Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng neft, gaz konlarining ishlab chiqish jarayonini boshqarish uchun ilmiy innovastion hamda zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan foydalanishga e’tibor qaratildi


Foydali konlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash



Download 5,57 Mb.
bet11/20
Sana21.09.2021
Hajmi5,57 Mb.
#181032
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
diss

1.3 Foydali konlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida energiya resurslariga bo‘lgan talab tobora oshib borar ekan, mavjud manbalardan oqilona foydalanish, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalar sanoatni rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishning garovi bo‘lib qolmoqda.

Bu borada ko‘mir qazib olish sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar, nainki tabiiy resursdan tejab-tergab foydalanish, balki aholini qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlash, atrof-muhit holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston ko‘mirning yirik zaxiralariga boyligi jihatidan dunyodagi peshqadam mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Angren ko‘mir koni Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik konlardan biri sanaladi. Mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq yoqilg‘ining 85 foizi ana shu kon hissasiga to‘g‘ri keladi. Qazib olinayotgan ko‘mirni aholi va byudjet tashkilotlariga muntazam yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Dastlabki ma’lumotlar bo’yicha, 2019-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 234,7 trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,0 % ni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o’sishining asosiy omili bo’lib, tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 1,9 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat - 8,9 % ga, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash - 1,1 % ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish – 6,2 % ga o’sishi hisoblanadi.

Tahlillar mamlakatimizda ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan talab tobora o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. 2014-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda aholi va byudjet tashkilotlarining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji 3,5 barobardan ortib ketgan. Ana shu talabdan kelib chiqib, soha korxonalarida ko‘mirni qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmini ko‘paytirishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Angren konida ko‘mir qazib chiqarishda zamonaviy aylanma oqim texnologiyasining amalga tatbiq etilgani sohada sarf-xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi.

Amalga oshirilgan bu kabi chora-tadbirlar samarasida ko‘mir qazib olish hajmining 3,3 million tonnadan 4 million tonnaga, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan qattiq yoqilg‘ining 2,5 million tonnadan 3,7 million tonnagacha o‘sishiga erishildi.

Bundan tashqari, kon texnikasini yangilash, modernizatsiya qilish, ularni zarur ehtiyot qismlari bilan ta’minlash yuzasidan uchta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu sa’y-harakatlar natijasida 2014-2019-yillar oralig‘ida kon ustini ochish ishlari birmuncha jadallashib, ko‘mir qazib olish 2014-yildan bugungi kunga qadar 2 million tonnagacha ko‘paydi.

Dunyodagi eng yirik neft konlari sirasiga zaxirasi 1 mlrd tonnadan oshiq bo‘lgan konlar kiradi. Bunday konlar jahonda yuzga yaqin va dunyoning turli davlatlarida joylashgan. Ular orasida 100 yil oldin ochilganlari ham bor.

1. Al-G‘ovar, Saudiya Arabistoni

1948 yilda ochilgan. 12 mlrd tonna zaxirasi bor Saudi Aramco kompaniyasiga tegishli.

2. Katta Burqon, Kuvayt

1946 yilda ochilgan. 11 mlrd tonna zaxirasi bor. Kuwait Petroleum Corp kompaniyasiga tegishli.

3. Bolivar Kostal, Venesuela

8,3 mlrd tonna zaxirasi bor. Petroleos de Venezuela kompaniyasiga tegishli.

4. Yuqori Zakum, BAA

1969 yilda ochilgan. 7 mlrd tonna zaxirasi bor. ADNOC, ExxonMobil, Japan Oil Development Co. kompaniyalari hamkorlikda foydalanadi.

1991 yilda ochilgan. 7 mlrd tonna zaxirasi bor. Qatar Gaz, Petropars kompaniyalariga tegishli.

6. Kashagan, Qozog‘iston

2000 yilda ochilgan. 6,4 mlrd tonna zaxirasi bor. Eni, QazMunayGaz, Total, Shell, Exxon Mobil, CNPC, Inpex kompaniyalari hamkorlikda foydalanadi.

7. Samotlorskoe, Rossiya

1965 yilda ochilgan. 6,2 mlrd tonna zaxirasi bor. «Rosneft» kompaniyasiga qarashli.

8. Datsin, Xitoy

1959 yilda ochilgan. 5,7 mlrd tonna zaxirasi bor. PetroChina kompaniyasiga tegishli.

9. Saffaniya-Xofji, Saudiya Arabistoni, Kuvayt

1951 yilda ochilgan. 5,5 mlrd tonna zaxirasi bor. Kuwait Petroleum Corp, Saudi Aramco kompaniyalari hamkorlikda ishlatadi.

10. Gechsaran, Eron

1928 yilda ochilgan. 5,2 mlrd tonna zaxirasi bor. NIOC kompaniyasiga tegishli.

Ijtimoiy soha obyektlari, aholi o‘rtasida ko‘mirga bo‘lgan talabning muttasil oshib borayotgani tizimdagi korxonalar zimmasiga yangi vazifalar yuklamoqda. Ana shu vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘mir briketi ishlab chiqarish, aholi va ijtimoiy soha muassasalariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish masalalari tartibga solindi.

Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil qilingan 14 hududiy distribyutorlik markazi hamda ularning 84 ko‘mir omboridan ko‘mir va ko‘mir briketlarini yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-dekabrdagi “Respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz aholisi va byudjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar mas’uliyatini yanada oshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 21-fevral kuni neft-gaz hamda kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika sohalarini uyg‘un rivojlantirish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Joriy yilgi Investitsiya dasturiga mazkur soha bo‘yicha umumiy qiymati 27,8 milliard dollarlik 26 ta loyiha kiritilgan. Prezidentimiz ushbu loyihalar bilan har kuni shug‘ullanib, ularning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Energetika va Moliya vazirliklariga «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi bo‘yicha 2,3 milliard dollarlik xorijiy kreditlarning moliyalashtirish shartlarini belgilash, «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish» loyihasi bo‘yicha «Gazprombank»ning 300 million dollarlik krediti jalb qilish vazifasi yuklatildi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtanneftgaz va Gazlineftgaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish, neft va gaz qazib chiqarish, geologik qidiruv uskunalarini sotib olish kabi loyihalarga talab etiladigan mablag‘larni mamlakatimizning yevroobligatsiyalari hisobidan moliyalashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Geologik qidiruv ishlari murakkab bo‘lgan hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda tizimda to‘planib qolgan debitor qarzdorlikni kamaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tarmoqning eksport salohiyati tahlil qilinar ekan, bu borada faqat gazga bog‘lanib qolmasdan, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash asosida eksport hajmini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

«O‘zbekneftgaz» va «O‘zkimyosanoat» rahbariyatiga tabiiy gazdan yuqori qo‘shilgan qiymatli polimer, polistirol, PET, sintetik kauchuklarni ishlab chiqarish konsepsiyasini tayyorlab, joriy yil may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan neft-gaz xalqaro konferensiyasida chet ellik investorlarga taqdimot qilish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda «O‘zbekneftegaz» jamiyati tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tariflarni bozor tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqish, neft bazalar va hududiy gaz ta’minoti xizmatlarini bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida, jumladan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini investorlarning ishonchli boshqaruviga berish bo‘yicha aniq choralar ham nazarda tutilishi kerakligi aytildi.

Kimyo sanoatini rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish maqsadida umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 33 ta loyiha belgilangan bo‘lib, bu yil 4 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Prezident kimyo sanoati yuqori rentabelli tarmoq ekanini ta’kidlab, 2017-2022 yillarga belgilangan istiqbolli loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Jumladan, Qo‘qon superfosfat zavodi, Qo‘ng‘irot soda zavodi bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish, Yangiyer shahrida ammiak va karbamid zavodini barpo etish bo‘yicha investorlarni aniqlash vazifasi qo‘yildi. Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilishni tezlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida sohani xususiy mulkchilik asosida rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Bugungi kunda barcha hududlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati unitar korxonalari shaklida hududiy distribyutorlik markazlari tashkil qilingan. Har bir markazda ko‘mir mahsulotini qabul qilish, sifatli saqlash va sotish bo‘yicha bir necha omborlar tashkil qilingan bo‘lib, zarur texnika va avtotarozilar bilan ta’minlangan. Har bir kassa to‘lov terminallariga ega.


Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish