Ikkinchi davr. 1918-1949 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda neft sanoati milliylashtirildi (natsionalizatsiya) va yangi texnika bilan jihozlanadi.
1937 yidtsa M.A.Jdanov mamlakatimizdagi gaz zahiralarini hisobladi, bunda u faqat "hajm usuli"nigina emas, "bosimning pasayish usuli"ni ham qo’lladi.
1932 yilda I.M.Gubkin neftlar zahirasini hisoblash tasnifini tavsiya etadi, bu masalani 1937 yildagi XVII jahon geologic kongressida ham ko’taradi. O’sha zahira klassifikatsiyasi bizda 1942 yilga qadar qo’llanildi.
1935 yilda zahira bo’yicha markaziy komissiya tuziladi, keyinchalik u Butun ittifoq komissiyasiga (VKZ) undan so’ng esa Davlat zahira komissiyasi (SSSR Ministrlar Soveti qoshidagi) (GKZ)ga aylandi.
Uchinchi davr. 1949 yildan to hozirgi kungacha o’tgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrning o’ziga xos xususiyati shundaki, neft sanoati shu davrda ekstensiv rivojlanish jarayoniga kiradi. Bunga asosiy sabab neft-gaz konlari mamlakatimizning turli rayonlaridan ko’plab topildi va ishga tushirildi.
Mamlakatimiz neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tariхga ega.
Qadimiy yunon tariхchisi va faylasufi Plutarх Iskandar Zulqarnaynning O‘rta Osiyo orqali Hindistonga qilgan yurishi (milloddan avvalgi 329-327 yillar) tariхini yozishda Amudaryo daryosining oqimi bo‘ylab bir necha joylarda moysimon qora suyuqlikning yer yuziga qalqib chiqqan joylarini belgilab o‘tgan.
XVIII asr oхirlarida Moylisoy hududida neftning er yuziga qalqib chiqqan joylari ma‘lum bo‘ldi. Umuman 1870-1872 yillarda Farg‘ona vodiysida 200 ga yaqin neft manba‘lari ma‘lum edi.
1880-1883 yillarda Farg‘ona vodiysidagi Qamish – Boshi tumani. Lakkon qishlog‘ida to‘rtta qidiruv quduqlari burg‘ilangan bo‘lib, bu quduqlarning chuqurligi 36,2 m (17 stajen) va diametri 219 mm (8 dyuym) edi.
1880 yilda Sho‘r-suv maydonida burg‘ilangan birinchi qidiruv qudug‘idan sutkasiga 160 kg dan neft olina boshlandi.
Hozirgi kunda respublikamiz hududida 5 ta region neft-gaz zahiralari mavjud, ular:
1) Buxoro Xiva neft-gazli havzasi, bu joyda barcha zahiralarning 66,9% joylashgan;
2) Ustyurt havzasi, zahiraning 3,2% joylashgan;
3) Surxondaryo havzasi, 7,0% zahira mavjud;
4) Janubiy G’arbiy-Hisor neft-gaz havzasi, uning zahirasi 5,7% ni tashkil etadi;
5) Farg’ona neft-gaz havzasi zahiraning 17,5% joylashgandir.
Mustaqillikka erishilgandan beri respublikamizda neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e‘tibor berilib, yoqilg‘i ta‘minoti mustaqilligiga erishildi.
Yurtimiz hududida 500 dan ortiq uyumlar 188 kon mujassam bo’lib, ularda 2 ta unikal kon, 17ta yirik konlardan iborat, qolganlari o’rta va mayda konlardir.
Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda.
Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish uchun 2030 yilgacha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |