Respublikasi oliy



Download 3,12 Mb.
bet98/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Muskullari. Sut emizuvchilarda ko'krak va qorin bo'shliqlarini ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli bo'ladi. Bu muskul nafas olish vazifasini bajaradi. Terini harakatga keltiruvchi teriosti muskullari rivojlangan. Odamsimon maymunlarning mimika muskullari yaxshi rivojlangan.
Nerv sistemasi va sezgi organlari. Sutemizuvchilaming bosh miyasi oldingi miya yarim sharlari va miyacha hisobiga nihoyatda kattaligi bilan xarakterlanadi. Oldingi miya yarim sharlari miya gumbazi yoki neopallum deb ataladigan miya po'stlog'i, ya'ni kulrang miya moddasi bilan qoplangan. Oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning qolgan qismlariga nisbatan 48 — 75 foizni tashkil qiladi. Miya po'stlog'i ko'pchilik sutemizuvchilarda burm va egatchalar bilan qoplangan. Bu miya po'stlog'ining yuzasini kengaytiradi. Oraliq miya ustki tomondan ko'rinmaydi. O rta miya uchun uning miya qopqog'i boshqa umurtqalilardagidek ikki tepalikdan iborat bo'lmay, to'rt tepalikdan iborat bo'ladi. Bu tepaliklami oldingisi ko'ruv, keyingi tepaliklar esa


158


www.ziyouz.com kutubxonasi




eshituv funksiyalarini bajaradi. Miyacha bir necha bo'limlarga bo'lingan. Bosh, miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Sezgi organlaridan hid bilish organlari juda kuchli rivojlangan va sutemizuvchilarning hayotida muhim ahamiyatga ega. Hid bilish organlari yordamida ular o'z dushmanlarini aniqlaydi, o'ljasini va jinslarini axtarib topadi.
Eshitish organi ichki va o'rta quloqdan tashqari tashqi eshitish yo'li va quloq suprasining bo'lishi sutemizuvchilar uchun xarakterlidir. O'rta quloq bo'shlig'ida uzangi suyakchasidan tashqari sandon va bolg'acha suyaklari joylashadi.
Ko'rish organi boshqa sezgi organlariga nisbatan soddaroq tuzilgan. Ko'z tarog'i yo'q va akkomodasiya hodisasi kipriksimon muskullarining qisqarishi va ko'z gavhari shaklining o'zgarishi orqali yuzaga keladi.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish