Issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va buyum shaklini mustahkamlash.
Namlab-isitish jarayoni kiyimni tikishning barcha bosqichlarida (bichishdan oldin gazlamani dazmollash, mashina chokini berishdan oldin, mashina chokidan keyin, yakuniy pardozlash jarayonida) o‘tkaziladi. Namlab-isitish orqali kiyimning detallari tekislanadi, burchaklar hosil qilinadi, kiyimning etak qismlariga kerakli shakl beriladi. Zamonaviy namlab-isitish vositalarida bug‘ berish, suv purkash hamda xavfsizlikka moslashgan (avtomat o‘chirish) funksiyalari o‘rnatilgan. Bu esa kiyimni sifatli dazmollashga yordam beradi. Dazmollash usullari: Dazmollash - gazlamani yoki tayyor kiyimni tekislash va pardozlash.
Yorib dazmollash - choklar orasini bir tekis ochib, ikki tomonga yotqizib daz- mollash.
Bostirib dazmollash - choklarni bir tomonga tekis yotqizib dazmollash.
Bug‘lash - kiyimda hosil bo‘lgan yaltiroqlikni yo‘qotish.
Qiziqarli ma’lumot Eng birinchi dazmol qachon paydo boTganligi to‘g‘risidagi savolgajavob berish qiyin. Ba’zi manbalarda dazmolning tarixi matodan kiyimlar tikish yuzaga kelgan paytlardan boshlangan deb hisoblashadi. XVI asrda Yevropada gazlamalarning g‘ijimlarini dazmollashda temirdan yasalgan issiq plastinkalarni qo‘llay boshlashgan. Ayrim manbalarda gazlamani silindrsimon yog‘ochga o‘rab, ustidan og‘ir taxtani bosib tekislashgan. Dazmollar juda og‘ir metalldan yasalganligi uchun uni faqat erkaklar ishlata olgan. Buyumlarni dazmollash uchun “gavkalar” - suv toTdirilgan shisha shar yoki temir krujkalardan foydalanishgan. Dastlabki temir dazmollar keyinchalik alohida e’tibor talab qilinadigan bantiklar, ryushalar, buklovlar keng tarqala boshlagandan so‘ng paydo bo‘lgan. O‘sha paytlardagi dazmollar juda qimmat bo‘lib, o‘yma shakllar bilan bezatilgan dazmollar mehmonlar kelganda ko‘rgazma uchun sa- movarlar bilan birga qo‘yilgan. Uyda bunday dazmolning borligi, uy egasining badavlat yashayotganini ko‘rsatib turgan. Rossiyada dazmolni XVIII asrda Demidovlar zavodida yasay boshlashdi. Temir dazmol ichiga qizib turgan ko‘mir tashlab qizitishgan. Ko‘mirda qizitiladigan dazmol o‘z davrida katta e’tibor qozongan edi. XIX asrda germaniyalik ustalar tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi spirt bilan ishlaydigan dazmol paydo bo‘ldi. Lekin u qimmat bo‘lgani uchun hamma ham foydalana olmagan. Shu bilan bir qatorda gaz bilan ishlaydigan dazmollar ishlab chiqarila boshlandi. Uning ichida yonilg‘i moslamasi (gorelka) bo‘lgan. Dazmolning qopqog‘iga shamollatkich, aniqrog‘i nasos o‘rnatilgan. Dazmol kalit orqali ishlatilgan. Ishlatish oldidan idish, so‘ng shamollatkich haydagan bug‘ isitilgan. Keyingi 0^^ bosqich esa uni yondirish va dazmollashdan iborat bo‘lgan.