3. Byudjetni tuzish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar va ularning faoliyati. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat moliyaviy nazoratida
quyidagilarni amalga oshiradi:
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni, budjet-soliq va pul-kredit
parametrlarini shakllantirish jarayonlarini, ularning qonun hujjatlari talablariga
muvofiqligiga rioya etilishini tizimli o’rganish;
budjet tizimi budjetlarining daromadlarini shakllantirish va
mablag’lari sarflanishini umumiy, moddalar bo’yicha, tarmoqlar hamda hududlar
kesimida nazorat qilish va tekshirish;
davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishining to’liqligi va
samaradorligini baholash;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag’larining
qonuniy shakllantirilganligini, maqsadli hamda samarali sarflanganligini nazorat
qilish va tekshirish;
O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Qoraqalpog’iston
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o’rtasida
maqbul nisbatga erishishga doir takliflarni tahlil qilish hamda baholash;
davlat aktivlari shakllantirilishini, ulardan samarali va maqsadli
foydalanilishini tekshirish;
daromad keltiruvchi tarmoqlar korxonalari faoliyatini budjet tizimi
budjetlariga qo’shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo’naltirilgan tarzda
tahlil va nazorat qilish;
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi,
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun
xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamg’armasi,
Qishloqlarni qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlashni davlat tomonidan
rag’batlantirish jamg’armasi va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa
jamg’armalarning mablag’lari tushumi va daromadlarining shakllantirilishi,
ularning mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan tahlil va
nazorat qilish;
valyuta, eksport va import operatsiyalari o’tkazishning qonuniyligini,
shuningdek budjet tizimi budjetlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va
importidan majburiy to’lovlar bo’yicha mablag’lar tushumini nazorat qilish;
mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining o’rni qayta to’ldirilishi va ular
ichki va tashqi aktivlarni boshqarish bo’yicha hisobotlar va balans
hisob-kitoblarini tahlil qilish, mablag’lar va oltin-valyuta zaxiralarini chet el
banklariga va boshqa banklarga joylashtirish hamda qayta joylashtirishning asosli
va samarali ekanligini nazorat qilish;
davlat qarzini boshqarish samaradorligini tahlil qilish, unga o’z
vaqtida xizmat ko’rsatilishi ustidan nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi
nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari mablag’laridan
samarali foydalanish masalalari bo’yicha predmetli tekshiruvlar tashkil etish;
davlat mulki realizatsiya qilinishi bilan bog’liq masalalarni tahlil
qilish va ular bo’yicha nazoratni ta’minlash;
budjet tizimi budjetlari mablag’laridan maqsadli va samarali
foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalar moliya organlari, shu
jumladan g’aznachilik bo’linmalari tomonidan bajarilishi samaradorligini tahlil
qilish;
davlat mulki ulushi bo’lgan korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini
dividendlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi yuzasidan tekshirish.
Ichki nazorat quyidagi maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi :
-budjetning tasdiqlangan parametrlari (limitlar) doirasida ijro etilishiga doir
ma’lumotlarni yig’ish tahlil qilish, hulosalar chiqarish;
-budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan
suuste’molchilik holatlari haqida o’z vaqtida ogohlantirish va oldini olish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respblikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari o’z
vakolatlari doirasida:
quyi turuvchi moliya organlari tomonidan budjet to’g’risidagi qonun
hujjatlari ijrosining ta’minlanishi ustidan;
ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam
tayinlanishi hamda o’z vaqtida to’lanishi ustidan;
budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar tomonidan smeta-
shtat intizomiga rioya etilishining ta’minlanishi ustidan;
aksiz solig’i to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi ustidan;
aksiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarning aksiz markalari bilan
to’liq tamg’alanishi va olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan
mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan;
budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy
hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy moliya organlari
tomonidan budjet hisobotini tuzishning to’g’riligi ustidan davlat moliyaviy
nazoratini amalga oshiradi.
G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini:
budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni
etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan Davlat
budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan
shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida hamda
belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida
majburiy ro’yxatdan o’tkazish;
xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda
nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari
oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga
oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga
oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh
boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari:
budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi;
budjet tizimi budjetlarining xarajatlari ijrosi;
budjet tizimi budjetlarining mablag’lari hisobidan to’lovlarni amalga
oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va to’liqligi;
budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
O’zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb
qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;
insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish mablag’laridan
maqsadli foydalanilishi;
davlat xaridlari bo’yicha tender (tanlov) savdolarining to’g’ri
o’tkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
Budjet tashkilotlarini nazorat qilish rejalari davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan tasdiqlanadi. Davlat moliyaviy nazorat organlari moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat alomatlari bo’lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi. Moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat organlariga topshiriladi.