Список используемой литературы
1. Батышев С.Я. , Смирнов И.П., Смирнова С.Д. Проблемы профессионального образования. – М. : Акад. проф. образования, 2004. – 32 с.
2. Беляева А.П. Дуальная система инженерно-педагогического образования. - Екатеринбург : Изд-во Рос. гос. проф.-пед. ун-та, 2007. – 408 с.
3. Наин А.Я. Профобразование: перспективы. - Екатеринбург : Инга, 2014. – 98 с.
4. Новикова А.М. Теория и практика обучения научно-техническому творчеству. – М.: Изд-во МГУ, 1992. – 183 с.
5. Ткаченко Е.В., Кузембаев С.Б., Альжанов М.К. Специфика перехода на кредитное образование // Современное общество, образование и наука. — Тамбов: Изд-во ТРОО «Бизнес-наука-общество», 2012. — С. 85-86.
6. Андреев В.И. Система технического и профессионального образования в Германии - М. : Акад. проф. образования, 2011. – 32 с..
7. Кузембаев С.Б., Альжанов М.К., Вазин К.Яи др. Перспективы дуального образования // Техническое и профессиональное образование // bilimstat.edu.kz.
PIRLS XALQARO TADQIQOTIDA MAMLAKATIMIZNING IShTIROKINING TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI
Mirbaratov Olimjon Yaxyoyevich
Sirdaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig`i birinchi o`rinbosari
PIRLS tadqiqotlari 2001-yildan boshlab besh yil oralig'ida boshlang'ich ta'lim miqyosida o'tkazib kelinmoqda. U xalqaro tadqiqotlar orasida yuqori o'ringa ega. Bu dasturga kiruvchi davlatlarning soni yildan yilga ortib bormoqda. 2001-yildan boshlab 4 marta o'tkazilgan. Oxirgi PIRLS tadqiqotlari 2016-yilda o'tkazilgan. Shu davrgacha 35 dan 50 gacha bo'lgan davlatlar ishtirok etgan.
PIRLS tadqiqotlari doirasida turli ta'lim tizimiga ega bo'lgan davlatlarning 4-sinf bituvchilarining o'qish sifati va o'qilgan matnni tushunish darajasi o'rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o'quvchilarining tanlanishi shu bilan e'tiborliki, aynan o'qishning to'rtinchi yilida o'quvchilar o'qishning yuqori darajasiga ega bo'lishi, ularning keyingi ta'limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi.
Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assosatsiyasi (IEA-International Association for theEvaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas'uliyat Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Bostonkollejiga yuklatilgan. Tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi. Ilk bora tadqiqot 2001-yildao'tkazilgan. Tadqiqot xar 5 yilda bir marotaba o'tkaziladi
Tadqiqotning obyekti va asosiy maqsadi dunyoning turli mamlakatlarida tahsil oluvchi boshlang'ich sinf (4- sinf) o'quvchilarini matnni o'qish va tushunish darajalarini taqqoslovchi shuningdek, mamlakatlar milliy ta'lim tizimida o'qish savodxonligi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni taqqoslashga ixtisoslashgan xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.
PIRLS xalqaro tadqiqotda mamlakatimizning ishtirokining asosiy maqsadlari quyidagilarni o`zida mujassam etadi:
boshlang'ich sinf (4-sinf) o'quvchilarimizning o'qish savodxonliklari qanday shakllanganligini bilish va taqqoslash;
mamlakatimiz boshlang'ich sinf o'quvchilarining (4-sinf) boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan matnni o'qish va tushunish darajalarini solishtirish;
o'qish savodxonligidan dars beruvchi pedagog xodimlarimizning dars berish metodlari boshqa mamlakatlarda dars beruvchi pedagog xodimlar metodlaridan farq qilishini o`rganish;
bugungi kunda bizning mamlakatimizda o'qish savodxonligi bo'yicha darslar maktablarda qanday tashkil etilgan;
ota-onalar o'quvchilarning o'qish savodxonligini yaxshilashda olib borayotgan ishlarini tahlil etish;
boshlang'ich sinf (4-sinf) o'quvchilarimizga o'qish savodxonligi yoqishini o`rganish kabilar.
PIRLS xalqaro tadqiqotda mamlakatimizning ishtirokining ta’lim samaradorligini oshirishdagi o`rnini ko`rsatuvchi yuqorida ta’kidlangan masalalarga ko`ra o`quvchilarning o`qish savodxonligini taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lgan holda o`zga davlat o`quvchilarini badiiy matnlarni o'qish va axborot matnlarini o'qish jarayonidagi ko`rsatgichlarni solishtirish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Natijalarni solishtirish asosida natijasi yuqori bo`lgan davlat o`qituvchilarining samarali o`qitish metodlari, o`rgatish yo`llari, usullarini o`rganish va amaliyotga tatbiq etishni rejalashtirishimiz lozim. O'qish savodxonligini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish bo`yicha darslarni tashkil etilsh yo`nalishlarini o`rganish, ilg`or, samarali faoliyat turlarini ommalashtirishni yo`lga qo`yish zarur. O`quvchilarning o`qish savodxonligini oshirishda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlar tashkil etishni yo`lga qoyishimiz darkor. Boshlang'ich sinf o'quvchilarimizga o'qish savodxonligini tashkil etishda ularni psixologik jihatdan tayyorlagan holda o`zlari yoqtirgan holda o`zi hoxlab o`qishga yo`naltirishimiz darkor. Buning uchun ham tanlangan asarlar tadqiqot talablari asosida matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarning yosh xususiyatlari va psixofiziologik qobiliyatlariga mos kelishi kerak, Ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlanmoq kerak. Bunda bir millat yoki xalqning o`ziga xos bo`lgan madaniy jihatlari matnda ask etmagan bo`lishi lozim. Matn mazmuni shu yoshdagi maktab o'quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo'lishi kerak, ya’ni o`qiyotgan asari uni qiziqishlariga mos bo`lishi va voqeliklardan zavq olib o`qishi lozim. Yaxshi yozilgan va unchalik tanish bo'lmagan bo'lishi lozim. Mant mazmunidagi bog`liqlik va ketmaketlik quyidagilarni o`zida qamrashi lozim:.
Syujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilish muhimdir.
Oddiy va murakkab gaplarning bir xil ishlatilishi.
Agar dialog ustunlik qilsa ma'lumotni birlashtirib, murakkab gaplarni qo'shish kerak.
Axborot matnda matnning strukturasi va ma'lumotning mantiqiy ketma ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar bilan bog'likligini kuzatish shartdir.
Xulosa qilib aytganda PIRLS xalqaro tadqiqotda mamlakatimizning ishtirokining ta’lim samaradorligini oshirishdagi o`rniga ko`ra yuqori darajalarga erishishdir, bunda o`qituvchi, o`quvchi va ota-onalar hamkorligi ham muhim o`rin tutishi asosiy omillardan biridir.
XALQ TA’LIM XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZLARIDA TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALAR: “ERASMUS+” LOYIHASINING TA’LIM TIZIMINING AHAMIYATI
O.Berdiyeva –Surxondaryo VXTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi (O’zbekiston, Termiz)
Do'stlaringiz bilan baham: |