Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet126/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

Soliq to'lovchi jismoniy shaxsning qayd ma'lumotlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • soliq to'lovchining identifikatsiya raqami;

  • familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • fiiqaroligi

  • fuqaroning identifikatsiya raqami (kodi) O'zbekiston fuqarolari uchun;

  • pasport seriyasi va raqami, berilgan vaqti va joyi;

  • yashash joyi.



Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qayd ma'lumotlariga yana quyidagilar kiradi:

  • davlat ro'yxatidan qtish joyi, vaqti va raqami;

  • faoliyat turi;

  • faoliyatni amalga oshiradigan joyi.



Soliq to'lovchilar to'g'risidagi qaydnoma ma'lumotlarni yuritish soliq to'lovchi, soliq agenti va tashkilotlar va boshqa organlardan ma'lumotlar asosida soliq to'lovchi to'g'risidagi qaydnoma ma'lumotlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Soliq organlari hisobga turmagan soliq to'lovchilarni aniqlaganlarida ularga hisobga turish talabnomasini belgilangan tartibda jqnatadilar. Bunday talabnomaning olinishi soliq to'lovchini javobgarlikdan ozod qilmaydi.
O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobga turgan soliq xizmati organlariga qaydnoma ma'lumotlaridagi har qanday o'zgarishlar haqida 10 kun ichida ma'lumot etkazishlari shart.
Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi o'zgargan taqdirda soliq organi mazkur soliq to'lovchi to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni yangi yashash joyidagi soliq organiga etkazishi kerak. Bunday materiallarni o'tkazish va qabul qilish tartibi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq organi soliq to'lovchining talabiga ko'ra, uning hisobga turganligini tasdiqlovchi hujjatni berishga majbur.
Soliq to'lovchilarning yagona reestridan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
rezident jismoniy shaxslar uchun - ular vafotidan keyin, soliq va to'lovlar bo'yicha majburiyatlarning ularning merosxo'rlari tomonidan to'liq qoplash sharti bilan yoki belgilangan tar-tibda soliq qarzdorligini hisobdan chiqarish bilan;
rezident yuridik shaxslar uchun - ular tugatilayotganda, soliq va to'lovlar bo'yicha majburiyatlarning to'liq qoplash sharti bilan yoki belgilangan tartibda soliq qarzdorligini hisobdan chiqarish bilan;
norezidentlar uchun - ularning Yagona reestrga kirishini belgilagan holatlar bekor bo'lganida, soliq va to'lovlar bo'yicha majburiyatlarning to'liq qoplash sharti bilan yoki belgilangan tartibda soliq qarzdorligini hisobdan chiqarish bilan.
Soliq to 'lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni (axborotlarni) beruvchi tashkilotlar va ularning majburiyatlari ham bo'lib, ular quyidagilardan iborat.
Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazgan organlar 10 kun muddat ichida tegishli yuridik shaxsning davlat reestridan ko'chirmani, shuningdek, bu boradagi har qanday o'zgarishlarni soliq organiga qkazishi shart.
Litsenziyalar yoki ruxsat guvohnomalarini beruvchi organlar shaxslarning istiqomat joyidagi DSOga bunday hujjat berilganligi to'g'risidagi, shuningdek, uning bekor qilinganligi to'g'risidagi, tqxtatib turilganligi, tugatilganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni berishi kerak.
Ichki ishlar organlari har oyda pasportlar berilishi, yo'qotilgan yoki muddati o'tgan pasportlar o'rniga berilishi, bekor qilingan pasportlar to'g'risida o'zi joylashgan joydagi soliq organiga Davlat soliq qo'mitasining O'zR Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda o'rnatgan shaklda va tartibda ma'lumotlar berishi kerak.
Ko'chmas mulkka huquqni qayd qiluvchi organlar o'z hududida joy­lashgan ko'chmas mulklar va ularning egalari to'g'risidagi o'zi joy­lashgan joydagi soliq organiga bunday huquq qayd qilinganidan keyinlO kun muddat ichida xabar berishlari lozim.
Mazkur ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi va shakli DSQ er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo'yicha davlat qo'mitalari bilan birgalikda belgilanadi.
Davlat notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar merosga huquq to'g'risidagi shahodatnoma, hadya shartnomasi guvohnomalari berilishi, oldi-sotdi, almashuv, ko'chmas mulk ijarasi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zi joylashgan joydagi soliq organiga yuqoridagi notarial harakatlar sodir bo'lganidan keyin 10 kun muddat ichida xabar berishi lozim. Mazkur ma'lu-motlarni berish tartibi va shakli DSQ va O'zR Yustitsiya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Foydalanishga berilgan tabiiy boyliklar uchastkalarining dav-lat hisobini amalga oshiradigan organlar, tabiiy boyliklar uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazadigan organlar uchastkalar joylashgan joy va foydalanish huquqi berilgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zi joylashgan joydagi soliq organiga foydalanish huquqi ro'yxatdan o'tgan kundan 10 kun muddat ichida berishi kerak.
Banklar va boshqa moliya-kredit muassasalari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank hisobraqamlarini faqatgina ular tomonidan DSOda hisobga turganligini tasdiqlovchi hujjat berilgan taqdirdagina ochadilar va bu haqda soliq organiga keyingi kundan kechiktirmasdan xabar beradilar.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish