Tadqiqot maqsadi: Neft konlari quduqlarining ishlab chiqarish dinamikasini boshqaruvchi usullarni takomillashtirish va hisoblash algoritmi hamda dasturiy ta'minot ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifasi: Foydali konlarning ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish, neft' konlari ma'lumotlarini qayta ishlash orqali quduqlarning ishlab chiqarish ko‘rsatkichini bashoratlash va qazib olinadigan neft' zaxirasini hisoblash uchun algoritm hamda dasturiy ta'minot ishlab chiqish, natijalarni qiyosiy taxlil qilish.
Tadqiqot obekti: Quduq parametrlarini bashoratlash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Quduq parametrlarini bashoratlashga yordam beradigan dasturiy vosita yaratish.
Tadqiqotning usullari. Ishda tizimli tahlil, boshqarish nazariyasi va hisoblash usullari, zamonaviy dasturlash tillari hamda shaxsiy kompyuterlarda axborotlarni qayta ishlash usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Gazneft konlarining parametrlarni bashoratlash uchun yaratilgan matematik modellarning ishonchliligini test funksiyalar orqali tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |