Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet125/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

Soliq organlarida va statistika organlarida hisobga turishi yuridik va jismoniy shaxslarning davlat ro'yxatidan o'tishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan korxonalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'rnatgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tgan joyda hisobga turadilar.
Soliq to'lovchi soliq organida qayd qilinganidan keyin boshqa joydan er solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha to'lovlar vujudga kelsa, soliq to'lovchi soliq ob'ekti joylashgan erdagi soliq organidan ob'ektlar bo'yicha hisobga turishi (qayd qilinishi) kerak bo'ladi.
Yuridik shaxs o'zining alohida bo'linmalarini tashkil etgan chog'da bunday bo'linmaning tashkil qilinishidan va alohida balans ajratilishidan oldin 10 kun bu haqda davlat soliq organiga o'r-natilgan shaklda ariza yozadi. Arizada majburiy tartibda soliq to'lovchi bo'linma tashkil qilgan yuridik shaxsning individual raqami ko'rsatiladi.
Bu arizaga bo'linma tashkil qilish to'g'risidagi yuridik shaxs-ning qarori va alohida bo'linma rahbariga berilgan ishonch qog'ozi ilova qilinadi.
Jismoniy shaxslar ham soliq ob'ekti paydo bo'lganidan keyin 10 kun muddat ichida o'rnatilgan shaklda soliq organiga ariza bera-dilar.
Davlat soliq xizmati organi olingan ariza va unga qilingan ilovalar asosida soliq to'lovchiga identifikatsiya raqami beriladi, soliq to'lovchini qayd etish ma'lumotlari O'zbekiston Res-publikasi soliq to'lovchilarining Yagona davlat reestriga kiriti-ladi va mazkur ariza berilganidan keyin 3 kun muddat ichida soliq to'lovchining hisobga turganligi to 'g 'risidagi Guvohnoma beriladi.
Alohida bo'linmalarga soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (IR) bu bo'linmani tashkil qilgan yuridik shaxsning IR aso-sida nazorat belgisini o'rnatgan holda beriladi.
Ariza shakli va hisobga turganligi to'g'risidagi guvohnoma O'zR DSQ tomonidan tasdiqlanadi.
Rezident yuridik shaxslarning alohida bo'linmalari bir nechta bo'lsa, ulaming har bin tegishli soliq organlarida hisobga turadilar.
Norezident yuridik shaxslarning O'zbekiston Respublikasida bir nechta doimiy muassasasi bo'lsa, ulaming ham har biri tegish-li soliq xizmati organlari hisobga turishi (qayd qilinishi) kerak.
O'zbekiston Respublikasi norezidenti bo'lgan yuridik shaxsning bir nechta doimiy muassasasi bo'yicha yig'ma soliq hisoboti amalga oshirilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Soliq ob 'ektlari bo 'yicha qayd yuritilishi (hisobga turishi) alohida soliq turlari bo'yicha soliq majburiyatlarining baja-rilishini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bu holat yuqorida ta'kidlanganidek, hisobga turga soliq to'lovchining boshqa joyda er solig'i va suv solig'i bo'yicha to'lov vujudga kelganida amalga oshiriladi.
Bunday majburiyat paydo bo'lgan soliq to'lovchi tegishli er uchastkasiga (shu jumladan bino, qurilma, uy joy sotib olish bi-lan) bo'lgan huquq qayd qilingan kundan 10 kun muddat ichida to'-lanadigan joydagi soliq xizmati organiga ob'ekt bo'yicha hisobga turish to'g'risida ariza beriladi.
Soliq organi 3 kun muddat ichida soliq to'lovchining oldingi mavjud IRga asoslanib soliq to'lovchini ob'ekt bo'yicha hisobga qqyadi.
Soliq to'lovchining asosiy qaydnoma (hisobga turish) ma'lumotlari quyidagilar hisoblanadi:

  • identiflkatsiya raqami;

  • nomi (to'liq va qisqa);

  • joylashgan joyi.

O'zR rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar uchun yana bunday ma'lumotlarga quyidagilar kiradi:



  • tashkiliy huquqiy shakli;

  • alohida bo'linmasi bo'lgan yuridik shaxs, shuningdek, tashkilotning qaysi yuridik shaxs bo'linmasi ekanligi;

  • davlat ro'yxatidan qtish joyi, vaqti va raqami;

  • tijorat tashkilotlari uchun - ustav fondi (ustav kapitali) miqdori;

  • muassislarning to'liq tarkibi (IRni ko'rsatgan holda) va har bir muassisning ustav fondidagi ulushi - hissadorlik jamiyatlaridan tashqari tijorat tashkilotlar uchun.




Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish