СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ
1.Алферова И.Н.,Тонкова –Ямпольская Р.В.,Черток С.Я.,Основы медицинских знаний.-М., 1981
2.Вавилова А.Н. Развивайте у дошкольников ловкость,силу,выносливость.-М.,1981
3.Гигинические основы воспитания детей от 3до 7 лет /сост.В.И.Телени –М.,1987.
4.Губерт К.Д.,Росс М.Г.Гимнастика и массаж в раннем возрасте,-М.,1981.
5.Кепеман А.В.,Xухлаева Д.В.Теория и методика физического воспитания детей дошкольного возраста .-М.,1985
6. Крылова Е.Т.,Спирина В.П.Режим дня в дошкольных учреждениях.-М.,1987.
7.Ласкова Г.П., Буцинская П.П.,Васюкова В.И.Обшеразвивающие упражнения в детском саду .-М., 1981.
8.Смирнова Е.Т.Гигиенические условия воспитания детей в дщшкольных учреждениях сада .-Мю, 1980.
9.Спирина В.П. Закаливание детей,-М., 1987/
BOSHLANG‘ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Mamadaliyeva Marhaboxon No‘monovna
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
Soliyev Tohirbek Sahobiddin o‘g‘li
ToshTYMI 2-kurs talabasi, rewardof99@gmail.com
Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish muammosi, ayniqsa boshlang‘ich ta’limning yangi mazmunini belgilab berishni taqozo qilmoqda. Bu sohadagi ishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ta‘limning istiqboldagi mazmunini belgilash lozimligini ko’rsatdi. Bu esa, avvalo, boshlang‘ich ta’lim jarayonini ilmiy-pedagogik tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limda pedagogik jarayon sifatini oshirish, uning davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish va har bir sinf uchun minimum dasturlar yaratish vazifasi dolzarb hisoblanadi. Bu sohada pedagogik prognostikaga tayanish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda ta’limning ushbu bosqichida tub islohotlarni amalga oshirish borasida mavjud imkoniyatlarni kengaytirishda pedagogika birinchi navbatda ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik diagnostika hamda pedagogik eksperiment orqali tekshirish, nazorat qilish ta’lim amaliyotini pedagogika xizmati bilan ta’minlashni nazarda tutish mohiyatiga ega. Ayniqsa, ta’lim amaliyotini nazorat qilish unga tashxis qo‘yish va boshqarish vositalarini ham ishlab chiqish zarurligini ta’kidlamoqchimiz. Boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishda quyidagi masalalarga alohida e’tibor berish lozim:
Kelajakda o‘quvchiga taqdim etiladigan o‘quv materialining mazmuni, unda ta’lim-tarbiya komponentlarining mujassamligi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rganishi zarur bo‘lgan o‘quv predmetlari, ushbu o‘quv predmetlari mazmunida bilimlarning mujassamlashtirish imkoniyatlari.
O‘quv materialini o‘rganish metodlari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv, biluv faoliyatini boshqarish yo‘llari.
O‘qituvchilarning o‘z faoliyatini boshqarish, rivojlantirish hamda o‘quv faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish metodlarini taklif qilish.
Ta’lim mazmuni sifatini takomillashtirishga xizmat qiladigan qo‘shimcha adabiyotlar, texnik vositalar, didaktik materiallarning mazmuni va ularni tayyorlash mexanizmlari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi darsning maqsadi bilan bog‘liq tarzda belgilangandagina o‘quvchida erkin tarzda hosil bo‘lgan bilim va malakalarini yangi materiallar bilan bog‘lab o‘zlashtirish imkoniyati vujudga keladi. Chunki, o‘quvchini erkin fikrlashga qaratilgan mazmuni bunday imkoniyatni vujudga keltiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Bunda o‘quv materiallari orasidagi uzviylikni va o‘quv materiallarining mahsuldorligini ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Birinchi navbatda ta’lim mazmunini prognostika qilish jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishga o‘quvchining qanchalik tayyorligi, uning psixologik imkoniyatlari hisobga olinishi kerak. Buning uchun dars jarayonida muntazam diagnostikani amalga oshirgan holda ta’lim mazmuni istiqbolini belgilash taqozo qilinadi.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim oldiga davlat va jamiyat juda katta ijtimoiy buyurtma qo‘ymoqda. Ushbu buyurtmaning asosiy negizini maktab ta’limining ilk bosqichidan boshlab o‘quvchilarni uzluksiz rivojlantirish, o‘quv-biluv jarayonida ularni pedagogik qo‘llab-quvvatlashga erishish masalasi tashkil etadi.
Muammo yuzasidan turli-tuman fikrlar, farazlar tug‘ilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bolani qaysi yoshdan o‘qitish mumkin?
Bu savol yuzasidan rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganib, shuni ko‘rish mumkinki, ularda boshlang‘ich maktablarga bolalarni qabul qilish yoshi yurtimizdagidan farq qiladi. Masalan, ta’lim sifati yuqori bo‘lgan Yaponiyani oladigan bo‘lsak, u yerda uch yillik majburiy maktabgacha ta’lim tizimi joriy etilgan. Undan so‘ ng bolalar olti yoshdan boshlang‘ich maktablarga borishadi. Buni Fransiya, Hindiston, Avstraliya ta’lim tizimlarida ham kuzatish mumkin. Bundan tashqari Buyuk Britaniyada boshlang‘ich maktablarga bolalar ancha erta ya’ni besh yoshdan qabul qilinadi. Xorijiy mamlakatlarda nafaqat olti yoshli bolalarni o‘qitish, balki undan kichik yoshdagi bolalarni maktabga jalb qilishga ham talab katta ekanligini yuqoridagi misollardan ham bilish mumkin.
Respublikamiz va rivojlangan mamlakatlar pedagoglari qulay moddiy-texnikaviy baza mavjud bo‘ligan taqdirda bolalarni salomatligiga zarar yetkazmagan holda olti yoshdan boshlab o‘qitish lozimligini tavsiya etadilar. Bir guruh pedagog-psixolog olimlar respublikamiz sharoitida olti yoshli bolalarni o‘qitish imkoniyati yo‘qligini uqtiradilar. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabga tayyorlay olmasliklari, yetarli bilim bera olmayotganliklarini ro‘kach qiladilar.
Ikkinchi guruh olimlar esa olti yoshli bolalarni maktabga olish vaqti yetganligini bildirmoqdalar.
Ma’lumki, bu ikkala fikrida umumiylik mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki, bolani qaysi yoshdan o‘qitish mumkin? – degan muammo dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Bolaga qaysi yoshdan boshlab ta’lim beriilishidan qat’iy nazar asosiysi, bu ishda to‘g‘ri yo‘nalish olish va ta’lim mazmunini aniq belgilash muhimdir.
Olti yoshli bolalarni tarbiyalash va o‘qitish muammolari bo‘yicha ikki xil qarama-qarshi nuqtai nazarlar aniqlandi. Bir qator olimlar, ya’ni maktabgacha ta’lim sohasida ishlovchi psixologlar va pedagoglar – A.V.Zaporajets, D.B.El’koninlar olti yoshli bolalarga ta’lim berishda predmetli o‘qitishni tashkil etish mumkin emasligini asoslashga harakat qiladilar. Ular olti yoshli bolalarga majburiy ta’lim berish masalasini faqat maktabgacha ta’lim muassasalaridagina bolalarni maktabga tayyorlash vazifasi bilan bog‘lab amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar.
Olimlarning boshqa guruhi esa, jumladan, M.P.Kashin, A.I.Markushevich, K.I.Neshkovlar olti yoshli bolalarga maktabda ta’lim berish mumkinligi va bunga imkoniyatning mavjudligini isbotlaydilar.
Bu ikkala fikrda umumiylik mavjudligi ma’lum. Ikkala vaziyatda ham olti yoshli o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish to‘g‘risida fikr yuritilyapti. Biroq ularda farqli jihatlar ham mavjud.
Birinchi guruh olimlarning xulosalari quyidagicha: olti yoshli bolalarni o‘qitish masalasi faqatgina bugungi kunning muammosi emas, bu istiqbolda belgilanadigan ta’lim mazmuniga bir qadar o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etadi.
Hozirda olimlar hamda xalq ta’limi xodimlari ta’lim mazmunini isloh qilish muammolari ustida bosh qotirmoqdalar. Bu borada ko‘zga tashlanadigan siljishlar bo‘ldi, masalan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining umummilliy dastur talablari asosida isloh qilinishi, boshlang‘ich ta’limning yangi mazmuniga natijalari maktabda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning kelajak rivoji haqidagi nazariy yondashuvlar bunga misol bo‘la oladi.
Ta’lim mazmuni va metodlarining uyg‘un bo‘lishi o‘quvchilarning rivojlanishiga katta yordam beradi. Ta’lim mazmunini maqsadga muvofiq tarzda belgilashga bo’lgan bugungi kunning ulkan talablari pedagogika fani mazmuni, unda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar ko‘lamini ham konseptual nuqtai nazardan takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra kelajak uchun xizmat qiladi.Bu butun bir ko‘p asrlik insoniyat jamiyati tarixidagi o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga va mehnatga tayyorlashga qaratilgan zaruriy g‘amxo‘rliklar bilan tasdiqlanadi. Buyuk faylasuf Aristotel shunday deb yozgan edi: “Qaysiki mamlakatda yoshlar tarbiyasiga befarqlik bilan qaralib, qonun chiqaruvchi hukumat rahbarlari bu jihatni nazarga ilmasa, unda bu davlat tizimi inqirozga yuz tutishi muqarrar. Jumladan, har bir mamlakat uchun tarbiya-fanning birinchi zaruriyatidir”.
Adabiyotlar:
Oliy pedagogika o‘quv yurtlarining o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishning ilmiy asoslari/ Respublika ilmiy-metodik konferensiyasining materiallari. – T.: Nizomiy nomidagi TDPI, 2000.
Kadrlar tayyorlash milliiy dasturi // O‘qituvchi ma’naviyatini shakllantirish/ Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. – T.: “Ma’rifat”, - madadkor 2000.
Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. – T.: “Istiqlol”, 2003.-224 b.
Sariboyeva H, Xayitboyev N va boshqalar. Pedagogika/ O‘quv qo‘llanma – T.: “O‘qituvchi”, 2006.
Xaydarova O.Q. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvga tayyorlash: Ped. fan. Nomzod … diss. Avtoref. – T.: 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |