Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet130/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

Re jadan tashqari tekshiruvlar ham mavjud bo'lib, ular quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlaridan kelib chiqib tekshiruvlar o'tkazish zarurati tug'ilganda (Bundatekshiriladigan sub'ekt nomi aniq ko'rsatilgan bo'lsa, Kengash yoki uning viloyat komissiyasi roziligini olish talab qilinmaydi);

  • nazorat qiluvchi organga xo'jalik sub'ekti tomonidan qonunlarning va boshqa qonunchilik hujjatlarining buzilish hollari haqidagi qo'shimcha ma'lumotlari kelib tushganida (korxonalar
    tashkilotlar muassasalar va fuqarolardan kelib tushgan, aniq dalillangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan huquqbuzarlik holatlari ko'rsatilgan axborot qo'shimcha ma'lumot bo'lib xizmat qilishi mumkin);

  • favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishini oldini olish uchun;

  • sanitariya-epidemiologiya holatining murakkablashuvi, shuningdek, qo’shni davlatlardan yuqumli kasalliklar keltirilishi va tarqatilishi xavfl tug'ilganda.

Korxonalarni rejadan tashqari tekshirish zaruriyati tug'ilganda, nazorat qiluvchi organning markaziy apparati (DSQ, MB, MV) Kengashga, uning bo'linmalari esa viloyat va tuman komissiyalariga tekshirish o'tkazishning zarurligini asoslagan holda maxsus belgilangan shaklda buyurtmanoma hamda nazorat organi rahbari to-monidan imzolangan tekshirishni o'tkazish rejasini yuboradi.


Muddati bir kundan ortiq bo'lgan rejadan tashqari tekshirish buyurtmasi va tekshirishni o'tkazish rejasi viloyat komissiyasida qrganib chiqilganidan keyin sqralgan tekshirishni o'tkazish va yoki o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror qabul qilish uchun Kengashga yuboriladi.
Tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini bir kunlik rejadan tashqari tekshirish o'tkazishga buyurtmanomasi va tekshirish o'tkazish rejasi hududiy komissiyasi tomonidan ко'rib chiqiladi, shundan sqng viloyat komissiyasi rejadan tashqari tekshirishni o'tkazish yoki o'tkazishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Kengashning, uning viloyat va tuman komissiyalarining ishchi organlari taqdim etilgan buyurtmanomalar va tekshirish o'tkazish rejalari asosligini, tekshirishlarni o'tkazish rejalarining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiqligini, qrganiladigan masalalarni tegishli, nazorat qiluvchi organlari bilan birgalikda qrganib chiqadilar hamda viloyat va tuman komissiyalari ishchi guruhlarining rejadan tashqari tekshirish o'tkazish uchun taqdim etilgan buyurtmanomalarni ко'rib chiqishga doir xulosalarini inobatga olgan holda Kengashga, uning viloyat komissiyalariga taklif kiritadilar. Ular rejadan tashqari tekshirish o'tkazish to'g'risida yoki uni o'tkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladilar. Rejadan tashqari tekshirish o'tkazishga ruxsat berilgan taqdirda tekshirish rejasini kelishib oladilar.
Rejadan tashqari tekshirish o'tkazish haqidagi yoki uni o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror qisqa muddatlarda, biroq buyurmanoma kelib tushgan kundan e'tiboran ikki haftadan kechiktirmay qabul qilinadi va tegishli Kengash raisi (uning qrinbosari) yoki nazarda tutilgan vakolatlar doirasida viloyat komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi hamda nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Ulgurji va chakana savdodagi umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan savdo-sotiq hamda naqd pul tushumini topshirish qoidalariga rioya etilishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlardan o'tkazish to'g'risidagi qarorlar istisno tartibida tuman komissiyalarining raislari yoki viloyat komissiyalar raislarining qrinbosarlari - soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolanadigan ro'yxatlar ko'rinishida rasmiylashtiriladi.
Ro'yhatlarda tekshirilayotgan tadbirkorlik sub'ekti nomi va STIR, tekshirilayotgan tadbirkorlik sub'ekti ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish ob'ektining yuri-dik manzili va shuningdek ob'ekt amalga oshirayotgan faoliyat turi va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish o'tkazish muddati ko'rsatilishi kerak.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanitariya epidemiologiya vaziyati murakkablashuvi, shuningdek, boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bog'liq rejadan tashqari tekshirishlarni o'tkazish to'g'risidagi qaror, sanitariya nazorati va tabiatni muhofaza qilish organlari murojaati asosli bo'lgan taqdirda tekshirish o'tkazish uchun buyurtmanoma kelib tushgan kuni qabul qiladi.
Yuqori nazorat qiluvchi organlar o'zlarining hududiy bo'linmalariga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishdan o'tkazish haqidagi topshiriqlami ularni o'tkazish to'g'risida faqatgina Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qarori bo'lgan taqdirdagina yuboradilar.
Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini muqobil tekshirishlar nazorat qiluvchi organlarining markaziy apparatlari va ulaming hududiy bo'linmalari tomonidan tegishli Kengash va uning viloyat komissiyasi qarori bo'yicha, qo'zg'atilgan jinoyat ishlari bo'yicha esa -tekshirishni tayinlash to'g'risidagi qarorga asosan, faqat ularning tekshirilayotgan sub'ekti bilan o'zaro munosabatlariga doir qismi bo'yicha o'tkaziladi. Tadbirkorlik sub'ektining tekshirish sub'ekti bilan o'zaro munosabati deyilganda shaxslarning hujjat bilan tasdiqlangan aniq aloqasini tushunish kerak. Muqobil tekshirishlarni o'tkazilayoganda tadbirkorlik sub'ektlariga borish va ulardan tekshirish predmetiga taalluqli bo'lmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi.
Nazorat tartibida tekshirishlarni, ya'ni qaytadan tekshirish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning o'zlari o'tkazgan tekshirish natijalari bo'yicha faqat dalolatnomada (ma'lumotnomada) belgilangan holatlar bo'yicha va muddatlarda, Kengash yoki uning viloyat komissiyasi qo'shimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub'ekti tekshirish natijalari bo'yicha dalolat-nomada (ma'lumotnomada belgilangan muddatlarda nazorat tar-tibidan tekshirishlar o'tkazishga rozi bo'lmasa, ularni o'tkazish muddatlari belgilangan tartibga muvofiq viloyat komissiyalarining qarorlari bilan belgilanadi. Bunda o'tkazilgan tekshirish natijalari bo'yicha dalolatnoma (ma'lumotnoma) nazorat tartibida tekshirish o'tkazish zarurligiga asos bo'ladi.
Rejadan tashqari tekshiruvlar yana DSQ Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi qoshidagi soliq va valyuta jinoyatchiligiga qarshi kurash Departamenti tomonidan Kengash ruxsatisiz quyidagilarni aniqlash maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • mahsulot import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat maqsadida tovar olib kirganligini va bojxona to'lovlarini (shu jumladan bojxonada to'lanadigan soliqlarni) to'laganligini tas-diqlovchi hujjatlarning mavjudligi. Bu hujjatlar mavjud bo'1magan holada tovarlar musodara qilinadi (lekin bunday musodaraning sud orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq);

  • chakana va ulgurji savdo hamda umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining belgilangan tartibda sotishi.

Shuningdek, yuqoridagi tashkilotlar ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish sohasida savdo qoidalariga rioya qilish va naqd pulni topshirish bo'yicha rejadan tashqari tezkor o'tkazishlari mumkin. Oxirgi vaqtda bunday tekshirishlar ko'payganligini ta'kidlash mumkin.


Tekshirishlarni o'tkazishda mutaxassislar, auditorlar yoki auditorlik firmalari jalb qilinganda ekspert o'tkazish xarajatlarini to'lash tekshirishni belgilagan nazorat organlari hisobiga amalga oshirish kerakligini e'tiborga olish zarur. Chunki amaliyotda ko'p hollarda bu xo'jalik sub'ekti zimmasiga yuklatish hollari uchraydi. Auditorlar (auditorlik firmalari, mutaxassislar) ekspert yoki auditorlik xulosalarining to'g'riligi va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga mosligi uchun javobgar ekanligi nazorat organi va auditorlar o'rtasida tuziladigan shartnomalarning zaruriy sharti ekanligini ham nazarda tutish lozim.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish