Qon sporalilari (Haemosporidia) turkumi. Sporalilar orasida qon sporalilari turkumining vakillari, ayniqsa, eng xavfli parazit hisoblanadi (2 —rasm). Ular sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va odam qoni eritrositlarida parazitlik qilib yashaydi. Shuning uchun ular qon sporalilari deyiladi. Qon sporalilari ham hujayra ichida parazitlik qiladi. Lekin ulaming hayot sikh ikkita xo'jayinda o'tadi.
Qon sporalilaridan bezgak plazmodiysi (Plaasmodium vivax) eng xavfli parazitlardan biri hisoblanadi. Bezgak parazitlarining hayot siklida jinssiz va jinsiy ko'payish takrorlanib turadi. Parazit odam qonida jinssiz ko'payadi, bezgak chivini ichagida esa jinsiy ko 'payadi. Shuning uchun odam parazitning oraliq xo'jayini, bezgak chivini esa asosiy xo'jayin hisoblanadi. Chivin qon so'rayotganida odamga parazitning sporozoitlarini yuqtiradi. Sporozoitlar
15
www.ziyouz.com kutubxonasi
eritrositlarga kirib olib, bo'linib ko'paya boshlaydi va juda ko'p merozoitlar hosil qilganidan so'ng eritrositlarni yemirib, qon zardobiga chiqadi. Merozoitlar boshqa eritrositlarga kirib oladi va yana ko'payadi. Har doim eritrositlar yorilib, uning ichidan parazitlar chiqqanida odamda bezgak xuruj qiladi. Chivin kasal odamni chaqqanida parazitni qayta yuqtiradi. Uning oshqozonida parazitlar jinsiy hujayralarga aylanadi. Urug'langan tuxum hujayrasi (zigota) harakatchan bo'ladi. U oshqozon devoriga kirib olib, jinssiz bo'lina boshlaydi va juda ko'p sporozoitlami hosil qiladi. Bu hujayralar chivin oshqozon devoridan uning so'lak beziyo'liga o'tadi. Chivin odamni chaqqanida parazitlar yana odam qonidagi eritrositlarga o'tadi.
Sporalilar orasida foydali hasharotlarda va uy hayvonlarida parazitlik qiluvchi turlari ham keng tarqalgan. Nozema sporalisi (Nosema) tut ipak qurtida va asalarilarida parazitlik qiladi. Kasallangan ipak qurtlarining tanasi qorayadi. Shu sababli bu kasallik "qorason" yoki "pebrina" deb ataladi. Pebrina yuqumli og'ir kasallik bo'lib, kasallangan qurtlar ko'plab nobud bo'ladi. Shuning uchun kasallangan qurt topilgan so'kchaklardagi hamma qurtlar kuydirib tashlanadi. Pebrina asalarilarida og'ir ich ketishni paydo qiladi. Sporalilar tipiga mansub bo'lgan piroplazmidlar qoramollar, otlar, itlar va boshqa sutemizuvchilar qonida parazitlik qilib, qon kasalliklarini paydo qiladi. Piroplazmidlarni hayvonlarga qon so'ruvchi kanalar yuqtiradi. Sut emizuvchilar va qushlarning muskulida go'sht sporalilarining sporasi uchraydi. U yaxshi pishirilmagan go'sht orqali odam va yirtqich hayvonlar ichagiga o'tadi.
Olimlardan K.Marsinovskiy, E.N.Pavlovskiy, N.I.Xodukin, V.N.Beklemishev va N.M.Isayev bezgak paraziti va uni tarqatuvchi bezgak chivini hayotini o'rganish sohasida tekshirishlar olib borganlar. Bezgakka qarshi kurashda bezgak chivinlarining ko'payadigan ko'lmak suvlami quritish katta ahamiyatga ega. Qondagi bezgak parazitlarini yo'q qilish uchun xininli dorilardan foydalaniladi.
Infuzoriyalar (Infusoria) tipi
Infuzoriyalar eng murakkab tuzilishga ega bo'lgan bir hujayralilar bo'lib, dastlab pichan ivitmasidan topilgan. "Infuzoriya'' so'zi ham "pichan ivitmasida yashovchi hayvonlar" ma’nosini anglatadi. Infuzoriyalaming tanasi juda ko'p kiprikchalar bilan qoplangan bo'lib, ular yordamida harakat qiladi. Hujayrasida ikki xil yadro bor. Kichik yadrosi — mikronukleus va katta yadrosi — makronukleus (mikro — kichik, makro — katta, nukleus — yadro) deyiladi. Kichik yadrosi irsiy belgilami
16
www.ziyouz.com kutubxonasi
saqlovchi generativyadro bo'lib, ko'payishda ishtirok etadi. Infuzoriyalar jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |