Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Davlatning axborotlashtirish siyosati, soliq tizimidagi ma’lumotlardan foydalanishda shaxsiy kabinetning va elektron raqamli imzoning ahamiyati



Download 4,83 Mb.
bet135/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

2.Davlatning axborotlashtirish siyosati, soliq tizimidagi ma’lumotlardan foydalanishda shaxsiy kabinetning va elektron raqamli imzoning ahamiyati.


Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil 23 avgustda 181- sonli «Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» Qarori qabul qilingan. Mazkur Qarorda Axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to’g’risidagi Nizom, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri tasdiqlangan.
Qarorda Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish va ko’rsatilayotgan ana shunday xizmatlarni kengaytirish, yuridik va jismoniy shaxslarning interaktiv davlat xizmatlaridan sifatli foydalanishini ta‘minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash yo’li bilan davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko’rishlari belgilab o’tilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta‘minlash;

  • davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O’zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;

  • xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog’idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;

  • davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o’zaro aloqada ishlashini ta‘minlash;

  • axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;

  • axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko’maklashish;

  • dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag’batlantirish;

  • tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;

  • kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag’batlantirish.

Davlatimizning axborotlashtirish siyosatidan kelib chiqqan holda soliq tizimida elektron ma‘lumotlar bazasini yaratish, undan foydalanish chora-tadbirlari va amaliy ishlar bir necha yillardan buyon muntazam amalga oshirilmoqda.


Soliq tizimidagi axborotlardan yuridik shaxslar tomonidan foydalanishda shaxsiy kabinetning va elektron raqamli imzoning ahamiyati muhim hisoblanadi.
Soliq to’lovchining shaxsiy kabineti O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to’lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan o’zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta‘minlaydigan axborot resursidir.
Soliq to’lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to’lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar soliq to’lovchining soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma arizasi, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shakldagi arizasi asosida amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchida soliq to’lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo’lmagan taqdirda, soliq to’lovchi va davlat soliq xizmati organi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to’lovchining shaxsiy kabinetiga elektron hujjat yuborilganda soliq to’lovchining shaxsiy kabineti amal qilishi to’xtatib turilganligi to’g’risida yoki elektron raqamli imzo kaliti sertifikati bekor qilinganligi haqida ma‘lumot olingan bo’lsa, ushbu hujjat soliq to’lovchiga mazkur ma‘lumotlar olingan kundan e‘tiboran uch ish kuni ichida qog’ozda jo’natiladi.
Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonunga muvofiq:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish