Polotno to‘qishning qog‘ozda bajarilishi.
Polotno to‘qishni amalda karton va ipda bajarish tartibi:
Ignaga ip o‘tkazilib, ramkaga mahkamlanadi.
Ip ramkadan bo‘ylamasiga aylantirib tortiladi. Bu bo‘ylama ip bo‘ladi.
Boshqacha rangli ip ikki qavat qilib mokiga o‘raladi va bo‘ylama iplar orasidan (birining ustidan, ikkinchisining ostidan) o‘tkaziladi. Bu ko‘ndalang iplar sanaladi.
Ish so‘nggida oxirgi ip uzilmay aylantirib qaytariladi.
Gazlamaning ikki yon tomonida milk hosil bo‘ladi.
I I I I I I I i i i r~r
^ФгШФгт:
-»-tr* r -t -1 -r- r- f -
mmwt:
-» -1—r* t* f t -i—r— r-1
•4 -I—I— I- 4- -4 -I —I- 4- L J —I —L- LI J _J _l L- A.
H-i-i-i-1 1
a)
« » « > « ■ » « » « i «
f)
Polotno to‘qishning karton va ipda bajarilishi.
<
|
* <
|
f— T T ,
|
|
|
|
rl L—y
|
|
1 fir
|
—
|
|
d)
e)
Tayyorlangan namuna ishchi daftarga ramkasi bilan yopishtiriladi.
Polotno to‘qishni amalda karton va ipda bajarish
Sarja to‘qilishida bo‘ylama ip ikkita ko‘ndalang ipni yopadi. Biri o‘tkazilib, yana ikki ko‘ndalang ipni yopadi. Har gal shunday takrorlanadi. Sarja diagonal to‘qima bo‘lib, yumshoqdir. Uning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, to‘qilishda 3 tadan ortiq ip ishlatiladi. Har bir arqoq ipi tashlanganda to‘qilish naqshi bir ipga suriladi. Sarja usulida qalin, og‘ir (paxmoq, shotlandka, kashemir) gazlamalar to‘qiladi.
Sarja to‘qilishining qog‘ozda bajarilishi.
Sarja to‘qish va uning amalda bajarilishi
S
С
arja to‘qishda ham xuddi polotno o‘rilishi kabi shu oTchamdagi oq va rangli qog‘ozlardan foydalaniladi hamda o‘sha tartibda kesib olinadi.
Rangli lentalar oq qog‘ozning orqa tomonidan o‘tkaziladi. Ular birinchi qatorda navbatma-navbat, goh 2 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan o‘tkazib to‘qiladi.
Ikkinchi qatorda lentalarni birinchi 1 ta tanda ostidan, goh
ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi va oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugaydi.
Uchinchi qatorda lentalarni goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi.
To‘rtinchi qator birinchi qatordagi kabi qaytadan boshlab to‘qiladi. Hamma qatorda lentalarning har ikkala uchini oq qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi.
Tayyorlangan namuna ishchi daftarga yopishtiriladi.
•
Bo‘ylama ipning yo‘nalishini aniqlash
Xohlagan buyumlarni tikish uchun bichganda, uning qismlari shakli buzilishiga va og‘ib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun matodagi bo‘ylama ipni aniqlash va yo‘nalishini esda tutish kerak. Matodagi bo‘ylama ipni aniqlashning asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz: 1) bo‘ylama ip doim matoning milki bo‘ladi; 2) matoni tortganda bo‘ylama iplar ko‘ndalang iplarga qaraganda kamroq cho‘ziladi; 3) bo‘ylama iplar silliq, ingichka va pishiq, ko‘ndalanglari yo‘g‘onroq, momiqroq va unchalik pishiq bo‘lmaydi.
Matoning o‘ng tomonini aniqlash
Matoning tomoni o‘ng va ters tomonga ega bo‘ladi. Kiyimlarni tayyorlash uchun ularni farqlashni o‘rganish kerak. Matoning o‘ng tomonini tersidan farq qiladigan asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz:
matolarga bosilgan rasmlar matoning o‘ng tomonida yorqinroq ko‘rinadi;
matoning o‘ng tomonidagi kamchiliklar, ya’ni tugunlar, ilmoqlar kamroq bo‘ladi, ular atayin matoning ters tomoniga o‘tkaziladi;
sarjalik to‘qilgan matolarning o‘ngidagi diagonal bo‘rtma chiziqlar pastki chap burchakdan o‘ng tomondagi ustki burchakka qarab yuradi;
satinli gazmollarning o‘ng tomoni yorqinroq, yaltiroq, ters tomoni esa xira, qoramtirroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |