Matodagi bo‘ylama ipning yo‘nalishini aniqlash texnologiyasi
Materiallar va jihozlar: to‘rtburchak turidagi matoning ikkita namunasi (milki bor va milki yo‘q turidan), katta igna, lupa, bo‘r va qalam.
Ishni bajarish tartibi
Milki bo‘lgan matoga bo‘r (qalam) bilan bo‘ylama ipning yo‘nalishini ko‘rsatib turgan mil (strelka)ni chizing.
O‘sha matoni oldin uzunasiga, keyin enidan torting. Qaysi holatda mato kamroq cho‘zilishini aniqlab, o‘sha yo‘nalishni tikuvchilik bo‘ri bilan chizing. Bu gazlamaning bo‘ylamasi bo‘ladi.
Milki bo‘lmagan gazlamani oldin bo‘yidan, keyin enidan torting. Gazlama qaysi yo‘nalishda kamroq tortilganini aniqlab, o‘sha yo‘nalishni tikuvchilik bo‘ri bilan chizing.
Milki bo‘lmagan gazlamani igna yordamida oldin chiziq bo‘ylab birinchi ipni, so‘ngra ushbu chiziq to‘g‘risidan ketgan ikkinchi ipni tortib chiqaring. Bu iplarni lupa orqali ko‘ring. Berilgan jadvalni ishchi daftaringizga chizib, to‘ldiring.
Ip yo‘nalishi
|
Milki
|
Cho‘zilishi
|
Ovozi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |