Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


-mavzu: Davlat soliq xizmati organlarida qo’llanilayotgan dasturiy mahsullar va soliq to’lovchilarga ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar



Download 4,83 Mb.
bet133/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

27-mavzu: Davlat soliq xizmati organlarida qo’llanilayotgan dasturiy mahsullar va soliq to’lovchilarga ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar

  1. Davlat soliq organlarida joriy etilgan dasturiy mahsullar.

  2. Davlatning axborotlashtirish siyosati, soliq tizimidagi ma’lumotlardan foydalanishda shaxsiy kabinetning va elektron raqamli imzoning ahamiyati.

  3. Interaktiv xizmat tushunchasi, turlari va uning vazifalari.

  4. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuridik shaxslarga ko’rsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlarining turlari, huquqiy asoslari va foydalanish tartibi.

  5. Davlat interaktiv xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha chet el davlatlari tajribasini o’rganish.



1.Davlat soliq organlarida joriy etilgan dasturiy mahsullar.

Ma‘lumotlar bazasining shakllanishi. O’zbekiston Respublikasi «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi 1997 yil 29 avgustdagi qonunining 2-moddasi talablariga ko’ra soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi soliq organlari zimmasiga yuklatilgan bo’lib, ushbu qonunning 5-moddasi 1-qismi 9-bandida hamda Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning (MJTK) 264- moddasida soliq sohasida sodir etilgan ma‘muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma‘muriy jazo chorasini qo’llash huquqi berilgan. Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma‘muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma‘muriy jazo qo’llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Davlat soliq organlariga ushbu Kodeksning:



  1. 164-moddasining birinchi (savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish) va to’rtinchi (dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar yohud yonilg’i-moylash materiallarini sotish qoidalarini buzish) qismlarida;

  2. 168-moddasida (bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish);

  3. 171-moddasining birinchi (chet el valyutasini banklardagi valyuta hisobraqamlariga vaqtida yohud to’liq o’tkazmaslik), ikkinchi (valyuta tushumining belgilangan qismini davlatga sotishdan bo’yin tovlash), uchinchi (eksport-import operatsiyalarni amalga oshirish tartibini buzish), to’rtinchi (moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarda nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish) qismlarida;

  4. 172-moddasida (yonilg’i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish);

  5. 174-moddasining birinchi (soliqlar va boshqa to’lovlar to’lashdan bo’yin tovlash), ikkinchi (xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo’lsa) va uchinchi (daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etmaslik) qismlarida;

  6. 175-moddasining birinchi (soliq solinadigan obyektlarning hisobini olib bormaslik), ikkinchi (xuddi shunday huquqbuzarlikni ma‘muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa), uchinchi (kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va to’lov intizomini buzish), to’rtinchi (hisob raqamini ochish tartibini buzish) qismlarida;

  7. 175-4(prim)-moddasi (ish haqini taqiqlangan shakllarda to’lash);

  8. 176-moddasining birinchi qismida (tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish tartibini buzish);

  9. 176-2(prim)-moddasida (xo’jalik yurituvchi subyektning manzili, bank rekvizitlari o’zgarganligi yoki qayta ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi ma‘lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg’on ma‘lumotlarni taqdim etish);

  10. 179-1(prim) moddasida (majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortish);

  11. 186-1(prim) moddasida (etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, ya‘ni aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda) nazarda tutilgan ma‘muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir.

Dasturiy mahsulda ma‘lumotlar bazasining shakllanishini shu tartibda keltirish mumkin:

  • Davlat soliq organlari tomonidan mavjud ma‘lumotlar oyma-oy o’sib boruvchi tartibda, qonunchilik ijrosi yuzasidan asosiy yo’nalishlarda shakllanadi;

  • Davlat soliq organlari tomonidan soliq qonunchiligi yuzasidan o’tkazilgan tekshirishlar, aniqlangan huquqbuzarliklar va ularga ko’rilgan choralar haqida ma‘lumotlar jamlanmasi (hududlar va tarmoqlar bo’yicha);

  • Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan to’lov intizomini buzilishi hamda debitorlik qarzi muddatlarini o’tkazib yuborish holatlari bo’yicha ko’rilgan choralar haqida ma‘lumotlarni hududlar va tarmoqlar bo’yicha jamlanmasi;

  • Davlat soliq organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentiga yuborilgan materiallar, ular bo’yicha jinoyat ishlarining qo’zg’atilishi, tergov va sud natijalari haqidagi ma‘lumotlarni (Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslarining moddalari bo’yicha) jamlanmasi;

  • Davlat soliq organlari tomonidan qonuniy hal qilish uchun prokuratura organlariga yuborilgan materiallar, ular bo’yicha jinoyat ishlarining qo’zg’atilishi, tergov va sud natijalari haqidagi ma‘lumotlarning hududlar bo’yicha jamlanmasi;

  • Davlat soliq organlari tomonidan qo’llanilgan va majburiy undiruvga qaratilgan ma‘muriy jarimalarning sud ijrochilari tomonidan undirilishi ahvoli haqidagi ma‘lumotlarni (hududlar bo’yicha) jamlanmasi.




Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish