Bunda quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
Nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish oboroti maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan) QQS tovarlar eksportidan soliq to’lovchining O’zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag’iga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi. Tovar vositachilik, topshiriq shartnomasi bo’yicha vositachi, ishonchli vakil orqali eksportga realizatsiya qilingan taqdirda, QQS vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq to’lovchining hisobvarag’iga kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi.
Eksportga jo’natilgan tovarlar bo’yicha hisobga olinadigan QQS summasi eks’portyorning hisob raqamiga kelib tushgan valyuta mablag’larining jami eksport hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Umumbelgilangan soliqlarni to’lashga o’tilganda, shu jumladan belgilangan yillik aylanmaning (olingan tushumning) eng ko’p miqdoridan oshgan va (yoki) qo’shilgan qiymat solig’ini ixtiyoriy to’lashga o’tilgan taqdirda, yuridik shaxs bunday turdagi to’lovlarga o’tilgan paytdan e’tiboran tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bo’yicha, shuningdek tayyor mahsulotning qoldiqlari bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish huquqiga ega bo’ladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida ko’rsatilgan hollar mustasno.
Tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalaniladigan ko’chmas mulk sotib olinganda, barpo etilganda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda oluvchi qo’shilgan qiymat solig’i summasini 36 kalendarg’ oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega.
Asosiy vositalar (bundan ko’chmas mulk mustasno) va nomoddiy aktivlar sotib olinganida, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi qo’shilgan qiymat solig’i summasini ularni foydalanishga topshirgan paytdan e’tiboran 12 oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega.
Qurilishi tugallanmagan ob’ekt sotib olinganda (barpo etilganda) soliq to’lovchi qo’shilgan qiymat solig’i summasini uni foydalanishga topshirgan paytdan e’tiboran 36 oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega.
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish davri tugaguniga qadar realizatsiya qilingan taqdirda, hisobga olinishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’ining qolgan summasi to’liq hisobga olinadi.
Mol-mulkni moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berishda hisobga kiritiladigan qo’shilgan qiymat solig’ining miqdori to’liq hisobga olinadi. (2019 yil 1 yanvardan)
Do'stlaringiz bilan baham: |