2.2. Quduqlarni dastlabki ma’lumotlarini qayta ishlash usullari
Neft konlari quduqlarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bashorat qilish modeli va hisoblash algoritmi.
Ma'lumki, yangi konlarini izlab topish hamda ularni qazib olish juda katta mablag‘ talab etadi. Mavjud quduqlarni doimiy nazorat qilish va ulardagi ko‘rsatkichlarni ma'lum bir me'yorlar asosida boshqarishni muhim masalalardan biri deyish mumkin. Shunday ekan, neft konlarining ishlab chiqish jarayonlaridagi parametrlar o‘zgarishini bashorat qilish va optimal boshqarish masalasi respublikamiz neft sanoati uchun juda ham dolzarb hisoblanadi.
Neft konlaridagi ishlab chiqish jarayonlarini bashorat qilish uchun muayyan hisoblash varianti asosida ishlab chiqish ko‘rsatkichlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini boshqa ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq ravishda aniqlash imkonini beradi. Buning uchun texnologik parametrlar (vaqt bo‘yicha olinayotgan xom-ashyo miqdori, neft olish vaqtining davomliligi, ishlatilayotgan quduqlarning texnologik rejimlari va h.k.) berilgan bo‘lishi lozim.
Konning ishlab chiqish ko‘rsatkichlarini bashorat qilish masalalari neft-gaz sohasining dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Kondagi quduqlarning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bashoratlash masalalarini hisoblash uchun hozirgi kunga qadar bir necha modellar ishlab chiqilgan va shunday modellardan biri V.D. Lisenko tomonidan yaratilgan modeldir. V.D. Lisenko taklif qilgan neft konlarini ishlash jarayonidagi texnologik parametrlar va ma'lumotlar dinamikasi matematik modelidagi debitning kamayish qonuniga asoslangan jarayonni quyidagi funksiya orqali ifodalanadi:
Bundagi q – t vaqtdagi quduqdan olinadigan neft miqdori, ya'ni debiti;
q0 – tahlil qilinayotgan davrning birinchi yili uchun yillik qazib olinadigan neft miqdori.
qa – amplitudali (boshlanish) neft debiti;
Q0 – quduqga mos kelgan qazib olinadigan boshlang‘ich neft zahirasi.
V.D. Lisenko usuli yordamida aniqlanadigan eng asosiy parametrlardan biri bu debit miqdorini bashorat qilishdir.
2.1-rasm. Umid konidagi № 28 quduqning debit qiymati grafigi
Ushbu rasmdagi nuqtalar keltirilgan vaqtdagi olingan oylik debit qiymatlari (2.1-rasm). Bu nuqtalarni faol va faollashmagan holatga keltirish mumkin. Agar nuqta faol holatda bo‘lsa shu nuqtada joylashgan debit qiymati hisoblash jarayonida ishlaydi aksincha esa yo‘q. Bu yerda oddiy chiziq trend ya'ni, belgilangan nuqtalardan foydalanib V.D. Lisenko modeli orqali hosil qilingan egri chiziq. Shtrix chiziq quduqning bashoratlangan debitlari.
Bunda quduqning ishlagan davrdagi olingan debit qiymatlarining barchasini faol nuqta qilib olish yaramaydi. Chunki, debit qiymatlari keskin kamayib va ortib ketgan bo‘lishi mumkin. Agar bir tekisda kamayib va ortib borgan debit qiymatlarini faol nuqtaga aylantirsak bashorat qilinadigan debit kuchlari aniqroq bo‘ladi.
Shunday qilib, V.D. Lisenko usuli orqali vaqt bo‘yicha olingan debit qiymatlari ma'lumotlaridan foydalanib trend va bashorat chizig‘i koordinatalarini aniqlanadi.
Amplituda debiti (qa) va qazib olinadigan neft zahirasi (Q0) ni faol nuqtalarni tanlab keyin hisoblab olamiz.
Qolgan neft zahirasini quyidagi integrallash orqali aniqlaymiz:
bunda QOСT – qolgan neft zahirasi; QOСT.P-R – rentabelli neft debitini chegaralagan holda qazib olinadigan neft zahirasi; TTEK – hozirgacha quduqning ishlagan vaqti, TKON – quduqning umumiy ishlash vaqti, quduqning sutkalik oladigan debit kuchi qП-р=1 t/d dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar belgilangan debitdan so‘ng quduq ishni yakunlamasa uning kunlik iqtisodiy sarfi u keltirayotgan foyda bilan teng yoki undan kam bo‘lib qoladi.
(2.1)
Amplituda debitini quyidagi formula orqali hisoblaymiz:
(2.2)
ti – joriy vaqt, qi – joriy vaqtdagi debit kuchi
Qazib olinadigan boshlang‘ich zahira:
(2.3)
Olingan umumiy debit kuchi
(2.4)
Qazib olinadigan zahira:
(2.5)
Qazib olingandan so‘ng qolgan neft zahirasi:
(2.6)
Ushbu model orqali debit kuchini bashorat qilish algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
a. kon bo‘yicha kiruvchi ma'lumotlarni tayyorlash;
b. ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha faol nuqtalarni aniqlash:
• nuqtalarni o‘rtacha o‘zgarish qiymatlari aniqlanadi;
• aniqlangan qiymatlardan uzoqda joylashgan nuqtalar faollashmagan va yaqinlari faol deb olinadi;
• butun masofani kichik kesmalarga ajratiladi, bu kesmalardagi o‘rtacha qiymatlar topiladi;
• topilgan qiymatlardan uzoqda joylashgan nuqtalar faollashmagan va yaqinlari faol deb olinadi;
• keskin o‘zgargan ya'ni debit qiymati birdan ortgan yoki kamaygan nuqtalarni keyingi nuqtalarga solishtirib faol va faollashmaganga ajratiladi.
c. faol nuqtalardan foydalanib grafik chizish;
d. (2.1), (2.2), (2.3), (2.4), (2.5) va (2.6) tenglamalarni hisoblash;
e. belgilangan debit qiymatiga yetganda hisoblashni yakunlash (qП-р=1 t/d).
natijalarni olish va tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |