5-masala Korxonada asosiy vositaning balans kiymati 50 000 so’m. Tugatish kiymati – 2 000 so’m. Xizmat muddati – 5 yilni tashkil qilsa, yillik amortizatsiya summasini aniqlang.
6-masala Agar korxonada ishlab chiqarish zahiralarining aylanish davri 65 kun, debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi esa 35 kunni, kreditorlik qarzdorligini qaytarish davri 46 kunni tashkil qilsa pul mablag’larinng aylanish davomiyligi qanchani tashkil qiladi?
7-masala 2020 yilda aktivlarga jami investitsiya qilingan kapitallari tarkibida xususiy kapitali 800 mln. so’mni tashkil qilgan, majburiyatlari esa 900 mln. so’mni tashkil qilgan. Aylanma mablag’larining umumiy xajmi 1,2 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Ushbu mablag’larning 100 mln. so’mi hisob raqamdagi pul mablag’larini tashkil qiladi. Umumiy muomaladagi fondi 600 mln. so’mni tashkil qilgan.
Ushbu ma’lumotlar asosida korxonaning moliyaviy holatini tahlil qiling.
8-masala. Maktabda o’qitiladigan sinflar va o’quvchilar bo’yicha 01.01.20 sana bo’yicha prognoz ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Vazifa 01.09.20 y.sanadagi o’quvchilar va sinflar sonini aniqlang hamda ularni o’rtacha yillik miqdorini aniqlang.
9-masala Madaniyat sohasi xususan teatr va kontsert tashkilotlarini byudjetdan moliyalashtirish hisob kitobida avvalo ularda tomoshabinlarga ko’rsatilayotgan xizmat miqdori va chiptalarning o’rtacha narxlariga bog’lik bo’lgan holdagi daromad tushumlari aniqlanadi.
Ko’rib o’tilayotgan «A» teatr tashkilotida quyidagi ma’lumotlar olingan.
Teatrning umumiy o’rindiqlarinig soni 500 ta, yillik ertalabki spektakllarning soni 30 ta, kunduzgi spektakllarning soni 20 ta, kechki spektakllarning soni 150 ta, spektakl zallari o’rindiqlarining to’lishini o’rtacha ko’rsatkichi 75%ni tashkil qiladi. Ertalabki va kunduzgi spektakllarning bilet narxlari 200 so’m, kechki spektakllarning narxi 300 so’m ni tashkil qiladi. Spektaklning yillik daromadini aniqlang va quyidagi jadvalni to’ldiring.
Spektaklning yillik daromadini hisob kitobi.
Spektakl zallari o’rindiqlarining to’lishini o’rtacha ko’rsatkichi
Tomoshabinlarning miqdori
Biletning o’rtacha narxi
Spektaklning daromadi ko’rsatkichi
10-masala A sug’urta kompaniyasi yiliga 20 foiz tushgan sug’urta mukofotidan daromad ko’radi. Agar u 5 yil davomida jami yiqqan sug’urta mukofoti 500 mln so’m bo’lsa, to’lagan solig’i 20 foizni tashkil etsa foyda nechaga teng?
11-masala 2020 yilda sug’urta tashkiloti RNP zaxirasi jami sug’urta mukofotlarining 60 foizini tashkil etadi.
Jami sug’urta mukofoti – 5000 ming dollar.
RZU zaxirasi – 30 foiz
Olingan daromad – 40000 dollar
Qayta sug’urtaga ajratilgan summa RNP zaxirasining 10 foizini tashil etadi.
Foyda solig’ini hisoblang.
12-masala V sug’urta kompaniyasi ustav kapitali 750 ming yevroga teng. Olgan javobgarligi 1000 ming yevroga teng.
Yig’ilgan sug’urta mukofotlari hajmi va investitsiya daromadi 2/3 nisbatda bo’lsa, hamda sug’urta mukofoti va sug’urta javobgarligi nisbati tarif stavkasi 0,5 foiz bo’lsa, sug’urta mukofoti hajmi va investitsiya summasi nimaga teng.
13-masala. Ishlab chiqarish korxonasi ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig’i to’lagungacha bo’lgan daromadi (2-son, 170-satr) 150 ming so’m bo’lgan.
Hisobot davri uchun qo’shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Xokimiyatga homiylik yordami ko’rsatilgan-18 ming so’m;
qariyalar uyiga yordam ko’rsatish uchun –9 ming so’m;
ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun-249 ming so’m (yil davomida to’plangan eskirish-281 ming so’m);
Hisobot davri uchun korxona to’lashi lozim bo’lgan daromad solig’i necha so’mga teng?
14-masala. Qo’shilgan qiymat solig’i va foyda soliqlar to’lovchisi ishlab chiqaruvchi korxona 2020 yil hisobot davri uchun quyidagi ko’rsatkichlarga ega:
Ichki bozorda mahsulotni sotishdan tushgan tushum-12800 ming so’m;
CHet el valyutasiga sotilgan mahsulot 14 ming AQSH dollari miqdorida (yuk ortilgan vaqtda 1 AQSH dollari-1640 so’m)
Omborxonalarni ijaraga berishdan olingan sof daromad-2700 ming so’m;
Uskunalarni o’z vaqtida olib kelib o’rnatilmagani uchun sotuvchi korxonadan tushgan jarima va shartnomada ko’rsatilgan qo’shimcha to’lov-998 ming so’m;
Yordamchi korxonadan olingan dividendlar (dividenddan undirlgan soliq xaqidagi ma’lumot mavjud)-1339 ming so’m;
«Ishonch» firmasi tomonidan xodimlar bo’limiga tegishli 1751 ming so’mlik kompyuter datsuri yaratilgan va tekinga o’rnatib berilgan.
2020 yilda qonunchilikka asosan chegirmaga olib berilgan 3005 ming so’mlik sotilgan mahsulotning puli kelib tushgan.
Sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi-11375 ming so’m,shu jumladan ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy vositalarning eskirishi belgilangan me’yorga nisbatan 2 koeffitsient qo’llanilgan bo’lib, 2100 ming so’mni tashkil etgan.
O’tgan davr uchun quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan:
Me’yor chegarasida o’zining mahsulotini reklama qilish uchun –125 ming so’m sarflangan;
Boshqaruvda ishlovchilar uchun ish haqi bo’yicha xarajat-4495 ming so’m;
Xizmat safari xarajatlari, me’yordagisi-392 ming so’m, me’yordan yuqori-85 ming so’m;
Xizmat avtomobili saqlash uchun xarajatlar-145 ming so’m;
Uyali telefon-1345ming so’m;
Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy vositalar eskirishi-895 ming so’m;
Hisobot davrida hisobvaraqlar bo’yicha olingan qo’shilgan qiymat solig’i-925 ming so’m.
Aniqlang:
1.Hisobot davrida davlat byudjetiga to’lanishi lozim bo’lgan foyda solig’i summasini.
2.Davlat byudjetiga to’laniishi lozim bo’lgan ko’shilgan qiymat solig’ini.
3.Korxonaning moliyaviy natijlari bo’yicha hisobotni ( 2-shakl) tuzing.
4.Hisobot davri uchun foyda solig’ining shaklini to’ldiring.
Masalani yechish davrida mol-mulk solig’i, yer solig’i hamda boshqa soliqlar va majburiy to’lovlarga ahamiyat bermaslikka ruxsat etiladi.