Umumiy tavsifi. Bu tipga 10000 dan ortiq tumi o'z ichiga oigan sodda tuzilgan ko‘p hujayralilarkiradi. Ko'pchilik bo'shliqichlilar dengiz va okeanlarda, faqat ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Ular orasida yakka yashovchi, koloniya hosil qiluvchi hamda o'troq va erkin yashovchi turlari bor. Bo'shliqichlilar tipiga kiruvchi hayvonlaming tanasi shu’lasimon, ya’ni radial simmetriyali bo'ladi. Tanasi ikki qavat bo'lib joylashgan hujayralardan iborat. Tashqi qavati ektodema, ichki qavati endoderma deyiladi. Ektoderma va endoderma har xil tuzilishga ega bo 'Igan hujayralardan iborat. Bu ikkala qavatni hujayrasiz parda — mezogliy ajratib turad! Ektoderma va endoderma tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Tana bo'shlig'i ichak vazifasini ham bajaradi. Bu bo'shliq tashqi muhit bilan faqat og’iz teshigi orqali bog'langan. Nerv hujayralari ko'pincha tañada tarqoq joylashgan. Hamma bo'shliqichlilar ektodermasida otuvchi hujayralarbo'ladi. Bo'shliqichlilar tipi gidroid poliplar (Hydrozoa), ssifomeduzalar (Scyphozoa) va korall poliplar (Anthozoa) sinflariga bo'linadi. Gidroid poliplar (Hydrozoa) sinfi
Gidropoliplar dengiz va okeanlarda koloniya bo'lib yashaydi. Ayrim vakillari chuchuk suvlarda yakka holda hayot kechiradi. Gidroid poliplar sinfiga 4000 ga yaqin tur kiradi. Gidra (Hydra sp.) bu sinfning xarakterli vakili hisoblanadi (5 —rasm). Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.Gidra tiniq suvli ko'l va hovuzlarda hamda daryolaming tinch oqadigan qismida suv o'tlariga yoki boshqa narsalarga yopishib hayot kechiruvchi polip hisoblanadi. Bizdagi suv havzalarida gidrani bahor, yoz va erta kuzda uchratish mumkin. Gidraning tanasi silindrsimon bo'lib, uzunligi 5 — 7 mm keladi. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib ola di. Gidraga o'xshash kam harakat, o'troq hayot kechiradiganbo'shliqichlilar polip deyiladi ("polip” so'zi "ko'poyoq" degan ma’noni anglatadi). Tanasining yuqori uchida og'iz teshigi joylashgan. Og'iz teshigi atrofida 5 —12 ta uzun, ingichka paypaslagichlaribo'ladi.
25
www.ziyouz.com kutubxonasi
Gidra shu 'lali yoki radial simmetriyaga ega. Uning tanasi orqali xayolan bitta o‘q chiziq o'tkazilsa, uning paypaslagichlari ana shu o'q atrofida xuddi bitta yorug'lik manbaidan tarqaladigan shu’la singan har tomonga taralib joylashadi. Shu’lali simmetriya birmuncha mo"tadil suv muhitida o'troq yashaydigan bo'shliqichlilar va ignaterililar uchun xosdir.
5 - rasm. Gidra tanasi bo’ylama kesmasi va tana devori hujayralari: 1-otuvchi hujayralar, 2- nerv hujayrasi, 3-speramtazoid, 4-tuxum hujayra. 5-hazm qiluvchi hujayra, 6-teri-muskul hujayrasi.