Respublikasi oliy


Karpsimon baliqlar (Cyrnniformes) turkumining



Download 3,12 Mb.
bet72/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Karpsimon baliqlar (Cyrnniformes) turkumining aksariyat ko'pchiligi chuchuk suvlarda yashaydi. Bu turkumga karplar va laqqa baliqlar oilasi kiradi.
Karplaming og'zida tishlari bo'lmaydi, lekin orqa jabra yoylariga o'rnashgan halqum tishlari bor. Bu oilaga ko‘l va daryolarda yashaydigan plotva, Kaspiy—Volga havzasida yashaydigan vobla, leshch, zog'ora baliqlar kiradi. Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko'llarida uchraydigan mo'ylovbahq, qora baliq, moybaliq, oqcha baliq ham karpsimonlar turkumiga kiradi. Laqqalar oilasining haqiqiy tangachalari yo'q, jag'larida tishlari bor.
Cho'rtansimonlar (Esociformes) turkumi vakillari kam sonli, jag'larida o'tkir tishlari bo'lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan. Oddiy cho'rtan daryo va ko'llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o'tlari orasida yashaydi. Ular boshqa baliqlar, qushlarning jo'jasi va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka birmuncha ziyon yetkazadi. Og'irligi 35 kg ga, uzunligi esa 1,5 m ga yetadi.
Olabug'asimonlar, ya'ni tikan nurlilar (Acanthopterygii) turkumiga kiruvchi baliqlar suzgich nurlarining bir qismi o'zaro ajralmagan tikanchalami hosil qiladi. Qorin suzgichlari ko'krak suzgichlari ostidayoki ulardan oldinroqda joylashgan. Olabug'asimonlar turkumiga 6500 dan ortiq tur kiradi. Ular barcha suv havzalarida tarqalgan. Olabug'asimonbaliqlarga okunsimonlar, yershlar, skumbriyalar, tuneslar, buqacha baliqlar misol bo'ladi. Qora va Kaspiy dengizlarida, Amudaryoning quyi oqimida uchraydigan sudak (oq sla) katta sanoat ahamiyatiga ega. Sudaklaming uzunligi 130 sm, vazni 12 kg gacha


107


www.ziyouz.com kutubxonasi




boradi. Daryo va ko'llarda hayot kechiradigan olabug'a (okun)ning uzunligi 50 sm, og'irligi 1 kg gacha va undan ko'proq bo'ladi. Olabug'a baliqlardan ilonbosh va oq amur Uzoq Sharq daryolaridan keltirilib, respublikamiz suv havzalarida iqlimlashtirilgan.
Skumbriyalar (Scombridae), tuneslar (Thunoidae) va buqacha baliqlar (Gobiidae) dengizlarda hayot kechiradi, faqat buqacha baliqlarning ayrim turlari chuchuk suvlarda yashaydi. Tunes va skumbriyalar ko'plab ovlanadi.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish