Respublikasi oliy



Download 3,12 Mb.
bet69/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

28 - rasm. Zog'ora baliqning tashqi va ichki tuzilishi. A — tashqi tuzilishi: 1 — burun teshigi, 2 — og'iz teshigi, 3 — jabra qopqog'i, 4 — yon chizig'I, 5 — orqa suzgich qanoti, 6 — ko'krak suzgich qanoti, 7 — qorin suzgich qanoti,8 — anal suzgich qanoti, 9 — dum suzgich qanoti, В — ichki tuzilishi: 1 — venoz qo'ltig'i, 2 — yurak bo’lmasi, 3 — yurak qorinchasi, 4 — qorin aortasi, 5 — aorta so'g’oni, 6 — olib keluvchi jabra arteriyalari, 7 — kyuverov quyilishi, 8 — jabra, 9 — oshqozon, 10 — o'n ikki barmoqli ichak, 11 — ingichka ichak, 12 — to'g'ri ichak, 13 — anal teshigi, 14 — jtgar, 15 — o't pufagi, 16 o't yo'li, 17 — oshqozon osti bezi, 18 — taloq, 19 — suzgich pufagi, 20 — buyrak, 21 — siydik yo'li, 22 — siydik — tanosil o'sig'i, 23 — jinsiy bez, 24 — jinsiy teshik.


102


www.ziyouz.com kutubxonasi




Umurtqa pog'onasi amfisel tipdagi umurtqalardan tashkil topgan tana va dum umurtqalariga bo'linadi. Umurtqalardan ustki va pastki yoylar chiqadi. Tana bo'limidagi umurtqalaming ustki yoylari qo'shilib, orqa miya kanalini hosil qiladi. Pastki yoylar ko'ndalang o'simtalarga qo'shiladi. Ko'ndalang o'simtalar pastki yoylardan hosil bo'ladi. Dum bo'limining pastki yoylari qo'shilib, qon tomirlari o'tadigan gemal kanal va gemal o'simta hosil qiladi. Zog'ora baliqning umurtqa pog'onasi o'zaro chala harakatchan birikkan 39 — 42 ta umurtqadan iborat.
Bosh skeleti o'z navbatida miya qutisi skeleti va visseral skeletlarga bo'linadi. Eshitish kapsulasini 5 tadan quloq suyaklari tashkil qiladi.
Hidlov kapsulasining qoplovchi o'mida toq oraliq hidlov suyagi va juft yon hidlov suyaklari rivojlangan. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bosh miyaning ustki tomonidan yopib turuvchi juft burun, peshona, tepa suyaklari va miya qutisining ostidan tutib turuvchi toq parasfenoid suyaklari kiradi. Visseral skeletda yoy hosil qilgan suyaklardan tashqari jabra qopqog'i bo'ladi. Jabra yoylari va til osti yoyi ham xuddi akulalardagidek qismlardan tashkil topgan, lekin suyakka aylangan.
Ko'krak suzgich qanotlarining skeletidabazaliyalaribo'lmaydi, suyak to'g'ridan —to'g'ri kamar suyagiga birikadigan radialiya suyaklaridan va suyak shu'lalaridan iborat. Ko'krak kamari juft qoplovchi korakoid va ko'krak suyaklaridan tashkil topgan. Birlamchi kamar hisoblangan bu suyaklarga ikkilamchi kamar suyagi almashinuvchi suyak kleytrum tegib turadi. Qorin suzgich qanotlarining suyak skeleti faqat bir juft plastinkadan iborat. Bazaliya va radialiya bo'limlari yo'qolib ketib, tashqi suyak shu'lalar bevosita chanoq plastinkalariga tegib turadi.Bosh miyasi tog'ayli baliqlaming bosh miyasiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Awalo, uning o'lchami kichik, oldingi miya yarim sharlarining qopqog'i epiteliy bilan qoplangan bo'lib, nerv moddasi bo'lmaydi.
Ko'rish organi—ko'z hamma baliqlardagi singari yumaloq ko'z gavharidan, yassi shox pardadan iborat bo'lib, uzoqni ko'ra ohnaydi. Eshituv organi faqat ichki quloqdan iborat va baliqlarning o'zaro kontaktida katta ahamiyatga ega. Ko'pchilik baliqlar tishlari, suzgich qanotlarining ishqalanishi va havo pufakchalari yordamida har xil ovozlar chiqaradi.Yon chiziq teri ostida kanal hosil qiladi. Bu kanal tashqi muhit orqali qator tangachalardan chiqqan teshikchalar bilan tutashadi. Kanal devorida nerv uchlari joylashadi. Yon chizig organi suvning oqimi va bosimini aniqlaydi.


103


www.ziyouz.com kutubxonasi


Ko ‘pchilik suyakli baliqlaming og'iz bo 'shlig 'ida bir qancha konussimon tishlar bo'lib, bu tishlar jag' oraliq, ustki jag', tish va hatto tanglay, qanotsimon, dimog' hamda parasfenoid suyaklariga joylashgan. Tishlar og'izdagi ovqatni ushlab turish uchun xizmat qiladi. Till yo'q og'izhalqum bo'shlig'idan ovqat qizilo'ngachga tushadi, qizilo'ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak takomillashgan va uning ichida spiral klapani yo'q. Lekin uning o'miga shu funksiyani bajaruvchi pilorik o'simtalar chiqadi. Ichak bog'ichiga taloq o'rnashgan. Katta jigarda o't pufagi bor. Oshqozon osti bezi ichak tutqich bo'ylab tarqalgan.


Havo pufakchasi qorin bo'shlig'ining butun orqa qismini to'ldirib turadi. Uning ichi asosan azot hamda karbonat angidrid va kislorod gazlari bilan to'ldirilgan. Havo pufakchasi gidrostatik vazifani bajaradi, ya'ni u kengayganda baliqning solishtirma og'irligi kamayadi, puchayganda esa ortadi. Zog'ora baliqda barcha suyakli baliqlar singari jabralararo to'siqlar bo'lmaydi, shu sababli jabra yaproqlari faqat jabra yoylariga birikadi. Jabra yoriqlarini tashqi tomondan jabra qopqog'i yopib turadi. Nafas olish akti jabra qopqoqlarining harakati va suvni jabra bo'shlig'iga yutish hamda undan tashqariga itarib chiqayotgan og'izning harakati tufayli yuzaga keladi.
Yuragida arterial konus yo'q. Qorin aortasining oldingi qismi kengayib, aorta so'g'onini hosil qiladi. U silliq muskuldan tuzilgan, shuning uchun ham yurak singari mustaqil ravishda urib turmaydi. Jabralar 4 juft bo'lganligi sababli jabraga olib keluvchi va jabradan olib ketuvchi arteriyalar ham 4 juft bo'ladi. Venoz sistemasi uchun faqat chap kardinal vena buyrak qopqa sistemasini hosil qilishi xarakterli.
Ayirish organlari bir juft uzun tasmasimon shakldagi tana, ya'ni mezonefros buyraklardan tashkil topgan bo'lib, havo pufakchasi ustida umurtqalarining yoni bo'ylab joylashadi. Buyraklarning ichki qirrasidan bir juft siydik yo'li Volf kanali boshlanadi. Bu kanallar pastroqda o'zaro qo'shilib, siydik pufagiga qo'shiladigan bitta umumiy kanal hosil qiladi. Erkagining juft urug'donlari ichida bo'shlig'i bo'ladi. Urug'donlarida maxsus teshiklar bilan siydik — tanosil so'rg'ichi orqali tashqariga ochiladigan umumiy chiqarish yo'li bo'ladi. Urg'ochisida alohida chiqarish yo'li yo'q. Shuning uchun ulaming tuxumdoni to'g'ridan —to'g'ri jinsiy teshikka ochiladi. Shunday qilib, urg'ochilarida akuladagi singari tuxum yo'li vazifasini bajaruvchi Myuller kanali yo'q, erkaklarida esa urug'donlar buyrak bilan bog'lanmagan, Volf kanali faqat siydik yo'li vazifasini bajaradi. Odatda, tashqi urug'lanish bo'ladi. Ikralari mayda.


104


www.ziyouz.com kutubxonasi


    1. Suyakli baliqlar sinfi sistematikasi

Suyakli baliqlar sinfini sistemaga solish ancha qiyin, shu sababli hozirgi kunga qadar bu masalada olimlar o'rtasida umumiy fikr yo'q. S.P. Naumovning "Umurtqali hayvonlar zoologiyasi" (1995) darsligida keltirilgan sistematikaga ko'ra suyakli baliqlar sinfi to'rtta kenja sinfga bo'linadi: 1. Tog‘ay —suyakli baliqlar; 2. Shu'la qanotlilar; 3. Ikki xil nafas oluvchilar; 4. Panja qanotli baliqlar.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish