Respublikasi oliy



Download 3,12 Mb.
bet82/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Xameleonlar (Chameleontes) kenja turkumi vakillari daraxtda yashashga moslashgan sudralib yuruvchilardir. Panjalari ombur shaklida, dumlari uzun va ilmoqli. Gavdasi yon tomondan qisilgan. Ko'zlari katta — katta va harakatchan bo'lib, bir—biriga bog'liq bo'lgan holda o'ljasini hasharotlami axtaradi. Xameleonlar tashqi muhitga qarab rangini o'zgartira oladi. Ulaming kattaligi 3 — 5 sm dan 50 — 60 sm gacha bo'ladi.

  1. Timsohlar (Crocodilia) turkumi vakillari hozirgi zamon sudralib yuruvchilari ichida eng yuqori taraqqiy etgan va suv muhitida yashashga moslashgan. Boshi, bo'yni va tanasi, yapaloq dumi, yon tomondan qisilgan, orqa oyog'ining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo'ladi. Gavdasi shox qalqon bilan qoplangan. Bu qalqonlarning tagida suyak plastinkalar joylashgan.

Tishlari jag'lararo, yuqorigi jag1 va tish suyaklarida bo'lib, xuddi sut emizuvchilardagidek chuqurchalarda joylashadi. Jag'lararo va yuqorigi jag' suyaklarining o'simtalari va tanglay suyaklarining qo'shilishidan ikkilamchi suyak — tanglay hosil bo'ladi. Ikkilamchi tanglay og'iz bo'shlig'ini ustki burun —halqum yo'li va pastki haqiqiy og'iz bo'shlig'iga ajratib turadi. Yurak qorinchasi to'liq 2 qismga bo'lingan, ya'ni yuragi 4 kamerali. Lekin chap yurak qorinchasidan chiqqan o'ng aorta yoki arterial qon va o'ng yurak qorinchasidan chiqqan chap aorta yoki venoz qon o'zaro qo'shiladi.
Hozirda timsohlaming 25 ta turi ma'lum. Bular tropik mamlakatlaming daryo, ko'l va botqoqliklarida yashaydi. Bo'yi 10 m ga yetadigan Nil timsohi, Hindiston daryolarida yashaydigan uzun tumshuqli gavial, Amerikada yashovchi alligator va kaymanlar timsohlaming tipik vakilidir. Timsohlar suvda yashovchi va suv qirg'og'iga yaqinlashgan hayvonlar bilan oziqlanadi. Qimmatbaho terisi va go'shti uchun ovlanadi.

  1. Toshbaqalar (Chelonia) turkumi vakillarining asosiy xususiyatlaridan biri tanasi ustida joylashgan suyak qalqonlarining bo'lishligidir. Boshi, bo'yni, oyoqlari va xavf tug'ilganda dumi ma'lum darajada qalqon ichiga tortiladi. Qalqoni yoki zizhi ustki bo'lim karapaksdan va pastki bo'lim plastrondan tashkil topgan. Karapaks ten hisobidan rivojlangan suyak plastinkalar hamda qobirg'alar va umurtqalaming asosiy gismining qo'shilishidan hosil bo'Isa, plastron qoplovchi suyak plastinkalar, to'sh va o'mrov yupqa shox plastinkalar bilan qoplangan.

Bosh skeletida ma'lum darajada ikkilamchi suyak tanglay hosil bo'ladi. Jag'larida tishlari bo'lmaydi. Jag' suyaklari qirrasi o'tkir shox qin bilan qoplangan. Og'iz bo'shlig'ining tagi goh ko'tarilib, goh tushib, havoni tortishda nasos rolini o'ynaydi. Nafas olish mexanizmi yana
133


www.ziyouz.com kutubxonasi




bo'yin va oyoqlarining harakati orqali ham yuzaga keladi, chunki toshbaqalarda ko'krak qafasi yo'q.
Toshbaqalar asosan tropik hududlarda va jazirama cho'l zonalarda tarqalgan. Tinch va Hind okeani orollarida og'irligi 200 kg ga yetadigan fil loshbaqasi yashaydi. O‘rta Osiyoda cho'l toshbaqasi, Qrim va Kavkazda botqoq toshbaqalari tarqalgan. Ular yashirin bo'yinli toshbaqalar sinfiga kiritiladi. Og'irligi 450 kg gacha boradigan sho'rva yoki yashil toshbaqa hamda undan kichik karetta tropik dengizlarda yashaydi. Oyoqlari eshkakka aylanganligi va qalqon ichiga tortilmaganligi sababli ular dengiz toshbaqalari deyiladi. Uzoq Sharq va Xitoyda ussuriy yumshoq terili toshbaqalar yashaydi. Ularda shox plastinka bo'lmaydi. Suyak plastinkalari ancha kichik bo'lib, teri ostida joylashgan. Umuman, toshbaqalar turkumiga 250 ga yaqin tur kiradi.
Sudralib yuruvchilar amfibiyalarga nisbatan turlicha sharoitlarda yashaydi. Bu sudralib yuruvchilaming yuqori taraqqiy etganligi bilan bog'liq. Sudralib yuruvchilaming quruq muhitda yashashga moslashishi ham katta rol o'ynaydi. Shu sababli ular Arktika va Antarktikadan tashqari yer yuzining deyarli hamma qismida tarqalgan.
Shu bilan birga sudralib yuruvchilaming gavda harorati o'zgaruvchan bo'lganligi tufayli nisbatan yuqori haroratli muhitda yaxshi hayot kechiradi. Masalan, ilonlar 10 C° da kam harakatchan bo'lib qoladi, +6 +8 C° da esa harakatdan to'xtaydi, +2 +3 C° da karaxt bo'ladi. Gavdasi — 4 C° yoki —6 C°ga sovusa, halok bo'ladi.
Ushbu aytilganlarga ko'ra, sudralib yuruvchilar tropik zonada ko'p sonli bo ‘lib, qutbga borgan sari kam uchraydi. Tog' cho 'qqilariga chiqib borganda ham ulaming soni kamayib boradi. Shuningdek, haddan tashqari yuqori harorat ham sudralib yuruvchilar uchun halokatlidir. Muhit harorati +55 C° bo'lganda, kaltakesaklar 1,5 — 4 daqiqada halok bo'ladi. Bunday vaqtda sudralib yuruvchilar yer kovaklariga yashirinadi yoki daraxtga chiqib oladi.
Sudralib yuruvchilar uchun optimal harorat +20 +40 C° atrofida bo'ladi. O'rta mintaqalarda yashovchi ko'pchilik sudralib yuruvchilar kunduz kuni, gekkonlar esa tunda faol bo'ladi. Tropik sahrolarda esa ko'pchilik sudralib yuruvchilar kechasi faol bo'ladi.
Mavsumiy (fasl) siklliligi tropik o'lkalarda namoyon bo'lmaydi. O'rta mintaqalarda haroratning pasayishi bilan sudralib yumvchilarning hammasi uyquga ketadi.
Sudralib yuruvchilar yashash sharoitiga qarab yerda, suvda, yer tagida va daraxtlarda yashovchi ekologik guruhlarga bo'linadi.


134


www.ziyouz.com kutubxonasi




Yerda yashovchi sudralib yuruvchilar cho'l, zieh o'tloq, o'rrnon va botqoqliklarda yashaydi. Bu guruhga sudralib yumvchilaming aksariyat ko'pchiligi kiradi. Masalan, ilonlar, kaltakesaklar, echkiemarlar, ba'zi toshbaqalar va boshqalar.
Ba'zi sudralib yuruvchilar suvda yashashga moslashgan. Masalan, dengiz toshbaqalari, yumshoq terili toshbaqalar, dengiz ilonlari va timsohlar.
Sudralib yuruvchilarning kam sonli guruhi yerni kavlab hayot kechiradi. Bularga ko'r ilonlar kiradi. Cho'l toshbaqalari va to'garak boshlar esa ma'lum vaqtlarini yer tagida o'tkazadi.
Nihoyat, ba’zi sudralib yuruvchilar, masalan, xameleonlar, ayrim tur kaltakesaklaming ayrim turi, agamalar va ilonlar daraxtlarda yashashga moslashgan.
Sudralib yuruvchilar suvda yashovchi umurtqasiz va quruqlikda yashovchi hasharotlar hamda umurtqali hayvonlar bilan, ba'zi birlari (cho'l toshbaqalari)gina o'simliklar bilan oziqlanadi. Sudralib yuruvchilar odatda o'ljalarini butunlay yutadi, timsohlar va dengiz toshbaqalari bo'lak —bo'lak qilib uzib oladi. Zaharsiz ilonlar o'ljalarini tiriklayin yutadi. Zaharli ilonlar esa awal o'ljasini zaharlab o'ldiradi, keyin butunlay yutadi.
Sudralib yuruvchilar quruqlikda ko'payishga moslashgan. Hatto, suvda yashovchi dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari va timsohlar ham ko'payish uchun quruqlikka (qirg'oqqa) chiqadi.
Ko'pchilik sudralib yuruvchilar terisimon yoki qattiq ohak po'st bilan qoplangan tuxum qo'yib ko'payadi. Tuxumlarini yerga, qumga, daraxt po'stloqlari ostiga qo'yadi. Ular +15 +30 C° atrofida 2 —3 oy davomida rivojlanadi.
Sudralib yuruvchilar ichida tirik tug'uvchi turlari ham bor. Oddiy holda urug'langan tuxum ona organizmining jinsiy yo'llarida to'xtab qoladi va embrión rivojlanadi. Tirik tug'ish hodisasi yana shimolga yaqinlashib borgan sari yoki toqqa ko'tarilgan sari ko'payib boradi.
Sudralib yuruvchilarning deyarli hammasi foydali hayvonlar hisoblanadi. Kaltakesaklar, ilonlar qishloq va o'rrnon xo'jaligi zararkunandalari hisoblangan hasharotlar hamda kemiruvchilami qiradi. Ko'pgina kaltakesaklar tulki, sassiqqo'zan kabi ovlanadigan hayvonlarga ovqat bo'ladi. O'rta Osiyoda yashaydigan cho'l toshbaqasi maysazorlarga zarar keltiradi. Suv ilonlari ovlanadigan baliqlarning tuhumlarini, chavoqlarini yeb, zarar yetkazadi.
Ba'zi mamlakatlarda zaharli ilonlar insonga jiddiy zarar yetkazadi. Shu bilan birga, ilon zahari tibbiyotda ishlatiladigan nihoyatda
135


www.ziyouz.com kutubxonasi




qimmatbaho xomashyo ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Zaharli ilonlardan (ko'zoynakli ilon, qora ilon, charx ilon) zahar olish uchun O'rta Osiyo respublikalarida ilon boqish fermalari tashkil qilingan.
Timsohlar, ilonlar, echkiemarlarning terisidan charm buyumlar tayyorlanadi. Ba'zi mamlakatlarda ulaming tuxumi, timsoh va ilonlaming go'shti oziq —ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi. O'zbekiston "Qizil kitobi"ga sudralib yuruvchilaming 16 ta tun kiritilgan. Bular qatoriga Xentov to'garakbbshi, Rustamov gekkoni, echkiemar, Hind boygasi, Kapcha ilon va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, sudralib yuruvchilami har tomonlama himoya qilish kerak.
Test topshiriqlariga javob bering

  1. Sudralib yuruvchilaming tashqi tuzilishi va skeleti uchun xos belgilarni ko'rsating.

a — terisi quruq, b — terisi tangachalar bilan qoplangan, d — ter bezlari yo'q, e —oyoqlari kalta, f—bo'yin bo'limida yettita umurtqa bor, g — bo'yin bo'limida sakkizta umurtqa bor, h —skeleti asosan suyakdan iborat, i —bosh skeleti tog'aydan iborat.
A — a,b,d,g; B — b,d,e,h; D — a,d,f,h; E — b,e,f,g; F — a,b,d,i.

  1. Sudralib yuruvchilaming nerv sistemasi va sezgi organlari qanday rivojlangan ?

a — oldingi miya yarimsharlari nisbatan yirik, b — eshitish organi ichki, o'rta va tashqi quloq, d —qovoqlari harakatchan, e —issiqlikni sezish organlari bor, f — uchinchi qovog'i rivojlangan.
A — a,b,e; B — b,d,f; D — a,b,f; E — b,e,f; F — a,d,f.

  1. Sudralib yuruvchilaming nafas olish va qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?

a —ko'krak qafasi yordamida nafas oladi, b —yuragi to'rt kamerali, sovuq qonli, d — yuragi uch kamerali, sovuq qonli, e — yurak qorinchasi to'siq bilan ikki qismga bo'linadi, f—yurak qorinchasi chala parda bilan ikkiga bo'lingan.
A — a,b,e; B — b,d,f; D — a,d,f; E — b,e,f; F — a,d,e.

  1. Sudralib yuruvchilar qanday ko'payadi?

a — urug'lanishi ichki, b — urug'lanishi tashqi, d — tirik tug'adi,
e —yirik tuxum qo'yadi, f —embrioni amnion bo'shliq ichida rivojlanadi, g — tuxumlari ona qornida rivojlanadi.
A — a,b,g; B — b,d,f; D — a,e,f; E — a,e,g; F — a,d,e.

  1. Xartumboshlilar qanday tuzilgan?


136


www.ziyouz.com kutubxonasi




a —tanasi orqasida uchburchak shakldagi plastinkalari bor, b —tepa ko'zi bo'ladi, d —kopulyativ organi yo'q, e —ko'zlari yaxshi rivojlanmagan, f —tirik tug'adi.
A — a,d,f; B — a,b,d; D — b,e,f; E — b,d,e; F — a,d,e.

  1. Ilonlaming kaltakesaklardan farq qiluvchi belgilarini ko'rsating?

a —gavdasi uzun, b —qovoqlari tiniq, ko'zni qoplab oigan,
d—uchinchi qovog'i bor, e — jag' suyaklari o'zaro harakatchan qo'shilgan, f — oyoqlari rivojlamnagan, g — tullaganida terisi yaxlit ko' chadi.
A — a,b,e; B — b,d,g; D — b,e,g; E — a,e,f; F — a,d,g.

  1. Zaharí! ilonlami ko'rsating.

a —chipor ilon, b —bo'g'ma ilon, d —qora ilon, e —kapcha ilon, f—sariq ilon, g —charx ilon, h —boyga, i —qalqontumshuq.
A — a,b,e,i; B — b,d,f,h; D — d,f,g,h; E — a,e,g,i; F — d,e,g,i.

  1. Timsohlar uchun xos belgilarni ko'rsating.

a — gavdasi yuqoridan pastga qarab siqilgan, b — gavdasi tangachalar bilan qoplangan, d — gavdasi yirik muguz qalqon bilan qoplangan,
e — yuragi to'rt kamerali, f — terisi nafas olishada qatnashadi,
g — tuxumlarini qirg'oqqa qo'yadi.
A — a,b,e,g; B — a,d,e,g; D — b,e,f,g; E — a,d,e,f; F — b,d,e,f.

  1. Xameleonlar qanday tuzilgan?

a — daraxtda va yerda yashaydi, b — panjalari qisqichga o'xshash,
d —dumiuzun, ilmoqli, e —ko'zlari hartomonga qarab harakatlanadi, f —tishlari yirik va o'tkir, g —terisi rangini tashqi muhitga moslab o'zgartira oladi.
A — b,d,e,g; b — a,e,d,g; D — b,e,f,g; E — a,e,f,g; F — a,b,e,f.

  1. Amniotalar guruhiga kiruvchi hayvonlami ko'rsating.

A — lantsetniklar; B — to'garak og'izlilar; D — sudralib yuruvchilar; E — lichinkaxordalilar; F — baliqlar.


137


www.ziyouz.com kutubxonasi


  1. QUSHLAR (AVES) SINFI


Qushlar tuzilishi jihatdan sudralib yuruvchilarga yaqin bo‘lib, ularning gavda haroratini doimiy saqlashga o'tgan va uchishga moslashgan ajdodi hisoblanadi.
Morfologik tuzilishiga ko'ra qushlar oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi, keyingi oyoqlarida ilikning hosil bo'lishi, tanasining pat bilan qoplanganligi, yuragining to'liq 4 kamerali bo'lganligi, bosh skeletida yagona ensa bo'rtmasi va chanoq buyragming rivojlanganligi bilan xarakterlanadi (36 — rasm).





36 - rasm. Kaptaming tashqi va ichki tuzilishi. A — tashqi tuzilishi: 1

  • boshi, 2 — bo'yni, 3 — qanoti, 4 — dumi, 5 — burun teshigi, 6 — ustki tumshug’i, 7 — tili, 8 — quloq teshigi,

  1. barmoqlari, 10 — iligi; В — ichki tuzilishi: 1 — katta ko'krak muskuli, 2

  • o’mrov osti muskuli, 3 — havo xaltalari, 4 — yurak, 5 — nomsiz arteriya, 6 — traxeya, 7 — qizilo'ngach, 8 — jig'ildon, 9 — muskulli oshqozon,

  1. jigar, 11 — talog'i, 12 — ichak ilmoqlari,





138


www.ziyouz.com kutubxonasi




Tanasining suyri shakldaligi, oldingi oyoqlarming qanotga aylanganligi, tanasining pat bilan qoplanganligi, suyaklarining yengil bo'lishi, naysünon suyaklarining havo bilan to'lganligi, havo xaltachalarining rivojlanganligi, jag'larida tish bo'lmasligi va to'g'ri ichakning qisqarishi qushlaming uchishga moslashgan asosiy belgilari hisoblanadi.

    1. Qushlaming tuzilishi


Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish