Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet124/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

Tanlab olish usulida tekshirilayotgan davrning har bir oyidagi yoki bir necha oy uchun birlamchi hujjatlarning bir qismi tekshiriladi. Tanlab tekshirilganda soliq qonunchiligida jiddiy buzilishlar yoki suiiste'molliklar aniqlangan hollarda korxona faoliyatining mazkur uchastkasida tekshirish yalpi usul vositasida o'tkazilib, foyda (daromad) yashirilgani yoki boshqa ob'ektlar soliq solishdan yashirilgani va suiiste'molliklar to'g'risida guvoh-lik beruvchi hujjatlar majburan olib qo'yiladi.
Soliq ma'murchiligining tarkibi sifatida soliq nazoratini respublikamizda tashkil qilish holati bilan tanishib chiqamiz. Respublikamizda soliq nazorati quyidagi shakllarda olib boriladi:



  • soliq to'lovchini ro'yxatdan o'tish hisobini yuritish;

  • soliq ob'ektlari va soliqqa tortish bilan bog'liq boshqa ob'ektlarni hisobini yuritish;

  • pul tushumlarini xronometraj qilish;

  • soliq tushumlari hisobini yuritish;

  • soliq tekshiruvlari o'tkazish;

  • kameral nazorat, dastlabki nazorat (xo'jalik sub'ektlarining buxgalteriya va boshqa hisobotiarni joylarga bormasdan tekshirish);

  • soliq to'lovchilarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini monitoring qilish;

  • fiskal xotiraga ega bo'lgan nazorat kassa mashinalarining qo'llanilish qoidalarini belgilash;

  • ayrim aktsizosti tovarlarini markalash va aktsiz postiarini o'rnatish;

  • davlatga tegishli bo'lgan muMarni hisobini yuritish, baholash (narxlash) va sotish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • soliq organlarini yuqori organlar tomonidan nazorat qilinishi.

Quyidagi chizmada soliq nazorati shakllarini ko'rishimiz mumkin:




1-rasm. Soliq nazorati shakllari

Soliq nazoratini o'tkazishning dastiabki holati soliq ob 'ektlari va soliqqa tortish bilan bog'liq boshqa ob'ektlami hisobini yuritishdan boshlanadi. Bu ish soliq xizmati organlari tomonidan har bir soliq to'lovchi va har bir soliq turlari bo'yicha soliqqa tortish ob'ektlarining ma'lumotlar bazasmi, shu jumladan, elektron shaklda olib borish bilan amalga oshiriladi.


Ma'lmnotlar bazasi moliyaviy va soliq hisobotlari asosida, shuningdek, soliq tekshirishlari va boshqa manbalardan olingan ma'lumotlar asosida tuziladi.
Soliqqa tortish ob'ektlari to'g'risidagi ma'lumotlar bazasi O'zR Davlat soliq qo'mitasi tomonidan o'rnatiladi.
Bojxona hududidan olib o’tiladigan soliq ob'ektlari va undirish boshqa organlarga topshirilgan majburiy to'lovlar bunga kirmaydi.
Davlat bojxona organi, davlat soliq xizmati organlari va boshqa maxsus vakolatli organlar, byudjetga va davlatning boshqa maqsadli fondlariga to 'lovlar tushumi hisobini yuritadilar. Uni yuritish soliq to'lovchining shaxsiy varaqasida hisoblangan soliq va to'lovlarni, jarima va penyalarni aks ettirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Soliq to'lovchining shaxsiy varaqasi har bir soliq va majburiy to'lovlar bo'yicha ochiladi. Soliq to'lovchining shaxsiy varaqasini yuritish tartibi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Byudjetga va davlat maqsadli fondlariga tushumlari hisobini yuritishda aniqlangan qarzdorlik qonunchilikda belgilangan tartib-da undiriladi.
Soliqlar va to'lovlar bo'yicha ortiqcha to'langan summalar qonunchilikda belgilangan tartibida hisobga olinadi yoki qaytariladi.
Bojxonada to'lanadigan soliqlar va to'lovlar hisobi DBO tomonidan Davlat bojxona qo'mitasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tartib asosida olib boradilar.
Soliqlar va majburiy to'lovlar tushumi hisobini yuritish byudjet tasnifiga asosan amalga oshiriladi.
Soliq to'lovchilarni Davlat ro 'yxatdan о 'tkazish - bu soliq to'lovchi to'g'risidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlari Davlat reestriga kiritishdir. Soliq to'lovchilarni ro'yxatdan o'tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20-avgustdagi «Tad-birkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun ro'yxatdan o'tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bu qarorga asosan 2003 yil 1-oktyabrdan ro'yxatdan o'tkazishning «bitta tuynukka» qaratilgan yangi tizimi ishga tushishi va bir vaqtning o'zida boshqa ruxsatnomalarni ham berishi o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatdi. Tadbirkor ariza bergan kundan boshlab Rqyxatdan o’tish jarayonining muddati o'rtacha 31 kundan 16 ish kuniga qisqardi. Norasmiy to'lovlami amalga oshirish 8%gacha qisqardi.3 Ammo bu holat viloyatlarda yuqoriligicha qolmoqda.
Tadbirkorlik sub'ektini davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun davlat boji yoki ro'yxatdan o'tganlik uchun yig'im to'lanadi. Bu hujjatlarga yana o'zgartirishlar yoki qo'shimchalar kiritilsa, to'lov miqdorining 50% miqdorida yana to'lanadi. Hisoblarga ko'ra, bu to'lovlar 50 ming so’mdan oshmasligi kerak.
Soliq to'lovchini qayd etish to'g'risidagi ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi soliq to 'lovchilarining Yagona reestriga kiritiladi. Yagona reestr DSQ tomonidan yuritiladi. Uning shakl-lanishi va yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Soliq organi har bir soliq to'lovchini qayd qilishda unga identifikatsiya raqamini belgilaydi. Bu raqamdan jismoniy shaxslarga nisbatan ham foydalanish soliq nazoratining samarasini oshiradi.
Identifikatsiya raqami bir marta beriladi, o'zgartirilmaydi. U bekor qilinganidan keyin boshqa shaxsga berilmaydi.
Identifikatsiya raqami soliq to'lash bilan bog'liq har bir hujjatda o'z aksini topishi lozim:

  • yuridik shaxslarning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomada, davlat ro'yxatidan o’tish davlat soliq va statistika organlarida qayd (hisobga turish ) qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;

  • alohida faoliyat bilan shug'ullanish uchun litsenziyalarda;

  • pul hisob-to'lov hujjatlarida (cheklardan tashqari);

  • davlat soliq organlariga taqdim etiladigan moliyaviy, soliq hisobotlarida;

  • yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan xo'jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida;

  • hisobvaraq fakturalar va transport hujjatlarida;

  • yuridik va yakka tadbirkorlarda yuzaga keladigan mulkiy va boshqa qiymat ifodasiga ega bo'lgan majburiyatlarni aniqlovchi tasdiqlovchi va uning bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlarda;

  • yuridik va yakka tadbirkorlar tomonidan sotib oladigan va beradigan, qiymat ifodasiga ega bo'lgan aktivlarga bo'lgan mulkiy huquqni aniqlovchi va tasdiqlovchi hamda bu huquqlarni guvohlovchi hujjatlarda;

  • davlat soliq organlari tomonidan soliq to'lovchiga jo'natiladigan va ularning soliq majburiyatlari bilan bog'liq bo'lgan har qanday hujjatlarda identifikatsiya raqami ko'rsatiladi.



Rezident bo'lgan yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tganidan keyin 10 kun muddat ichida davlat soliq organidan hisobga turish uchun belgilangan shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi hujjatning nusxasi ilova qilinadi.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish