rasm. Rossiya Federatsiyasi Federal Soliq xizmatidan ro’yxatdan o’tgan sliq to’lovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabineti umumiy ko’rinishi.
Federal soliq xizmati organlari tomonidan bir qator interaktiv xizmatlar ko’rsatiladi. Bularga quyidagilarni misol qilib keltiramiz: kontragentning maqomini tekshirish, inspeksiya qabuliga onlayn yozilish, eng ko’p beriladigan savollar, hududiy o’z inspeksiyangizning manzili va to’lov rekvizitlari, INN ni aniqlash, yuridik shaxslar elektron hujjatlarini davlat reestriga kiritish uchun topshirish, to’langan soliqlar, to’lov topshiriqnomasini to’ldirish va boshqalar.
Qozog’iston Respublikasida soliq masalalari bo’yicha yuqori turuvchi organ Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat daromadlari qo’mitasi hisoblanadi. Ushbu organ tomonidan soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarga bir qator interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatiladi.
Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat daromadlari qo’mitasi tomonidan soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarga bir qator interaktiv davlat xizmatlariga quyidagilar kiradi: soliq to’lovchini qidirish, ekspres yordam, QQS to’lovchilari reestrlari, ishonchsiz soliq to’lovchilarni izlash, iqtisodiy sohada jinoyat sodir etib qidiruvda bo’lgan shaxslar haqida ma‘lumot beuvchi qidiruv xizmati, shikoyatlar elektron kitobi, ro’yxatdan o’tgan nazorat kassa mashinalaridan berilgan nazorat chekini tekshirish, to’lov hujjatlari shakllarini kiritish va chop etish , ma‘lumot beruvchi resurslar va boshqalar.
Buyuk Britaniya davlatida ―Elektron hukumat‖ tizimida ko’rsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlari soni qariyb 25000 dan ortadi. Bunda aynan soliq tizimiga tegishli bo’lgan davlat interaktiv xizmatlari 560 dan ortiqni tashkil etadi.
―Katta yigirma‖ talik davlatlari iqtisodiyotida axborot tizimining ahamiyati va ularda joriy etilgan ―Elektron hukumat‖ tizimi biz uchun namuna bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya, YAngi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini ko’rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda juda ko’plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga so’rovlarga javoblar, turli to’lovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni to’ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o’quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy sayt orqali o’zining murojaati ko’rib chiqilishi qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borishi mumkin.
Jahon bankining Doing Business reytingida so’nggi besh yilda O’zbekistonning umumiy reytingi biznes yuritish bo’yicha 150-o’rindan 87- o’ringa ko’tarildi.
YAgona interaktiv davlat xizmatlari portalida, jumladan, belgilangan tartib- taomillarni buzganlik uchun shikoyat bildirish, tadbirkorni murojaat qiluvchining mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish maqsadida ro’yxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya texnologiyalariga ulanish uchun ariza berish, tadbirkorlik sub‘ektlariga o’zimizda ishlab chiqarilgan avtomobil transporti vositalarini xarid etish uchun ariza berish, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni ro’yxatga olish maqsadida arizani rasmiylashtirish singari xizmatlar joriy qilingan.
2014 yildan boshlab eksport va import kontraktlari YAgona interaktiv davlat xizmatlari portalida bepul ro’yxatdan o’tkazilmoqda. Banklar, soliq hamda bojxona organlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali xo’jalik sub‘ektlarining tashqi savdo faoliyati monitoringini olib boryapti. Davlat bojxona qo’mitasi saytida elektron yuk bojxona deklaratsiyalari qabul qilinmoqda. 2015 yilda davlat xaridlari bo’yicha maxsus axborot portali ishga tushirildi va elektron savdo shakli amaliyotga tatbiq etildi. Masofaviy bank xizmatlari joriy qilinishi bilan 2016 yilda 1847569 nafar foydalanuvchi kredit olish uchun elektron ariza bilan murojaat etdi.
BMT ekspertlarining fikricha, 2016 yilda O’zbekistonda elektron hukumatning rivojlanish indeksi 0,5434 yoki eng yuqori ko’rsatkichga nisbatan 54 foizni tashkil qildi. Bu O’zbekiston elektron hukumat ravnaqi yuqori bo’lgan davlatlar qatoriga kirishiga zamin yaratdi (50 foizdan yuqori).
BMTning iqtisodiy hamda ijtimoiy masalalar bo’yicha departamenti 2016 yilda dunyoning turli davlatlarida elektron hukumatning rivojlanishi haqida navbatdagi hisobotini e‘lon qildi. BMT uslubiyotiga binoan Elektron hukumatning rivojlanishi bo’yicha indeksi asosida mamlakatlarning reytingi shakllantiriladi. Bu indeks uchta omil, ya‘ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, inson kapitali va elektron xizmatlar rivojidan iborat. YAna boshqa juda muhim ko’rsatkich — elektron ishtirok etish indeksidagi o’sish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur indeksga binoan, hukumatning fuqarolar, biznes sub‘ektlari hamda davlat organlari o’rtasida muloqotni rivojlantirish maqsadida axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishiga baho beriladi, erishilgan natijalar o’rganiladi.
YAna bir diqqatga sazovor jihati, O’zbekiston elektron ishtirok etish reytingida 24 pog’ona — 2014 yilgi 71-o’rindan 2016 yilda 47-o’ringa ko’tarildi. Ushbu indeksning o’sish sur‘atlari bo’yicha respublika Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o’rinni, Hamdo’stlik davlatlari o’rtasida esa uchinchi pog’onani egalladi. BMT ekspertlari O’zbekistonda uy-joy mulkdorlari shirkatlari portali, ochiq ma‘lumotlar portali va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali ishga tushirilganiga e‘tibor qaratgan. Ularning fikricha, bu sa‘y-harakatlar davlat organlari faoliyati ochiqligini ta‘minlash hamda xalq bilan muloqot amaliy mexanizmlarini joriy etish borasida ijobiy qadam hisoblanadi.
Elektron hukumat rivojlanishi bo’yicha O’zbekiston indeksining o’sishida elektron xizmatlar ko’rsatish darajasi (56 foiz o’sish bo’lgan) muhim o’rin tutdi. Lekin bunda AKT infratuzilmasi rivojlanishi bo’yicha o’sish u darajada yuqori bo’lmadi (6 foiz). Ushbu indeks muqim va mobil telefon aloqasi abonentlari soni, aralash hamda simsiz keng polosali aloqa tarmog’i, shuningdek, internetdan foydalanuvchi aholi soni asosida shakllantiriladi. 2016 yilda O’zbekistonda internetdan muntazam foydalanadigan aholi ulushi 46,4 foizni tashkil qildi, keng polosali internetdan foydalanadiganlar soni esa, bor-yo’g’i, 1900000 kishiga yaqinni tashkil etdi. Inson kapitalining rivojlangan darajasi bo’yicha indeks esa 3,5 foiz tushgan. Bunda yoshi katta kishilarning savodxonligi, aholining ta‘lim tizimi bilan qamrab olinganlik darajasiga alohida e‘tibor qaratilgan.
Aytish joizki, elektron hukumat faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanishni kengaytirish talab etiladi. SHuni unutmaslik kerakki, elektron hukumat faoliyatida ma‘lumotlar muayyan davlat muassasasidan tashqariga chiqadi. Bu esa axborot xavfsizligi tizimini takomillashtirishni kun tartibiga qo’yadi.
Turli idoralar axborot tizimlari o’rtasida elektron hamkorlikka o’tilishi aynan elektron hukumatning shakllanish jarayoni sanaladi. Ushbu jarayonning markazida davlat organi emas, aynan foydalanuvchi turmog’i lozim.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan. Xususan, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 2018–2021 yillarga mo’ljallangan tegishli dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Joriy yilning o’zida «Litsenziya» portali ishga tushirilishi ko’zda tutilyapti, notarial xizmatlar avtomatlashtiriladi hamda soddalashtiriladi. Eksport-import operatsiyalari bo’yicha ruxsat beruvchi hujjatlarni bir xillashtirish davom ettiriladi. Davlat organlari xodimlari va aholining internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kompyuter savodxonligi oshirilishi bo’yicha chora-tadbirlar ko’riladi.53
Do'stlaringiz bilan baham: |