2.Soliq belgilari:
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi.
3. Soliq elementlari
Soliq elementlari deb soliq undirishni tuzilishi va uni tashkil etish tamoyillariga aytiladi. Yahni soliq qonunchiligida soliq to’lovchilar va soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur elementlar belgilangandagina soliqlar belgilandi deb hisoblanadi va ular iqtisodiy munosabatlarda qonuniy amal qila boshlaydi.
Demak, bundan aytish mumkinki, mahlum bir soliq turini joriy qilindi deyilsa-yu, soliq qonunchiligida u soliqni to’lovchilari va boshqa soliq elementlari ko’rsatilmagan bo’lsa, masalan soliq ob’ekti, qancha stavkada to’lash, qaysi muddatlarda byudjetga o’tkazish, qanday imtiyozlarga ega bo’lishi, hisoblash formulalari aniq emas ekan u holda ushbu soliq amaliy kuchga ega bo’lmaydi. SHuning uchun har qanday soliqni amaliy kuchga ega bo’lishini ko’rsatib beruvchi holatlar soliq elementlari deb ataladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 6-bobiga asosan soliq elementlariga quyidagilar kiradi: soliq subhekti; soliq solish ob’ekti; soliq solinadigan baza; soliq stavkasi; soliqni hisoblab chiqarish tartibi; soliq davri; soliq hisobotini taqdim etish tartibi; soliqni to’lash tartibi.
Soliq subhekti bo’lib, qonuniy ravishda soliq to’lash majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Soliq ob’ekti bo’lib, soliq subhektlarining soliqqa tortishga va soliq hisoblashga asos bo’ladigan daromadlari, tovar(ish, xizmat)lar realizatsiyasi bo’yicha amalga oshiradigan aylanmalari, mol-mulki, amalga oshiradigan faoliyati va fizik ko’rsatkichlar hisoblanadi. Masalan,
Soliq turlari
|
Soliq ob’ekti
|
Qo’shimcha tavsif
|
Yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq
|
Sof foyda
|
|
Qo’shilgan qiymatga soliq (QQS)
|
tovar(ish, xizmat)lar realizatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan aylanma
|
|
Mol-mulk solig’i
|
Mol-mulk qiymati
|
|
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsatnoma yig’imi
|
Faoliyat turi
|
Masalan: alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi
|
Ayrim turdagi faoliyat larga belgilangan qat’yy soliqlar
|
SHu faoliyatlarning fizik ko’rsatkichlari
|
Masalan: biliyard faoliyati uchun soliq ob’ekti bo’lib xar bir biliyard stoli hisoblanadi
|
soliq bazasi bo’lib, soliq ob’ektining miqdoriy ifodasi hisoblanadi. Masalan, yer solig’ida soliq bazasi bo’lib shu yerning gektarlardagi ifodasi, suv solig’ida kub.m., bojxona bojlarida import qilinayotgan transport vositalari uchun motor quvvati, ot kuchi yoki motorning xajmi hisoblanadi.
soliq stavkasi soliqqa tortish birligiga to’g’ri keladigan soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Yahni, soliq stavkasi byudjetga o’tkaziladigan daromad qismini ifodalovchi miqdordir.
Soliq agenti – soliq to’lovchilardan soliqlarni undiruvchi va davlat byudjetiga o’tkazib beruvchi vakolatli yuridik shaxslar.
Soliq manbai - bu soliq to’lovchining to’laydigan soliqlari manbai, yahni daromadi.
Soliqqa tortish birligi - bu ob’ektning o’lchov birligi. Masalan, daromad yoki mol-mulk solig’ida ob’ektning o’lchov birligi bo’lib uning so’mdagi bahosi ifodalansa, yer solig’ida o’lchov birligi bo’lib kv.m. yoki gektar hisoblanadi.
Soliq imtiyozlari - soliq to’lovchilarga soliqlar bo’yicha turli xil yengilliklar bo’lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to’liq yoki qisman va boshqa ko’rinishlarda berilishi mumkin.
Soliqlarni to’lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunchiligida har bir soliq turining byudjetga to’lash muddatlari belgilangan. Soliqni to’lash muddatlari o’z mohiyatiga ko’ra ikki xil ko’rinishga ega: avans (bo’nak) to’lovlari va haqiqiy daromad olinganidan keyingi to’lovlar.
Soliq yuki - soliq to’lovchining muayyan vaqt oralig’idagi faoliyati natijasida to’lagan soliqlarini yig’indisini ifodalaydi. Bunda soliq to’lovchilarning to’laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to’lovlarining yig’indisi ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |