Mavzu: Huquqiy sohani transformatsiyasi. Yuridik texnalogiya mohiyati
REJA:
HUQUQ SOHASINI AXBOROTLASHTIRISH BORASIDAGI
DAVLAT SIYOSATI
Huquq sohasini axborotlashtirish borasidagi
davlat siyosatining vazifalari
Davlatning axborotlar sohasidagi siyosati
1. Axborotlashtirish tushunchasi
«Axborotlashtirish» atamasi huquq fani va amaliyotiga 80- va 90- yillar oralig'ida kirib keldi va tez orada yangi fan yo'nalishining ramzi sifatida e’tibor qozondi.
O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida ushbu qonun axborot majmui faoliyatin- ing iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini, uning O'zbekiston Respublikasida tutgan o'rni va ahamiyatini belgilashi, axborot egalari va axborotdan foydalanuvchilar bo'lmish davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi ko'rsatib o'tilgan.
Axborot jarayonlarini intensifikatsiya qilishning asosiy vositalari: ma’lumotlarni uzatish tezligini tinimsiz oshirib borish;
uzatilayotgan axborotlar hajmini ko'paytirish va ularni qayta ishlashni tezlashtirish;
teskari aloqalardan yanada to'laqonli foydalanish;
axborot jarayonlarining texnik jihozlanish darajasini oshirish hisoblanadi.
Axborotlashtirish - bu resurslarning an’anaviy turlari - mater- iya va energiyani almashtirish, axborotni resurslarning uchinchi turiga aylantirish jarayoni bo'lib, fan-texnika inqilobining yangi bosqichidir.
Axborotlashtirish jarayoniga har xil pozitsiyadan turib qaraladi. Uni jamiyatning har bir a’zosiga zarur bo'lgan axborot madaniya- tini tarqatish jarayoni sifatida ham1, tashkiliy va huquqiy shart- sharoitlar yaratish orqali axborot resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish jarayoni sifatida ham talqin qilish mumkin.
«Axborotiashtirish» atamasini «kompyuterlashtirish» atamasidan farqlay bilish zarur. Kompyuterlashtirishda asosiy e’tibor axborot- larni qayta ishlash natijalarini tezkor olish va ularni jamlashni ta’minlaydigan texnik bazani rivojlantirish va joriy etishga qaratila- di. Kompyuterlashtirishning asosiy shakllari:
kompyuter tizimlari va tarmoqlarini, vazifasiga ko'ra har xil bo'lgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) barpo etish;
shaxsiy EHM negizida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil etish;
tashkiliy boshqaruv va qarorlar qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimlarini barpo etish;
iqtisod, siyosat va ijtimoiy sohalarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini rivojlantirish.
Axborotlar sohasi rivojlangan mamlakatlarda axborotiashtirish jarayoni rejali xususiyatga ega. Bu jihatdan AQSH tajribasi e’tiborga molik. 1993-yili AQSH prezidenti B. Klinton o‘z ma’muriyati mam- lakatda Milliy axborot infratuzilmasi va supermagistralini (National Information Infrastructure) barpo etish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Milliy axborot infratuzilmasi «hukumat faoliyatining samarador- ligini oshirish», «Qo'shma Shtatlar tomonidan jahonda fan, texni- ka va texnologiyalar sohasidagi peshqadamlikni saqlab qolish»ga qaratilgan dastur sifatida talqin qilinadi.
Milliy axborot infratuzilmasining negizini o‘ta tez ishlaydigan ma’lumot uzatish tarmog'i («axborot supermagistrali») tashkil eta- di. U foydalanuvchilarni axborot va xizmatlarning manbalari - axborot markazlari, kutubxonalar, o'quv yurtlari, tibbiy muassasal- ar va shu kabilar bilan bog'laydi. Mazkur tarmoq kamida maso- fadan turib ta’lim berish, teletibbiyot va tibbiy diagnostika, jamoat axborot byurolari va kutubxonalardan foydalanish vazifalarining hal qilinishini ta’minlashi lozim.
Jamiyat va davlat tuzilmalarini axborotlashtirishning mufassal dasturlari G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ham ishlab chiqilgan2.
O’zbekistonda axborotlashtirishning qonuniy asosi bo'lib O*zbekiston Respublikasining «Axborotiashtirish to‘g‘risida»gi qonuni hamda uning negizida chiqarilgan boshqa normativ hujjatlar xiz- mat qiladi. Mazkur qonunga muvofiq, davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: davlat va jamoat organlarining, fuqarolaming, mulkchilik shak- lidan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlaming axborotga bolgan ehtiyojini har tomonlama qondirish;
axborotni bir tartibga solish, standartlashtirish, yagona axborot maydoni yaratish hamda respublika jahon axborot hamjamiyatiga kirishi uchun sharoit yaratish;
respublikada yaratilayotgan va chetdan keltirilayotgan texnik, dasturiy va texnologik axborot vositalari hamda resurslarini serti- fikatsiya qilish;
rivojlangan, ishlash bobida mukammal va ishonchli axborot infrastrukturasini shakllantirish;
axborotlashtirishning texnik asoslarini tarkib toptirishda respub- likaning suveren huquqlari va mintaqaviy tuzilmalarning manfaat- lariga rioya etish, axborot tizimlarini tashkil etish va amal qilish jarayonida ularning o'zaro hamjihat harakat qilishlarini yo'lga qo'yish;
respublikadagi ishlab chiqarish, boshqaruv, ilmiy va ijtimoiy sohalarda elektronika, hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining yangi namunalarini yaratish hamda joriy etish;
axborotlashtirishning bir yerda haddan ziyod quyuqlashuvi va axborot sohasida yakkahokimlik qilinishining oldini olish asosida axborotlashtirishni jadal rivojlantirish, axborot jarayonlarini davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibda pul bilan ta’minlash va ido- ra etish usullaridan tashkilotlaming mustaqilligiga va tadbirkorligi- ga o'tish uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborotlashtirish dasturi uchun davlat tasarrufida bo'lmagan mablag’larni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ustivor va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborot tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy rag'batlantirish va imtiyozlar tizimini, shuningdek boshqa chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;
axborot resurslarini yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog'liq O'zbekiston Respublikasi manfaatlariga, yuridik va jismoniy shaxslaming huquqlariga rioya etish maqsadida axborotlarni hamda ularni qayta ishlash vositalarini himoya qilish yo'llarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |