Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet127/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

Kameral nazorat ahamiyatini oshirish hozirgi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida soliq nazoratini erkinlashtirish paytida dolzarb ahamiyatga ega.
Kameral nazorat soliq to'lovchi yoki soliq agenti tomonidan belgilangan tartibda soliq organiga topshiriladigan soliq hisobotlari va boshqa soliq to'lovchi faoliyati to'g'risidagi hujjatlarni qrganish va tahlil qilish orqali amalga oshiriladigan nazoratdir. Kameral nazorat soliq to'lovchi qatnashuvisiz amalga oshiriladi.
Kameral nazorat uchun soliq organi boshlig'ining maxsus qarori talab qilinmaydi. Kameral nazorat paytida soliq hisobotlarida xatolar yoki ma'lumotlarda bir biriga zid holatlar mavjud bo'lsa, bu haqda soliq to'lovchiga uni tuzatish uchun xabar etkaziladi. Soliq to'lovchi yoki soliq agenti talabnomani olganidan keyin 10 kun muddat ichida tuzatilgan hisobotni taqdim etishi yoki mavjud hisoblardagi farqlanishlarni asoslab berishi kerak.
Pul tushumlari xronometrajini o'tkazish ham soliq nazoratining usullaridan biri hisoblanadi va haqiqatdagi pul tushumlarini aniqlash uchun foydalaniladi. Xronometraj soliq organi tomonidan naqd pulga tovar sotadigan va xizmat ko'rsatadigan soliq to'lovchining bevosita tovarlar sotiladigan va xizmatlar ko'rsatiladigan joyda amalga oshriladi.
Xronomotraj o'tkazish to'g'risidagi buyruq soliq organi rah-bari yoki uning qrinbosari tomonidan soliqqa tortiladigan ob'ektlarni hisobini yuritish chog'ida aniqlangan tushumlarni pa-saytirib ko'rsatilayotganligi to'g'risida taxmin qilingan paytda beriladi. Buyruqda soliq to'lovchining nomi, manzili, muddati, xronometraj o'tkazish davri, taxmin qilinayotgan farqlanish, uni o'tkazuvchi soliq organi mansabdor shaxsi ko'rsatiladi.
Xronometraj pul tushumini kuzatish va belgilab qo'yish yo'li bilan o'tkaziladi. Unga boshqa shaxslar, shu jumladan, ekspertlar jalb qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
Xronometraj o'tkazilayotgan paytda tekshirishlar o'tkazish, soliq to'lovchidan biror ma'lumot, tushuntirish berish yoki boshqa talab qilishga yo'l qo'yilmaydi. Lekin nazorat kassa mashinalari xo-tirasidagi xronometraj davrida yig'ilgan ma'lumotlarni olishga haqlidirlar.
Xronometraj natijalari bo'yicha ma'lumotnoma tuziladi. Xro­nometraj natijalari faqat taqdim etiladigan soliq hisobotlarini ishonchliligini tahlil qilish uchun foydalaniladi.
Xronometraj natijalari soliq to'lovchini javobgarlikka tortishga asos bo'la olmaydi.
Soliq nazoratini o'tkazishning yana bir usuli fiskal xotiraga ega bo'lgan nazorat kassa mashinalarini qo 'llanilishidir.
O'zbekiston hududida naqd pulga tovarlarni realizatsiya qilish xizmatlarni ko'rsatish majburiy tartibda NKM qo'llaniladi.
O'z faoliyati xususiyatlariga ko'ra NKMdan foydalanmasdan naqd pulga hisob-kitob qilishi mumkin bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar toifasi tarkibi O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazir-ligi tomonidan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida NKMning Davlat reestriga kiritilgan fiskal xotiraga ega bo'lgan turlari foydalanishga ruxsat etiladi.
NKMning Davlat reestriga kiritilgan ro'yxatini va ulardan foydalanish tartibini QR VM tasdiqlaydi.
Vaqtinchalik texnik nosozlik yoki elektr energiyasi yo'q paytida naqd pul muomalasini xaridorlarga QR MV belgilagan shaklda kvitantsiyalar, cheklar, chiptalar, talonlar, pochta to'lovi belgilari yoki boshqa ularga tenglashtirilgan hisob-kitob hujjatlari berish orqali amalga oshiradilar.
NKMning qo'llanilishida quyidagi talablar qo'yiladi:

  1. NKM faoliyat ko'rsatish joyidagi soliq organidan ro'yxatdan o’tadi va qayd qilish kartochkalarini oladilar;

  2. NKMga texnik xizmatni ko'rsatishni yo'lga qo'yiladi;

  3. NKMlar uchun chek qog'ozlari berish amalga oshiriladi;

  4. Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining NKMiga kira olishi ta'minlanadi;

Fiskal xotiraga ega bo'lgan NKMlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organi zimmasiga yuklanadi.


Davlat soliq xizmati organlari soliq tekshirishlarida NKM fiskal xotira bloklaridagi ma'lumotlaridan foydalanish huquqiga ega.
Davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan davlat da-romadiga о 'tkazilgan mulklarni sotishdan kelgan pul tushumlari о z vaqtida va to 'liq byudjet daromadlariga о 'tkazilishi ham nazorat qilinadi.
Tamaki va alkogol mahsulotlariga aktsiz markalarini qo 'Hash soliq nazoratining bir turi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Aktsizosti tovarlarga aktsiz markalarini qo'llashga bunday tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar javobgar hisoblanadi.
Markalash qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish ham davlat soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatilgan. Aktsiz solig'ini to'lovchi korxonalarda va alohida korxonalarda O'zbekiston Res-publikasi Moliya vazirligining moliya inspektori lavozimi o'rnatilishi mumkin. Bunday korxonalar ro'yxati va moliya inspektorining vazifalari, huquqlari, amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish