Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


BO’LAJAK TARBIYACHILARNING QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY OMIL



Download 27,87 Mb.
bet32/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

BO’LAJAK TARBIYACHILARNING QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY OMIL
Choriyeva Durdona Anvarovna
Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi
choriyevadurdona@mail.ru Оmonova Mahbuba, talaba
Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ,,Barkamol avlod orzusi” asarida ,,Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Yana ,,Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlarning yetishmasligi bizning olg’a siljishimizda hamon katta to’siq bo’lib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalombor, yosh kadrlarni topish, o’stirish, tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda”, deb juda o’rinli ta’kidlangan.
Maktabgacha ta’lim me`yoriy – huquqiy hujjati bo`lgan 2008 yil ishlab chiqilgan ,,Maktabgacha ta’lim to’g’risida”gi Konsepsiyada ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari, ta’lim - tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo’lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak tarbiyachilariga katta talablar qo`yilmoqda.
Bo’lajak tarbiyachining har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishga maqsadli yo’naltirish, uning dunyoqarashini, ehtiyojini ijtimoiy ahamiyatiga ega bo’lgan faoliyatini shakllantirish uchun maxsus kasbiy bilim va ko’nikma zarur. Bo’lajak tarbiyachi shunday universal va o’ta kuchli ommabop ta’sir vositalariga ega bo’lishi kerakki, undan quvvat olgan tarbiyalanuvchi har qanday salbiy, hatto o’ta kuchli yomon ta’sirga tushib qolganda ham uning ta’siridan chiqib keta olsin. Pedagogik qobiliyat nazariyasi va metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib keladiki, pedagog-tarbiyachilarning har biri o’zicha paypaslab ijodiy izlanish olib boradi. Ayni paytda bir necha xil savollar tug`iladi. Bo’lajak tarbiyachilar bilan bolalar jamoasi qanday qilib til topishishi mumkin? Qanday qilib yaxshi pedagogik - psixologik muhitni saqlab qolish va o’z kuch-quvvatini oqilona sarflash mumkin? Bolalarni pedagogik talablarini bajarishga qanday qilib majbur etish mumkin? kabi savollar muttasil takrorlanadi. Shu va shu kabi savollarga javob topish mazkur maqolaning asosiy muammosini belgilaydi. Pedagogik san’at vaziyat bilan bog’liq. Bu yerda har gal hamma narsa g’oya yangidan sodir bo’lganday tuyuladi. Binobarin, kishi o’zining har bir qadamini oldindan ko’rishi va rejalashtirishi amalda mumkin emas. Tarbiyachining mehnati - bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ko’pdan - ko’p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo’lish va bolalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilinadi. “Mutlaqo to’g’ri bo’lgan hech qanday pedagogik tadbirni yoki tizimni o’rnatish mumkin emas. Hozirgi daqiqa hozirgi bosqich sharoitlari va talablaridan kelib chiqmaydigan har qanday qotib qolgan aqida hamisha noto’g’ri qoida bo’ladi” - deb yozgan edi A.S.Makarenko.
Ko’rinib turibdiki, bo’lajak tarbiyachilarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish, ta’lim - tarbiya samaradorligini oshirish asosiy omillardir. Demak, bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashda bolalarni qobiliyat sirlarini o’rgatishimiz, mustaqil kuzatishlar olib borishga odatlantirishimiz, ilg’or tajribalarni kuzatib malakalarini shakllantirishimiz va nihoyat tarbiyachilik kasbiga ijodiy yondashish orqali mehr munosabatini rivojlantirishdir.
Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari tomonidan ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan xabardorliklari, ularni ta’lim - tarbiya jarayonlarida samarali qo’llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki, bu vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshishi tarbiyachiga pedagogik qobiliyatning qay darajada shakllanganligiga bevosita bog’liq.
Bo’lajak tarbiyachilar hozirgi zamon yutuqlariga asoslanib davr talabiga mos keladigan pedagogik qobiliyatning shakllanish yo’llari va uning ayrim nazariy asoslarini yaratish juda muhimdir. Barkamol avlodni rivojlantirish va shakllantirish vazifalarining serqirraligiga va murakkabligi pedagogik qobiliyat muammosi ta’lim - tarbiya nazariyasi hamda amaliyoti uchun o’ta zarurligini hisobga olgan holda eng dolzarbligini belgilaydi. Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o`z kasbining ustasi bo`lgan bo’lajak tarbiyachilar nihoyatda zarur.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta’sir ko’rsatish emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchining aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatish ekanligi alohida ta’kidlanadi. Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ,,Ta`lim to`g`risidagi” O’zbekiston Respublikasining qonunining qoidalariga muvofiq tayyorlangan bo’lib, uning asosiy maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash zarurligi va uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi”, deb takidlanishi bejiz emas, albatta.
,,Tarbiyachining darsdagi pedagogik madaniyatini o’rgatmoq bu ikki karra o’rganilmoqdir” - degan fikr tez-tez quloqqa chalinadi. Qachonki tarbiyachi o’z fanini mukammal egallasagina va faqat shu shart bilangina u ma’lum darajada dars o’tish qobiliyatlariga, bolalarning hurmatiga o’z bolalariga yanada kuchliroq tarbiyaviy ta’sir etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dars har qanday ta’lim - tarbiya jarayoni kabi siyosiy elementlarni o’z ichiga oladi. Darsda tarbiyachi o’zining va bolalarning dunyoga munosabatini siyosiy mafkura bilan uyg’unlashtirib beradi. Avvalombor, tarbiyachi har bir darsning hatto bir xil mavzu turli guruhlarda o’rganilsada, ijodiy jarayon bo’lishiga intilish zarur. Buning uchun fantaziyaga erk berib dars - metod shaklini o’zgartirib, boshqa fakt va dalillarni keltirib, yangi-yangi ma’lumotlarni kiritib, ohangni o’zgartirib borish tavsiya etiladi. Tarbiyachining bolalarga talabi juda ko’plab qo’yiladi. Turli xil darslar kuzatilib, oddiy hisob-kitob qilinganda bir dars davomida 4-5 daqiqa ichida bolalarga 100 larcha talab qo’yiladi. Talab qilishni qanday o’rganish kerak? Ehtimol buning uchun tajribali tarbiyachilarning darslarini kuzatib borish lozimdir. Albatta, bu siz ishni amalga oshirib bo’lmaydi. Ammo bundan savol talab xususiyatlarini, talab xarakterlarini o’rganib olish zarur. Bolalarga nisbatan qo’yiladigan talabning turlarini aniqlashda ularning yosh xususiyatlariga e`tibor berish lozim. Bunda pedagogik vaziyat muhim omil bo’lib, maqsad va vazifa hamda natijaga erishishdir. Hissiy faollikni shakllantirish - bu bolalar dars jarayonida nafaqat o’quv predmetini faol o’zlashtiriladi, balki va o’rganilayotgan narsaga o’zining turlicha munosabatlarini bildirib boradi. Ba’zi voqealar uni hayajonga solsa, u befarq biron narsa unga yoqishi yoki yoqmasligi mumkin, ba’zi tarbiyachilarni yoqtirsa ba’zilarni yoqtirmaydi. Psixologlarning aniqlashlaricha, ijobiy tuyg’ular insonda buyuk yaratuvchanlik va ilxomlantiruvchi kuchlarni uyg’otadi. Boshqacha qilib aytganda, inson hissiyotisiz haqiqatni izlay olmaydi, bolalar esa ta’limni o’zlashtirila olmaydi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha bo`lajak tarbiyachilar pedagogik mahoratga ega bo`lishi, ya`ni ta`limiy - tarbiyaviy jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etishi, tarbiyalanuvchilarni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirishi, bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otishi asosiy vazifasidir.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish