Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qo'shimcha ravishda kelishuvisiz amalga oshiriladigan nazorat vazifalari ham mavjud bo'lib ular quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
alkogolli va tamaki mahsulotlarining tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqarilishi va sotilishi, shuningdek, aktsiz markalari mavjud emasligi yoki qalbakilashtirilishi, dalillari to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjudligida bunga vakolati bo'lgan soliq va boshqa organlar tomonidan muomaladan ushbu mahsulotlar qonun bilan belgilangan tartibda tezkor olib qo'yilishini amalga oshirish. Bunda tadbirkorlik sub'ektini keyingi tekshirishlar belgilangan tartibda Kengash yoki uning viloyat komissiyalari kelishilishi kerak;
sifatsiz va yoki kontrabanda mahsulot ishlab chiqarilishi va sotilishi to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjud bo'lgandagina litsenziya bitimi talablariga muvofiq bunday mahsulotiga soti-lishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish bosh
boshqarmasi farmatsevtik inspektsiyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda sotilayotgan dori mahsulotlari ustidan nazoratni amalga oshirish. Bunda tadbirkorlik sub'ektini keyingi tekshirishlar
belgilangan tartibda Kengash yoki uning viloyat komissiyalari kelishilishi kerak;
Kengash bilan kelishilgan ob'ektlarda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya xizmati va ularning hududiy bo'linmalari tomonidan
o'tkaziladigan tuproq, oqova va er ustidagi suvlarini ifloslantirish manbalari monitoringi;
savdo va xizmat ko'rsatish sohasi ob'ektlari, shuningdek, boshqa xususiylashtirilgan korxonalar egalarining O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 21-noyabrdagi 402-son qarori 3 bandiga muvofiq o'tkazilayotgan xususiylashtirish shartnomalarida nazarda tutilgan viloyat yo'nalishini saqlash bo'yicha shartnomalarga rioya qilishi ustidan monitoring;
Davarxiteko'urilishnazorat organlari bilan qurilish buyurtmachilari o'rtasida, shuningdek, buyurtmachilar bilan pudrat qurilish tashkilotlari o'rtasida shartnomalar mavjud bo'lgan hollarda amalga oshiriladigan qurilish ishlari sifatining qurilish me'yorlari va qoidalariga, respublika
standartlariga, davlat standartlari va texnik shartlariga muvofiqligini nazorat qilish;
O'zdavdonnazorat bo'linmalari tomonidan "O'zdonmahsulot" DAKning g'alla qabul qilish punktlarida namuna olish yo'li bilan don qabul qilish omborlari, tegirmonlar va elevatorlarda mavjud bo'lgan donning namligi va iflosligini tahlil qilish;
Korxonalar qonun hujjatlaridan belgilangan tartibda tegishli ro'yxatdan o'tkazuvchi organlarning qabul qilgan qarorlari asosida tugatilganda adliya organlari tomonidan xo'jalik yurituvchi
sub'ektlarga shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash. Adliya organlari har chorakda Kengash va uning hududiy komissiyalarga
qilingan ish to'g'risida Kengash ishchi organi bilan kelishilgan shakl va muddatlarda ma'lumotlar taqdim etadilar.
O'zstandart yoki uning topshirig'iga ko'ra maxsus vakolatli shaxs (ekspert-auditor) tomonidan zarurat tug'ilganda (sinovlar, sertiflkatlar sifatsiz o'tkazilgani, nasos uskunalardan, malakasiz mutaxassislardan foydalanilgani va hokazolar to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar kelib tushganda) O'zstandartda akkreditatsiyalangan va litsenziya olgan sinov laboratoriyalari markazlari, litsenziya kelishuvlarining shartlariga rioya qilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat:
O'zbekiston Respublikasining sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasining kengashi bilan kelishilgan ob'ektlarga, doimiy ravishda biriktirilgan va ularda joylashgan inspektorlari ob'ektlarda ishlarni yuritish va yuk tashish xavfsizligi holati yuzasidan amalga oshiradigan nazorat va boshqalardir.
Soliq nazorati joylarga bormasdan hujjatli tekshirishlar orqali amalga oshirilganda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: