O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Byudjet hisobi va G’aznachilik” fakulteti
“Byudjet hisobi va G’aznachilik ishi” kafedrasi
“G’aznachilik” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi byudjetini tuzish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish.
Bajardi: DBG’I-60 guruh talabasi
Navruzova G
Ilmiy rahbar: Sholdarov D
MUNDARIJA.
Kirish………………………………………………………………. 3
Asosiy qism:
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati…………... 5
O’zbekiston Respublikasi byudjetini tuzish va ijro etish bosqichlari….. 12
Byudjetni tuzish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar va ularning faoliyati………………………………... 18
Byudjetni tuzish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratining xorij tajribasi…………………………………………………………………….. 23
Xulosa………………………………………………………….. 29
Ilovalar ………………………………………………………... 31
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………… 33
Kirish.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng davlatning boshqa sohalari kabi moliya siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri moliya tizimini va uning bo’g’inlarini isloh qilishdan iborat bo’ldi. Ushbu yo’nalishdagi muhim muammolardan biri – bu davlat moliyasi va nazorati, ya’ni byudjеt tizimini takomillashtirishdan iborat edi. Davlat moliyasining davlat byudjeti tizimidagi moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish pirovardida byudjet ijrosini ijobiy natijaga erishishida muhim omil bo’lib hizmat qiladi. Davlat moliyasining to’g’ri va oqilona tashkil etilishi, nafaqat, mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi, balki xo’jalik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatiga har tomonlama ta’sir etish orqali mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga olib keladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda davlat moliyasining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib o’tish joizdir, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.”1 Mamlakat iqtisodiyotining erkinlashuvi va keng qamrovli iqtisodiy islohotlarning jadallashuvi sharoitida davlat moliyaviy resurslarning shakllanishi va sarflanishi yuzasidan kelib chiqadigan moliyaviy munosabatlari ham zamonaviy talablarga mos ravishda isloh qilinmoqda va takomillashmoqda. Moliya tizimining turli bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlar ham mintaqalar va mahalliy boshqaruv organlarning mustaqilligini mustahkamlash talablaridan kelib chiqib, sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarilmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkiblashtirish sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib davlat moliyaviy nazorati xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo’naltirilgandir. Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat. Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy ,mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilinishi bilan dolzarb ahamiyatga ega. Davlat byudjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyot rivojlanishini turli bosqichlarida byudjet davlat siyosatini amalga oshirish quroli, mo’ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag’larini asosiy manbai hisoblanadi. Davlat byudjeti, davlat xokimiyatining kundalik masalalarini ham, rivojlanish istiqbollari vazifalarini ham hal etishda katta ahamiyatga egadir. Byudjet uch tarkibiy qismdan — xarajat, daromad qismlari va ular balansidan iborat ,ya’ni daromadlarning xarajatlarga muvofiqligi qoidasiga amal qilishi lozim. Byudjetni shakllantirish avvalo uning xarajat qismini tuzish yo’li bilan yuz beradi, chunki davlat o’zida mavjud moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqibgina xarajatlar qilishi mumkin emas. Davlat avvalo jamiyatni samarali rivojlantirish maqsadida uning oldida turgan vazifalarni bajarish uchun zarur mablag’lar hajmini belgilashi va shundan keyingina o’z qo’lida bo’lgan byudjet daromad qismini to’ldirishning asosiy vositasi - soliqlar va boshqa manbalar yordamida ana shu moliyaviy resurslarni jalb etishi kerak. Davlat byudjeti pul resurslarining markazlashtirilgan jamg’armasi (fondi) bo’lib mamlakat hukumati davlat apparati, qurolli kuchlarni tutib turish, shuningdek iqtisodiy funksiyalarni bajarish uchun uni tasarruf etadi. Byudjet tizimini muhim bo‘g‘ini Dalat byudjeti mamlakatni iqtisodiyotini barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Respublikamizda so‘ngi yillarda byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston respublikasi o‘z iqtisodini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirib dunyo bozorida o‘zini mavqeini mustahkamlab bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |