi; qattiq qotishmadan qilingan plastinkali yassi; egri sirtlarni ishlash uchun-uch yoqli; o’tkir burchak ostida yotgan sirtlarni ishlash uchun-qoshiqsimon. Ularning ish qismi U12A markali po’latdan tayyorlanadi. Ular M10 rezьbali quyrug’i bilan ichi bo’sh dastaga mahkamlanadi.
Quyidagi yig’ma shaberlar konstruktsiyasi ishlab chiqilgan: