8
agar tomonlar durang natija qayd etgan boʻlsa, gʻolib qoʻshimcha blis
partiyasida aniqlanadi (
blis partiyasida har bir ishtirokchiga 5 daqiqadan jami 10
daqiqa vaqt beriladi
);
har bir bosqichda gʻoliblar 11-15 yosh; 16-21 yosh; 22-26 yosh; 27-30 yosh
kategoriyalaridagi qiz va bolalar oʻrtasida aniqlanib, 1- 2- 3-oʻrinlar
uchun
12 nafardan yoshlar taqdirlanadi.
t)
badminton turi
musobaqa badminton boʻyicha har bir mahalladan 14-30 yoshgacha boʻlgan
barcha (qiz va oʻgʻil bolalar) yoshlar ishtirok etadilar;
musobaqaning dastlabki talabnomalarni belgilangan
shaklda tuman ishchi
guruhlariga 5 kun oldin taqdim etadilar;
ishtirokchilar tomonidan, toifasi Nizom talablariga asosan pasporti (nusxasi)
musobaqa davrida mandat komissiyasiga taqdim etiladi;
musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar musobaqaning ramzi tushirilgan sport
kiyimlarida oʻyinga tushadi;
musobaqa Xalqaro badminton (BWF) federatsiyasining
amaldagi qoidalari
asosida oʻtkaziladi;
oʻyin toʻrtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda
maydoncha oʻlchovi 13,4x5,2 m) 1,55 m balandlikda tortilgan toʻrda oʻtkaziladi.
Oʻyinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol
(ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Xol 0
va juft
boʻlganda koptokcha oʻngdan, toq boʻlganda chapdan uriladi.
9. Musobaqada ishtirok etish boʻyicha har bir mahalla kesimida koʻchalar (yoki
koʻp qavatli uylar)dan har bir sport turlariga ishtirokchilar va jamoalar shakllantiriladi.
Musobaqa muntazam ravishda saralash va final bosqichlari koʻrinishida
mahalla hududida joylashgan taʼlim muassasasi va sport obyektlarida tashkil etiladi.
10. Musobaqaning mahalla bosqichidagi saralash jarayonlarida koʻchalar
kesimida oʻtkazilgandan soʻng mahalla bosqichining yakuniy qismi tashkil etiladi.
Musobaqaning mahalla bosqichida faqatgina 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa yoki
ishtirokchi musobaqaning keyingi sektor bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Mahalla bosqichida gʻolib boʻlgan koʻcha (yoki koʻp qavatli uy)ning jamoasi
ishtirokchilarining roziligi bilan mazkur mahallada istiqomat
qilayotgan sport turlari
boʻyicha mohir sportchi yoshlar (professional boʻlmagan)dan iborat terma jamoalarni
shakllantirishga ruhsat beriladi. Lekin yakka tartibdagi ishtirokchilar uchun bu tartib
qoʻlanilmaydi.
11. Sektor bosqichlariga yetib kelgan mahalla jamoalari sektordagi mavjud
mahallalar oʻrtasida oʻzaro bellashadilar. Musobaqaning keyingi tuman (shahar)
bosqichiga esa sektorlardan 1, 2, 3-oʻrinlari yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
12. Tuman (shahar) bosqichlariga yetib
kelgan har bir sektordan
1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan jamoalar oʻzaro bellashadilar. Musobaqaning keyingi
hududiy bosqichiga esa faqatgina 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan
jamoa yoki ishtirokchi
yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
13. Hududiy bosqichlariga yetib kelgan Tuman (shahar)dan 1-oʻrinni
egallagan
jamoalar oʻzaro bellashadilar. Musobaqaning keyingi Respublika bosqichiga esa
faqatgina 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa yoki ishtirokchi yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
9
Musobaqaning hududiy bosqichi katta sport maydonlarida sport bayrami sifatida gala-
konsert koʻrinishida yakunlanadi.
14. Respublika bosqichiga yetib kelgan har bir hududdan 1-oʻrinni egallagan
jamoalar yoki ishtirokchilar oʻzaro bellashadilar. Musobaqa gʻoliblari musobaqaning
yakuniy bosqichi hakamlar hayʼati qarori asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: