Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси



Download 27,87 Mb.
bet264/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

ANNOTATSIYA


Ushbu maqolada “Erasmus+” loyihasining ta’lim tizimidagi ahamiyati va bugungu kunda O’zbekiston ta’limiga kirib kelish bosqichlari haqida tushunchlar keltirilgan.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan maqsad - o‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va oshirish, ularning ilmiy saviyasini takomillashtirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda shaxsiyatini rivojlantirishdan iboratdir. O‘zbekistondagi xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish kurslari tashkillanish jarayoniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda turli shakllarni va ularning o‘ziga xos tarixini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, mamlakatimizda bunday kurslarning kunduzgi, an’anaviy qisqa muddatli va masofaviy o‘qitish shakllari mavjud.


Bugungi kunda amaldagi tartibga asosan xalq ta’limi muassasalari pedagoglari kamida 5 yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar.
Shu bilan birga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
O‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi. Natijada umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlari faoliyati davomida fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim va tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan, ilg‘or xorijiy tajribalardan bexabar qolmoqdalar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’z ma’ruzlarida yosh avlodga puxta bilim berish, ularni har tomonlama yetuk kadrlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidlab kelmoqda. Bu ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglaridan ulkan mas’uliyatni, malakasini muntazam oshirib borishni talab etadi.
Mamlakatimizda pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu boradagi xalqaro tajriba ham o‘rganilmoqda. Professor-o‘qituvchilarimiz Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Fransiya, Chexiya, Slovakiya, Gretsiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya kabi davlatlarda ta’lim olib, malaka oshirib kelmoqda. Yevropa Ittifoqi komissiyasining “Erasmus+”, “Texnik yordam dasturlari” kabi loyihalari oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash, yanada takomillashtirishda qo‘l kelmoqda.
O‘zga madaniyat muhitiga moslashishga to‘siqlari, ta'lim standartlari xalaqit bermasligi kerak. Homo sapiensning postindustrial rivojlanish bosqichi boshidanoq dunyo mehnat bozorida raqobatga bardoshli va talabgir mutaxassis - bu tor shaxsiy, “mahalliy” manfaatlardan kelib chiqadigan tor mutaxassis emas, balki qadriyatlari tizimi butun Yer sharini qamrab oladigan xalqaro globalist ekanini belgilab berdi.
Turgan gapki, bunday vaziyatda xalqaro ta'lim dolzarb ahamiyat kasb etadi. Gap bu yerda rezyumeni bezab turadigan nufuzli diplom yoki xorijda amaliyot o‘tgani to‘g‘risidagi yozuvda emas. Yangi zamon yangi insonni, o‘zgacha maqsad va ehtiyojlarga ega insonni talab etmoqda, o‘z talabalariga xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taklif etadigan ta'lim dasturiga ega oliy o‘quv yurtlari esa zamonaviy talabalar uchun ustuvor bo‘lib bormoqda. Ta'lim tizimiga bunday yondashuvlar, ko‘pincha, almashish dasturlari orqali amalga oshiriladi va ular ichida eng nufuzli bo‘lgan talabalar almashish dasturi - bu ERSAMUS MUNDUS.
«Erazmuslar» tarixi 1987 yilda, YEI mamlakatlari uchun mo‘ljallangan talabalar almashish notijorat dasturi - ERASMUS (u paytda hali «mundus» so‘zi yo‘q edi) start olganda boshlangan. Yangi dastur Yevropa yoshlarini o‘qishga, oliy ta'limning barcha ustun tomonlarini tushunib yetishga, maktab o‘quvchilari va talabalarni o‘ziga baho berish chegarasini yanada yuqoriga ko‘tarishga rag‘batlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan, g‘urur va salohiyatni faollashtirishga da'vat etar edi. Dastur o‘qituvchilarga keng imkoniyatlar ochib berdi, endi ular chet el oliy o‘quv yurtlarida pedagogik faoliyat yuritishlari mumkin bo‘ldi, abituriyentlarga chet el oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishlarida yordam berdi, amaliyotchilar uchun Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarga safar tashkil etdi. Butun Yevropa mintaqasini qamrab olgan bu dasturning moddiy ta'minotini Yevropa Ittifoqi va mahalliy universitetlar o‘z zimmalariga oldilar. Xalqaro talabalar ularning chet elda yashash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplaydigan stipendiya olish imkoniyatiga ega edilar. Aytish lozimki, ERASMUS faoliyati prinsiplarini dasturning nomidan ham bilib olish mumkin. Bu nom XVI-asr Shimoliy Uyg‘onish davrini va o‘sha davrning «fikrlar hukmdori», Niderlandiya gumanisti Erazm Rotterdamskiyni eslatadi. Uni insoniyat tarixidagi birinchi globalist deb atash mumkin - faylasuf butun Yevropani aylanib chiqqan, ko‘plab Yevropa universitetlarida o‘qigan va dars bergan, yangi bilimlar olgan va boshqa mamlakatlarning madaniy tajribasini o‘zlashtirgan.
ERASMUS dasturi bilan birga ERASMUS MUNDUS dasturi ham rivojlanib borgan. Bu strategik jihatdan ERASMUS dasturidan farq qilmaydigan yangi xalqaro ta'lim dasturi bo‘lib, faqat u Yevropa globallashuv jarayonini mantiqiy yakunga yetkazishga intilgan holda, o‘z faoliyati geografiyasini sezilarli darajada kengaytirgan edi («mundus» - lot. «dunyo», «jahon»). Sekin-asta ERASMUS MUNDUS dasturi dunyoning yarmini, shu jumladan O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Aytish lozimki, O‘zbekiston hududida dastur 2007 yildan 2014 yilgacha juda unumli faoliyat olib bordi. Pul oqimlari Yevropa Ittifoqi byudjeti tomonidan ta'minlandi, afsuski 2014 yilgi moliyaviy inqiroz dasturga yakun yasadi va xalqaro ta'lim maydonida navbatdagi, uchinchi «erazmus» - ERASMUS PLUS paydo bo‘ldi.
ERASMUS PLUS - bu yangi integratsiyalashgan ta'lim dasturi bo‘lib, o‘sha davrda Yevropa Ittifoqi doirasida mavjud bo‘lgan barcha xalqaro dasturlarni o‘zida mujassam etgan. Uning faoliyati ta'lim sohasi va sportda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. ERASMUS PLUS - bu yetti ta'lim dasturiga nisbatan integral bo‘lib xizmat qilgan ko‘p vazifali dastur. Ta'lim dasturlari quyidagilardir:

  • oliy ta'lim sohasidagi uchta xalqaro dastur: Erazmus Mundus, Tempus, Alfa;

  • kattalar uchun to‘rtta kasb ta'limi dasturi: Leonardo, Gryundtvig, Komenius va 2014 yilgacha amalda bo‘lgan Erazmus dasturi.

Yetakchi Yevropa ta'lim dasturlarining 25 yildan ortiq tajribasiga tayangan holda, ERASMUS PLUS ularning chegarasini kengaytirishga intiladi; u o‘tmish yutuqlari va muvaffaqiyatlarini hisobga oladi, oldingilarning tajribasini konstruktiv tarzda o‘zining ta'lim tizimi bilan birlashtiradi. Shuning uchun ERASMUS PLUS dasturi faoliyati shunchalik ko‘p qirrali va segmentlashgan. Ushbu brend ostida quyidagi ta'lim strategiyalari amalga oshiriladi:

  • ERASMUS PLUS: COMENIUS - umumiy o‘rta ta'lim segmenti.

  • ERASMUS PLUS: ERASMUS - oliy ta'lim segmenti.

  • ERASMUS PLUS: ERASMUS MUNDUS - birgalikdagi magisterlik darajalari segmenti.

  • ERASMUS PLUS: LEONARDO - kasb ta'limi va kadrlar tayyorlash segmenti.

  • ERASMUS PLUS: GRUNDTVIG - kattalarni o‘qitish segmenti.

  • ERASMUS PLUS: YOUTH IN ACTION - yoshlarni noformal va norasmiy o‘qitish segmenti;

  • ERASMUS PLUS: JEAN MONNET - YEIda integratsiya jarayonlarini tadqiq qilish.

  • ERASMUS PLUS: SPORTS - sport segmenti.

ERASMUS MUNDUS xaritani qayta tuzib, o‘z ma'rifiy intensiyalarining geografik chegarasini kengaytirgan bo‘lsa, ERASMUS PLUS yosh senzini dolzarblashtirdi (kattalar uchun ta'lim) va ijtimoiy chegaralarni kengaytirdi.
Ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlar, iqtisodiy inqiroz, iste'dodlar uchun raqobat kurashi, yuqori darajali ishsizlik - bu omillarning hammasi yangi yondashuvni belgilab berdi:

  • ta'lim dasturlari bilan siyosat o‘rtasidagi aloqalar,

  • YEI uchun amaliy foydaga yo‘naltirilganlik,

  • Oddiy oqilona tuzilma,

  • yoshlar,

  • sport va h.z.

Ta'lim masalalari bo‘yicha Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Dennis Ebbot yangi dastur kelajagi haqida chuqur ishonch bilan gapiradi, u yangi ERASMUS PLUS dasturi o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsatishiga, oldingi dasturga qaraganda keng ko‘lamliroq va barkamolroq bo‘lishiga umuman shubha qilmaydi. ERASMUS va ERASMUS MUNDUS doirasidagi oldingi dasturlar, birinchi navbatda, universitetlar o‘rtasida xalqaro akademik almashinuvga qaratilgan edi, PLUS dasturi kengroq - bu talabalar uchun volonterlik ishi va turli malaka oshirish kurslari, yosh ishchilar uchun professional ta'lim. “Butun umr o‘qiymiz” dasturi yoshligida turli sabablarga ko‘ra o‘qishini oxiriga yetkazolmagan kattalar uchun o‘qishni davom ettirishning turli variantlarini taklif etadi. Oldin mavjud bo‘lgan deyarli barcha ta'lim dasturlarini birlashtirib, ERASMUS PLUS dasturini ishlab chiquvchilar oldingi dasturlarning tajribasi va barcha muvaffaqiyatli yechimlarini jamladilar va to‘qini puchidan ajratib, optimal ta'lim dasturini yaratdilar. Bu dasturni keng ko‘lamli ta'lim loyihasi, deb atasak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xulosa, Erasmus plus bu xorijda, dunyoning eng obro‘li ilmiy maktablari yaratilgan va yaratilayotgan, eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida bilim olish imkoniyati. Siz o‘zingizning individual “ta'lim yo‘nalishingiz”ni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz, sifatli ta'lim olish imkoniyati ehtimolli beqiys darajada ortadi.
Pedagog va ilmiy xodimlar o‘zlarining xorijdagi hamkasblari bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa natijasiz qolmaydi, albatta o‘z mevasini beradi.
ERASMUS PLUS dasturi orqali ta’lim muassasalari xalqaro amaliy va unumli raqobat maydonidan o‘rin egallaydilar, bu esa ularni takomillashash yo‘lidan yetaklaydi, albatta.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish