Respublika Ta'lim Markazi



Download 10,94 Mb.
bet90/116
Sana03.03.2022
Hajmi10,94 Mb.
#480318
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116
Bog'liq
5-sinf word

13-amaliy mashg‘ulot
D azmollash usullari
Ish jarayonini boshlashdan avval ish o‘rnini tayyorlab olish lozim. Buning uchun dazmollash stoli, dazmol, paxta yoki zig‘ir tolali gazlama kerak bo‘ladi.
Namlab-isitish jarayonini amalga oshirish tartibi

T/r

Jarayon tasnifi

Ko‘rinishi

Foydalanish shakli

1

Bug‘lab dazmollash orqali gazlamaning g‘ijim joylari tekislanadi




Tekislash jarayoni gazlamani bichishga tayyorlashda foydalaniladi

2

Buyumdagi detallarning notekis joyini yo‘qotishda ishlatiladi

-V

Detallami bichishdan oldin, ishlov berishdan oldin foydalaniladi

3

Buyumning chetlarini tekislashda, choklami bostirishda ishlatiladi

A,

Cho‘ntak chetlarini tekislashda foydalaniladi

4

Buyum choklarini yorib dazmollashda ishlatiladi

V- *

Yorib dazmollashda foydalaniladi

5

Buyum choklarini bir tomonga bostirib dazmollashda ishlatiladi

\ /

Bostirib dazmollashda foydalaniladi

6

Buyumga oxirgi ishlov berishda, choklarni tekislashda ishlatiladi

4$

Tayyor buyumni dazmollashda foydalaniladi


Dazmollash stoli.

S


С
anitariya-gigiyena qoidalari


  1. Dazmollash stolini yorug‘lik tushib turgan qulay joyga o‘rnating.

  2. Dazmollash stolining balandligini o‘zingizga moslab oling.

  3. Dazmollanadigan buyum bilan ko‘z oralig‘idagi masofa 35-45 cm bo‘lishi kerak.

  4. Dazmollash jarayonida tanani tik tutib, boshni biroz egib olish lozim.

О
T exnika xavfsizligi qoidalari
ч

  1. Ishni boshlashdan oldin dazmol, elektr simi va vilkaning ishlashini tekshiring, issiqlikni tartibga keltiruvchi (termo- regulator)ni kerakli bo‘limga qo‘ying.

  2. Dazmoldan foydalanayotganda qo‘l quruq bo‘lishi shart. Vilkani plastmassasi ustidan ushlang.

  3. Dazmolni taglikka qo‘ying, simi dazmolning ostida qolib ketmasligiga e’tibor qarating.

  4. Dazmollash vaqtida oyoqlaringiz tagida rezina gilamcha bo‘lishini ta’minlang.

  5. Ishlayotgan dazmolni qarovsiz qoldirmang.

  6. Dazmol shnuri dazmol tagiga tushib qolishidan ehtiyot bo‘ling.

  7. Dazmollab bo‘lgandan keyin dazmolni taglikka qo‘yib, keyin o‘chiring.




Dazmollash qoidalari

  1. Dazmolni yo‘riqnomaga amal qilib qizdiring.

  2. Dazmolning qizish holatini paxta tolali qiytiq gazlama ustida tekshirib ko‘ring.

  3. Dazmollashdan oldin kiyimdagi tikuvchilik bo‘ri izlarini o‘chiring. To‘g‘- nag‘ichlarni olib tashlang.

  4. Kiyimni teskari tomonidan doka qo‘ymasdan, o‘ng tomonidan doka qo‘yib dazmollang.

  5. Kiyimni chap tomondan bo‘ylama ipi bo‘ylab dazmollang.

  6. Namlab-isitib dazmollangan kiyim qurishi uchun tekisjoyga ilib qo‘ying.

  7. Kiyimning xususiyatiga qarab issiqlik darajasini rostlab boring.




Mustahkamlash uchun savollar

  1. N amlab-isitish jarayoni haqida nimalarni bilib oldingiz? Ushbu jara- yondan foydalana olasizmi?

  2. Zamonaviy dazmol bilan qadimgi dazmollar qanday farq qiladi?

  3. Dazmollashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak?

  4. Dazmollashda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozim?

  5. Dazmollash qoidalariga rioya qila olasizmi?

OXIRGI ISHLOV BERISH VA BEZASH
Oxirgi ishlov berish deb, kiyimning yakuniy jarayoniga aytiladi. Bunda ortiqcha iplardan tozalash, dazmollash, chokning sifati va detallarning simmetrik joylashuvi tekshiriladi.
Bezak ishlari yakuniy jarayondan oldin yoki tikuv jarayoni davomida bajariladi. Termoapplikatsiya orqali bezash jarayoni namlab-isitish vositasi orqali amalga oshiriladi. Tikuvchilik bo‘ri bilan applikatsiyani joylashtiradigan joy aniqlanadi. Applikatsiyaning yelimli tarafini kiyim detali ustiga qo‘yib, vaqtinchalik qaviqqator bilan mahkamlanadi. 7-10 soniya bug‘lab dazmolda ushlab turiladi. So‘ngra ma­toning teskari tomonidan ham 2-3 soniya dazmolda ushlab turiladi. Vaqtinchalik qaviqqator olib tashlanadi. Bo‘r chiziqlari tozalanadi.
Oxirgi ishlov berishjarayonida dazmollash ishlari olib boriladi. Kiyimning barcha baxyaqatorlari tartib bo‘yicha dazmollanadi. Kiyim oldin teskari tomonidan, so‘ngra o‘ng tomonidan dazmollanadi. Kiyim burchaklari to‘g‘rilanadi. Bir xil simmetrik holatga keltiriladi. Namlab-isitish jarayonidan so‘ng paxta tolali gazlamalar 10-15 daqiqaga, zig‘ir tolali gazlamalar 20-25 daqiqaga tekislab ilib qo‘yiladi va quritiladi.
Buyumni sifatli chiqqanligi uning estetik ko‘rsatmasi orqali hamda texnologik ishlov berilishi orqali aniqlanadi.
Kiyim estetik jihatdan model eskiziga mos, bezak ishlari tartibli amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Kiyimning choklari bir tekis, chiroyli va sifatli bajarilgan bo‘lishi, o‘lchovi gav- daga mos kelishi, simmetrik taxlaganda detallari aniq va bir xil bo‘lishi talab qilinadi.
Buyumning sifatli chiqishi nafaqat ketma-ketlik jarayonini to‘g‘ri bajarishga, balki oxirgi ishlov berishjarayoniga ham bog‘liq ekanligini bilib oldingiz.

Download 10,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish