elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma‘lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi.
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish markazlarini (bundan buyon matnda ro’yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro’yxatidan o’tkazadi;
ro’yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta‘minlaydi;
ro’yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro’yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son Farmonining ijrosini ta‘minlash, tadbirkorlik sub‘ektlariga ―yagona darcha‖ tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 864-sonli qaror qabul qildi, unda quyidagi vazifalar belgilandi:
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi bir oy muddatda:
tadbirkorlik sub‘ektlariga ―yagona darcha tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibini ishlab chiqishi va tasdiqlashlari;
o’z xodimlarini va tadbirkorlik sub‘ektlariga ―yagona darcha‖ tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari xodimlarini elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibotlariga tizimli ravishda o’qitishni ta‘minlashi;
tadbirkorlik sub‘ektlariga ―yagona darcha tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari orqali olish elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish uchun zarur bo’lgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqishi va tasdiqlashlari;
ko’rsatiladigan davlat xizmatlarining pasportini unda ko’rsatilgan ma‘lumotlarning dolzarbligini doimiy ravishda ta‘minlagan holda ishlab chiqishi va tasdiqlashlari.
Bundan ko’rinib turibdiki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini iqtisodiyot, soliq tizimida foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada ko’rsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlari sifatini oshirish, doimiy takomillashtirib borish talab qilinmoqda va amalga oshirilmoqda.