Muassasa tomonidan muassasaning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog’i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Interaktiv xizmat ko’rsatish hisoblanadi.
Interaktiv xizmatlarni ko’rsatish:
axborot almashish va tarqatish tezkorligi darajasining o’sishi hisobiga davlat funksiyalarini bajarish samaradorligi va xizmat ko’rsatish sur‘atini oshirishga;
muassasa tomonidan ularga yuborilgan so’rovlarni puxta ishlanishi, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqilishi ijro nazoratini kuchaytirishga;
muassasalarning fuqarolar va tadbirkorlik sub‘ektlari bilan o’zaro hamkorligi darajasini oshirishga;
muassasaning yuridik va jismoniy shahslar hamda boshqa muassasalar bilan o’zaro hamkorligiga sarflanadigan harajatlarini qiskartirishga;
muassasa faoliyatining ochiq-oshkoraligi darajasini oshirishga;
Interaktiv xizmatlar:
Umumiy foydalaniladigan axborotni tarqatish - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali axborot resurslaridan foydalanish xizmatlarini amalga oshirish;
bir tomonlama aloqa - turli formadagi elektron shakldagi hujjatlardan foydalanish imkoniyatini berish;
ikki tomonlama axborot almashinuvi - so’rov bo’yicha qabul qilish, tahlil (ko’rib chiqish) va javob yuborishni o’z ichiga oladigan muassasa Interaktiv xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);
Interaktiv xizmatlar umumiy foydalaniladigan, foydalanish qulay hamda axolining barcha katlamlari foydalanuvchilarining ehtiyojlarini qoniqtirishga yo’naltirilishi kerak. Iiterfaol xizmatlarni taqdim etish qulay va tezkor bo’lishi lozim.
Interaktiv xizmatdan foydalanishni kafolatli va xavfsiz bo’lishi muassasa tomonidan ta‘minlanishi kerak.
Interaktiv xizmat ko’rsatish jarayonida taqdim etiladigan ma‘lumot ishonchli, himoyalangan va qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq bo’lishi kerak.
Soliq to’lovchilar uchun ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo’naltirilgan davlat soliq xizmati organlari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari quyidagilardir:
byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlarni tahlil etish va prognoz qilish;
soliq to’lovchilar, soliqqa tortish ob‘ektlari, hisoblangan va to’langan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek ular bo’yicha imtiyozlar to’g’risidagi axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash;
soliq to’lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishini kameral nazorat qilish, shuningdek davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosini nazorat qilish uchun axborot ta‘minoti;
soliq to’lovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq to’lovchilar to’g’risidagi boshqa axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va boshqa vazirliklar hamda organlar o’rtasida, jumladan aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini tashkil etish;
soliq to’lovchilarga real vaqt rejimida keng ko’lamli Interaktiv xizmatlar ko’rsatishni tashkil etish;
axborot xavfsizligini ta‘minlash hamda mavjud ma‘lumotlarni himoya qilish choralarini ko’rish.