Namangan davlat universiteti
Musiqa ta’limi va madaniyat fakulteti
Cholg’u ijrochiligi bo’limi
CH.I.A.U 20 1- bosqich talabasi
Turg’unpo’latova Mahliyoning
Garmoniya fanidan tayyorlagan
“Esse”
MUSTAQIL ISHI
O’qituvchi: Shokirxonov.B.
1-mavzu: Subdominandseptakkord (SII7) va uning aylanmalari. Yetakchi septakkord va uning aylanmalari.
II pog’ona septakkordi septakkordlar gruppasida bosh septakkord bo’lganligi sababli Subdominandseptakkord deb ataladi. Subdominandseptakkord SII7 (minorda sII7) ishorasi bilan belgilanadi.
Subdominandseptakkordning interval tarkibi:
a)tabiiy majorda-kich3, sof5 va kich7 dan (ya’ni kich7 minor uchtovushligidan) tuziladi;
b)minor va garmonik majorda-kich7, kam5 va kivh7 dan (ya’ni kich7 li kam uchtovushlikdan) tuziladi.
Barcha septakkord singari, SII7 ni xam uchta aylanmasi bor: SII65, SII43, SII2, .
Bu akkordning to’rt ko’inishidan eng ko’p tarqalgani kvinsekstakkord (SII65) dir. Bu akkord funksional jixatdan yondosh bo’lgan subdominanta ruppalaridagi bosh uchtovushlik (S) ni va SII sekstakkordini o’zida birlashtiradi. Shuning uchun xam SII6 kvintsekstakkord “sekstali subdominanta” nomini olgan. Uning boshqacha belgisi S65 (subdominanta kvintsekstakkordi) dir.
SII7 akkordlari tonika yoki undan ham soddaroq subdominanta garmoniyasidan, ya’ni T, T6, T64, S6, S64 TSVI dan keyin garmonik qo’shilishida (ko’proq tayyorlangan septima bilan) xamda SII va SII6 dan kayin (shu jumladan o’tkinchi septima bilan) kiritiladi.
SII7ning dominant uchtovushligiga yechilishi D7 ning T ga yechilishidek bo’ladi:
a)septima bir pogo’na pastga tushiriladi;
b)tersiya bir pog’ona yuqoriga ko’tariladi, asosiy septakkordda esa ko’pincha bir tersiya pastga tushiriladi;
v)kvinta bir pog’ona pastga tushiriladi;
g)asosiy tovush yuqorigi uch ovozda o’zo’rnida qoladi, basda esa primasiga sakrash yo’li bilan (kvarta yo’nalishi) o’tkaziladi.
Natijada SII7, SII65 va SII43 lar D ning asosiy uchtovushligiga yechiladi, SII2 esa D6 ga o’yadi.
SII7 ning hamma turlari tonikauchtovushligining muvofiq turlariga yechilishi mumkin: septima o’z o’rnida qoladi, boshqa ovozlar ko’pincha ravon yo’naltiriladi.
SII7-T6 ga yechiladi.
SII65-T ga yechiladi ( bu ucul ayniqsa plagal kadensiyalarda ko’p qo’llaniladi ).
SII65-T6 ga yechiladi.
SII65-T64 ga yechila (o’tkinchi).
SII43-T64 ga (o’tkinchi), ba’zan kamroq T ga xam yechiladi.
SII7 va uning aylanmalarining xilma-xil u umumiy asosda sakrashlar bo’lishi mumkin: septima albatta bir pog’ona pastga tushiriladi yoki o’z o’rnida qoladi; ikki chekkadagi ovozlar orasida yashirin kvintalar yoki oktavalar bo’lishi mumkin emas.
SII7 va SII7 akkordlari dominantseptakkord (D7) va uning aylanmalariga tez-tez o’tib turibdi. Bunda ovoz yo’nalish tartiblari quyidagichadir: SII7 ning septimasi va kvintasi pog’onama-pog’ona pastga yo’naladi, qolgan tovushi esa har ikkala akkordning umumiy tovushlari bo’lib o’z o’rnida qoladi.
Shu xildagi ovoz yo’nalishida SII7 albatta D ga o’tadi (va aksincha – SII43 – D7 ga o’tadi), SII65 esa D2 ga (va aksincha SII2-D65 ga ) o’tadi.
Natijada ikkita to’g’ri tayyorlangan dissonans oxangdoshlik (septakkordlar) yo’nalishi xocil bo’ladi va pirovardida major yoki minor tonikasiga yechiladi.
Agar bu yo’nalishida D7 to’liqsiz xolda qo’llanilsa, SII7 basda o’zining primasidan D7 primamasiga sakrash yo’li bilan, to’liqsiz D7 ga o’tishi mumkin.
Yetakchi sept akkordlar (DVII7)
Yetakchi tovushda (VII pog’ona) tuzilgan va dominant funksiyasiga ega bo’lgan septakkord yetakchi septakkord deb ataladi. U qisqacha DVII7 shaklida belgilanadi.
Yetakchi septakkordlar asosiy tovushlari bilan septima lari orasidagi intervallariga qarab bir-biridan tubandagicha farq qiladi:
Tabiiy majoring kichik yetakchi septakkordi, uning interval sostavi-kichik tersiya, kamaytirilgan kvinta , kich 7, ( ya’ni kich 7 li kam uchtovushlik);
Garmonik major va garmonik minorning kam yetakchi septakkordi; uning interval sostavi-kich 3, kam 5, kam7 9 ya’ni kam uchtovushlik va uning kam 7 si0.
Boshqa septakkordlar singari DVII7 ham uchta aylanmaga ega:
DVII65, DVII43, DVII2 dir.
a) DVII7 - D6 ga yechiladi (aniqrog’I o;tadi);
b) DVII65 - D43 ga yechiladi;
v) DVII43 – D2 ga yechiladi;
g) DVII2 – asosiy D7 GA YECHILADI.
Do'stlaringiz bilan baham: |