O
8-amaliy mashg‘ulot
Ustki ipni o‘rnatish
stki va ustki iplarni o‘rnatish
Chegaralovchiprujina.
Ipni yo‘naltiruvchi richag.
Ipyo‘naltiruvchi.
Igna quloqchasi.
Ostki ipni o‘rnatish
Ustki ip.
Ostki ip yo‘rmasi.
Ostki ip.
Tepki.
Tikuv mashinasida baxyaqator tikishda nimalarga rioya qilish kerak?
Ushbu jarayonni bir necha marotaba takrorlab ko‘ring. So‘ngra bir-biringizni tekshiring.
Har qanday rusumdagi mashinada ishlashdan oldin tikuv mashinasining ishga yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Ishni yakunlagunga qadar tikish qoidalariga rioya qiling. Bu sifatli mahsulot yaratish garovidir. Siz qo‘l choklarini tikishni o‘rganib oldingiz. Mashina choklari deganda nimani tushunasiz? Agar yaxshilab tahlil qilsak, ikkala chok ham bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Baxyaqatorning sifatli chiqishida qaviqqatorning o‘rni katta.
B
С
axyaqator hosil bo‘lishi uchun ostki ip moki ichidagi naychadan, ustki ip g‘altakdan keladi. Ignaning ostki va ustki iplari chatishishi natijasida baxyaqator hosil bo‘ladi. Baxyaqatorning uzunligi buyumning yupqa yoki qalinligiga qarab belgilanadi. Buyumni tikishdan oldin va yakunida baxyaqator mustahkamlanadi. Bunda bizga ipni uzun-qisqa qiluvchi mashina moslamasi yordam beradi.
Tikuv mashinasida ishlashda amal qilinadigan qoidalar
Mashina chokini bajarish uchun kerakli jihozlar: paxta yoki zig‘ir tolali gazlama qiytimi (30x30 cm), 40, 50-tikuvchilik ipi, moki g‘altagi, qaychi, tikuvchilik bo‘ri, tikuv mashinasi.
Diqqat qiling! Mashina chokini tikishda gazlamaning bo‘ylama ipi bo‘yicha baxyaqator yuriting. Gazlamaning o‘ngi va teskarisiga ahamiyat bering.
C
Grafik ko‘rinishi
T/r
hokning nomlanishi va ishning bajarilish tartibi
B
1
iriktirma chok - buyumning yon, yelka va boshqa qirqimlarini birlashtirishda ishlatiladi. Ikki detal o‘ngini ichkariga qaratib qo‘yiladi. Qirqimlari bir- biriga to‘g‘rilanib, qo‘l choki oldidan tikiladi. Qo‘l choki olib tashlanib, dazmollanadi.
Y
2
Qo‘yma chok - bir bo‘lak o‘miga ikkinchi bo‘lak o‘ngini qo‘yib, ko‘klab chiqiladi. To‘g‘ri ko‘rinishdagi chok bilan qirqimdan 0,5 cm kenglikda tikiladi. Ko‘klash choki olib tashlanadi va dazmollanadi
orib dazmollanadigan biriktirma chok - buyumning yon, yelka va boshqa qirqimlarini birlashtirishda ishlatiladi. Ikki detal o‘ngini ichkariga qaratib qo‘yiladi. Qirqimlari bir- biriga to‘g‘rilanib, qo‘l choki ustidan tikiladi. Qo‘l choki olib tashlanib, yorib dazmollanadi
O
3
chiq qirqimli buklama chok - buyumning qirqimi avval yorma chokda tikib olinadi. Qirqim buklanib, to‘g‘ri qaviqqator yurgiziladi. Ko‘klash chokidan
1 cm oraliqdabaxyaqator yurgiziladi. Qo‘l choki olib tashlanib, dazmollanadi
Y
4
opiq qirqimli buklama chok - bo‘lak qirqimi teskariga buklab to‘g‘ri qaviqqator yurgiziladi. Buyumning qalin-yupqaligiga qarab yana buklanadi, to‘g‘ri qaviqqator yurgiziladi.
Ko‘klash chokidan 0,1 cm oraliqda baxyaqator yurgiziladi. Qo‘l choki olib tashlanib, dazmollanadi
Qiziqarli ma’lumot
Uy sharoitida buyumga namlab-isitib ishlov berish jarayonini “bug‘lash generatori” yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Ayniqsa, bunday moslamadan pardalarni dazmollashda, kostum-shim, paltolarni turgan holatda namlab- isitishda foydalansa maqsadga muvofiqdir. Ushbu moslama ish vaqtida changni o‘ziga olmaydi. Ekologikjihatdan ishni toza va sifatli bajaradi.
V
Do'stlaringiz bilan baham: |