Birinchi dastlabki davr. Neft va gaz sanoatining boshlanishi quduqlarni burg’ulashning mexanik usul bilan amalga oshirish bilan boshlandi. 1859 yilda AQShda polkovnik Dreyk birinchi mexanik quduqni Ltadiana shtatida amalga oshiradi. 1864 yilda kapitan Semenov Rossiyadagi birinchi mexanik quduqni qaziydi. O’sha vaqtlarda neft asosan kustar usulda chelaklar orqali chuqurliga 100-150m va kengligi 1-1,5m bo’lgan qo’lda qazilgan quduqlardan olinar edi.
1888 yilda geolog A.M.Konshin ilk marta neft zahiralarini hisoblashda hajm usulini qo’lladi.
1910-12 yillarda I.M. Gubkin yirik neft – olimi birinchi marta "engsimon" konlarning mavjudligini aytgan.
1910-1917 yillarda S.I.CHernoitskiy "'egri chiziq usulini" takomillashtirdi, bunda u shu usul natijalarini quduqlar zichligining oqilona bo’lishida foydalandi. U quduqlarning dastlabki mahsuldorligini ularning zichligi darajasiga bog’liqligini hisoblashni taklif etdi.
Bu davrlarda quduqlarni o’rganishda geofizik usullardan foydalana boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |