Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng neft, gaz konlarining ishlab chiqish jarayonini boshqarish uchun ilmiy innovastion hamda zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan foydalanishga e’tibor qaratildi


Neft gaz qazib olish jarayolarining tizimli tahlili



Download 5,57 Mb.
bet7/20
Sana21.09.2021
Hajmi5,57 Mb.
#181032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
diss

Neft gaz qazib olish jarayolarining tizimli tahlili

Tizim deb odatda o‘zaro ta'sirlashuvchi u yoki bu tartibdagi jami elementlar va qismlar nazarda tutiladi. Murakkab jarayonlar ob'ekti sifatida gazneft konlarini ishlab chiqish tizimlari uchun qatlam, neft, gaz, suyuqlik, quduq va hokazolarni elementlar deb hisoblash mumkin. Ularning har bir elementini o‘zgaruvchan kattaliklar to‘plamiga bog‘lash mumkin. Agar bu o‘zgarishlar hisoblashlar va aniq sonlar ko‘rinishida tasvirlansa tizim holatini tasvirlash mumkin. Amalda har qanday real tizimlar cheksiz o‘zgaruvchilar bilan tavsiflanadi, biroq suv tazyiqidagi gaz konlarini ishlab chiqishni boshqarish jarayonini matematik modellashtirishda bu o‘rganilayotgan jarayon uchun ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgaruvchilarni chekli qismi jalb qilinadi.

Haqiqatan ham, gidrodinamik tadqiqotlarda tabiiy gaz va neftning fizik va kimyoviy xossalari e'tiborga olinmaydi. Tizim ta'rifini qo‘llash mumkin bo‘lgan har xil ko‘rinishdagi real ob'ektlarning bir qancha xususiyatlaridan umumiy qismlarini belgilab olish kerak. Ular kelajakda gaz va neft qazib oluvchi korxonalar tomonidan aniq tizimlarni tanlab olishda talab qilinadi. Bu tizimlar murakkab tizimlar sifatida qaraladi. Tanlab olinayotgan tizimlar mavjud xususiyatlariga qarab har xil sinflarga bo‘linadi. Bundan maqsad ushbu sinflarning tizimlarini o‘rganishda qo‘lga kiritilgan natijalarni har xil sinflarini o‘rganish uchun tatbiq etishdan iborat. Agar biz gazneft konlarini ishlab chiqishni boshqarish hamda ko‘p qatlamli fil'tratsiya jarayonini o‘rganish uchun qatlam tizimini tanlab olsak, u holda bu tizimning eng zarur element belgilarini tanlab olish yetarli bo‘ladi. Biz konni gorizontal yo‘nalish bo‘yicha yaxshi va yomon o‘tkazuvchan qatlamlarga ajratamiz. Agar ko‘p qatlamli kondagi quduqlar tizimini qurmoqchi bo‘lsak, gazli qatlam quyidagi joylashuvga, ya'ni chekli ustki qatlam, ostki qatlam hamda dastlabki gaz va suv chegaralariga ega bo‘ladi.

1.1-rasm. Neft konlari tizimini boshqarish



BP Plc kompaniyasining baholashicha bugun dunyo bo‘ylab jami aniqlangan neft' zaxirasi 1,73 trillion barrelni tashkil etadi. (2022 yil ma'lumoti). Uning 1,24 trillion barreli OPEC’ga a'zo davlatlariga tegishli.

Neft' qazib oluvchi davlatlarning bir qismi neft' eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti OPEC (The Organization of the Petroleum Exporting Countries)ga a'zo. Ular Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Kongo, Kuvayt, Liviya, BAA, Nigeriya, Saudiya Arabistoni va Ekvatorial Gvineya. Ikki iqtisodiy gigant Xitoy va AQSh bu tashkilotga a'zo emas. Shuningdek neft' qazib olish va sotishda yuqori o‘rinlarda turadigan Rossiya ham OPEC’ga a'zo bo‘lmagan. Tashkilot shtab-kvartirasi Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan. Bugun dunyo neft' zaxirasining uchdan ikki qismi, uni qazib olish va sotishning 33 foizi aynan OPEC’ga a'zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

OPEC 1960 yil 10-14 sentyabrda Bag‘dodda bo‘lib o‘tgan konferensiyasida Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela vakillari tomonidan tuzilgan. Boshqa a'zolar keyinchalik qo‘shilgan.

OPEC’ga a'zo davlatlar har doim jahonda yuz beradigan voqea-hodisalar tufayli maslahatlashib neft' qazib chiqarishni ko‘paytirish yoki kamaytirish haqida qaror qabul qiladi. Neft' narxi qimmatlashganda qazib olishni ko‘paytiradi, arzonlashganda esa, aksincha, kamaytiradi. Shu yo‘l bilan neft' narxini ma'lum darajada nazorat qiladi.

Ayrim vaqtlarda tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida neft' qazib olishni ko‘paytirish yoki kamaytirish bo‘yicha kelishmovchilik bo‘lib turadi. Shuningdek, OPEC tashkilotga a'zo bo‘lmagan boshqa davlatlar bilan ham neft' qazib olish hajmi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Bunday muzokaralar doim ham kelishuv bilan tugamaydi. Masalan, joriy yilning 6 mart kuni Venada OPEC va unga a'zo bo‘lmagan davlatlar o‘rtasida neft' qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Unda tashkilot a'zosi bo‘lmagan Rossiya OPEC vakili Saudiya Arabistonining jahon bozorida neft' narxi tushib ketayotgani sabab uni qazib olishni kamaytirish haqidagi taklifiga ko‘nmadi va muzokaralar natijasiz yakunlandi.

Rossiya bilan kelisha olmagach, Saudiya Arabistoni neft' qazib olish hajmini 2019 yilga belgilangan rejadan 26 foizga oshirdi va bu jahon bozorida neft' narxining keskin pasayishiga sabab bo‘ldi.

Bugun dunyoda bir necha navdagi neft qazib olinib, eksport qilinadi. Ularning ichida mashhurlari — Brent, WTI va Urals neft' navlaridir.

Brent — jahon bozorida sotilayotgan neftning nomi Shimoliy dengizdagi Broom, Rannoch, Etive, Ness va Tarbert neft' konlarining nomidagi bosh harflardan tashkil topgan qisqartma.

WTI — jahon bozorida sotilayotgan neftning ikkinchi turi. Bu West Texas Intermediate so‘zlaridan olingan qisqartma. Nomidan ko‘rinib turibdi bunday turdagi neft' ilk marta AQShning Texas shtatida qazib olingan. WTI turidagi neft' asosan benzin olish uchun ishlatiladi.

Urals — Rossiyaning eksportga chiqaradigan neft' aralashmasi. «Transneft'» neft' quvurlari tizimida Ural va Volgabo‘yi hududlarining og‘ir, oltingugurtga boy (ularning tarkibida oltingugurt miqdori 3 foizgacha yetadi) neftlari g‘arbiy sibirning Siberian Light nefti bilan aralashtirilib sotiladi. API graduslarida zichligi 31–32 (yoki 860–871 kg/m³).

2019 yilda dunyo iqtisodiyoti rekord miqdordagi neft' iste'mol qildi — kuniga 99,3 mln barrel'. 2018 yilda bu ko‘rsatkich yanada oshishi taxmin qilingan edi. Ammo AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi bunga yo‘l qo‘ymadi. Dunyo neftining katta qismini ishlatadigan Xitoy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari ana shu savdo urushi ortidan biroz sekinlashdi. Bu holat Xitoyning neft' iste'moliga ta'sir qildi va mamlakat 2019 yildagidan kamroq neft' import qildi. Bu o‘z o‘rnida dunyo neft' iste'moli ko‘rsatkichiga ta'sir ko‘rsatdi.

Konlarni yetarlicha samarali ishlab chiqish uchun tizimli yondoshgandagina bilimlar tizimini tuzish mumkin. Umumiy tizimning ma'lum bir tizimi o‘rganilmagan holda tor yo‘nalishda chuqur tadqiqotlar olib borish kutilgan samarani bermasligi mumkin. Agar jarayonga tizimli yondoshmasak uzoq muddatli ilmiy tadqiqotlar olib borish dasturini tuzish mumkin bo‘lmaydi. Chunki tizimni loyihalashtirish uchun qanday yo‘nalishdagi tadqiqotlar olib borish yetarli bo‘lmayotganligini aniqlash mumkin emas. Shunday qilib, qiyin ob'ektlarni loyihalashtirish, shuningdek, ularda bo‘layotgan jarayonlar va ularning ishlashini boshqarish tizimli yondoshishning metodologik vositalari hisoblanadi.

Tizim nuqtai nazaridan boshqarish jarayoni deganda, konlarni ishlab chiqishni loyihalashtirish, istiqbolli, tezkor va joriy rejalar tuzish, shuningdek, ularning bajarilishini boshqarish va o‘rnatilgan tartibni saqlash, neft gaz chegarasida yoki alohida nuqtalarda bosim o‘zgarishi kabilarni o‘z ichiga olgan butun tadbirlar kompleksi tushuniladi. Ular boshqarishga qo‘yilgan fizik masalalarning matematik modellaridagi chegara shartlariga muvofiq topiladi.



1.1rasm. Neft konlarini boshqarish jarayoni

Modellashtirish ob'ekt yoki jarayonning bevosita o‘zini emas, balki ularning modellari bo‘yicha bilimlarimizni yanada rivojlanishi hamda yangi yechimlarini topish imkoniyatini beradi. Lekin yangi bilim va malakalarni hosil qilish uchun model, albatta, kechayotgan jarayon yoki ob'ektning barcha xususiyatlarini hamda real munosabatlarni ifodalash uchun yetarli bo‘lishi talab qilinadi. Bunday holda model real ob'ekt bilan adekvat deb aytamiz. Adekvatlik deganda, albatta, kechayotgan jarayonni barcha xususiyatlari va jarayon uchun o‘zaro munosabatlarning bir-biri bilan bog‘liq holda ifodalovchi aniq tadqiqot ob'ektini o‘rganish tushuniladi.

Amaliyot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tizim qanchalik murakkab bo‘lmasin, inson tomonidan shu ob'ekt yoki jarayon chuqur o‘rganilib, uning qonuniyatlari aniqlansa, har qanday tizimda ham murakkablik, albatta, oddiy ko‘rinishni oladi.

Respublikamizning energetika manbai ta'minoti hisoblanmish neft va gaz qazib olish yanada kuchayishi va xalq ho‘jaligi uchun tayyor mahsulotlarni ishlab chiqishda, shuningdek, neft va gaz qazib olish sonoatini yanada rivojlantirish uchun foydalanilayotgan, aniqlangan va qidirilayotgan konlar uchun loyihalashtirish, tadqiq qilish, tahlil qilish hamda boshqarishni yanada takomillashtirish masalalari bilan shug‘ullanish va yangi usullarni qo‘llash talab qilinadi. Keyingi yillarda komp'yuter texnologiyalarining juda ham katta tezlik bilan rivojlanishi hamda neft va gaz sanoatida yangi takomillashgan matematik hisoblash usullarining qo‘llanilishi dolzarb masalalarni yechish va texnik-iqtisodiy, tadqiqot ishlarining sifat jihatidan yanada o‘sishiga olib keldi.


Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish