2.Soliq solish ob’ekti nima
3.Soliq solinadigan baza qanday aniqlanadi
Soliq solinadigan baza- realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati hisoblanadi.(SK-204-moddasi)
Soliq solinadigan baza ayrim hollarda:
tovarlar tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan, yoki tekinga berilganda - tovarlarning tannarxi yoki xarid narxi;
import qilingan tovarlar bo’yicha tovarlar import qilinganda qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan qiymatdan past bo’lmagan qiymati;
Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni realizatsiya qilish chog’ida, agar ushbu moddaning o’n uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq ularning qoldiq (balans) qiymatidan kam bo’lmagan, qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmagan holda aniqlanadi; (2019 yil 1 yanvardan)
Mol-mulkni moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berish chog’ida soliq solinadigan baza chiqib ketayotgan aktiv qiymati asosida, unga qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmagan holda aniqlanadi. Bunda chiqib ketayotgan aktivning qiymati summa sifatida belgilanadi, unga ko’ra moliyaviy ijara ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan aktiv sifatida tan olinadi. (2019 yil 1 yanvardan)
Aktsiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishda soliq solinadigan bazaga aktsiz solig’ining summasi ham kiritiladi. Bunda, benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qo’shilgan qiymat solig’i hamda benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gazni yakuniy istehmolchiga realizatsiya qilish chog’ida to’lanadigan aktsiz solig’i kiritilmagan holda aniqlanadi. (2019 yil 1 yanvardan)
Tovarlar import qilinganda soliq solinadigan baza tovarlarning bojxona qiymati asosida unga tovarlarni import qilishda to’lanishi lozim bo’lgan aktsiz solig’i va bojxona bojlarining summalarini qo’shgan holda aniqlanadi. (SK-206-moddasi)
O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan import qilingan ish va xizmatlarga ushbu xizmatlarni oluvchisida soliq solinadi. (SK-207-moddasi)
Mazkur normani qo’llash maqsadida, realizatsiya qilish joyi O’zbekiston hududi bo’lishi kerak.
Soliq solinadigan baza ushbu ishlar, xizmatlarni oluvchisida norezident tomonidan ko’rsatilgan ishlar va xizmatlarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |