Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA INTERAKTIV DOSKADAN FOYDALANISH



Download 27,87 Mb.
bet205/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA INTERAKTIV DOSKADAN FOYDALANISH
Muyassar Alisher qizi Ochilova
Buxoro davlat universiteti, muyassar.ochilova96@gmail.com
Agronomiya va biotexnologiya fakulteti,
Tuproqshunoslik yo'nalishi 1-bosqich magistri
Mamlakatimizda ta'lim tizimini takomillashtirish va zamon talablariga moshlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylanib bormoqda. Ta'lim muassasalaridagi ta'lim sifati ushbu tizimning
holati va samaradorligini belgilaydigan me'zonlar hisoblanib, ta'lim jarayonida erishilgan natijalar bilan belgilanadi. Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish ta'lim samaradorligini oshirishda muhim vositadir. Shu jihatdan innovatsion texnologiyalar asosida yuqori salohiyatli shaxsni kamol toptirishga erishish hamda uni hayotga tayyorlashga yo'naltirilgan kompleks vazifalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lib, ta'lim siyosatining bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantitish bo'yicha Harakatlar Strategiyasining to'rtinchi ustuvor yo'nalishida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davon ettirish vazifasi qo'yilgan. [1].Ushbu strategik vazifasini muvaffaqiyat bilan bajarish uchun ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanish, ta'limda innovatsion yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zarur. Ta'lim tizimini shu talablar asosida qayta qurish-jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda bugungi kunda yangi jahon axborot muhitiga integrallashishga yo'naltirilgan ta'lim tizimi yo'lga qo'yilmoqda va bu ta'lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan o'zgarishlarda kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim sohasiga kirib kelishi o'qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkillashtirish shakllarini qulaylashtirib, to'la va oson tushunish imkonini bermoqda.
Umumiy o'rta ta'lim fanlarini o'qitishda turli vositalardan foydalanish bugungi kun talablaridan biri sifatida dolzarb bo'lib bormoqda. Shuni hisobga olgan holda ta'lim sohasida olib borilayotgan izlanishlar anchagina keng qamrovli bo'lib qoldi.
Shunday texnologiyalardan bugungi kunda jahon ta'lim tizimida keng qo'llanilayotgan interaktiv doskalardir. Bu qurilma asosan doska vazifasini bajarsada, boshqa qulayliklari juda ko'p. Darslarning samarali tashkil etilishi uchun xizmat qiladigan bu qurilmadan biologiya darslarida foydalanish imkoniyati katta. Biologiya fani ta'lim jarayonida talabalarda turli xil umumiy ta'lim ko'nikmalari va hayotiy kompetensiyalarni shakllantiradi. Butun biologiya kursi xilma-xil vazifalarni o'z ichiga oladi- bu matn bilan ishlash, uch o'lchovli modellarni idrok etish, matematik hisoblash muammolarini hal qilish, grafiklar va diagrammalar yaratish. Biologiyada odatiy vazifalardan tashqari, nuklein kislotalar bilan oqsillarni kodlash, genetik muammolarni hal qilish, identifikatsiya kartalari yordamida o'simliklarni aniqlash, kattalashtirish moslamalari bilan ishlash va boshqalar kabi ko'plab o'ziga xos vazifalar mavjud.[2 41-b].
Interaktiv doskada ma'lum ma'lumot yozilgandan keyin uni o'chirib tashlash yoki aksincha yana tiklash imkoniyati mavjud. Qo'shimcha ko'rgazmalarni ham bir vaqtning o'zida ko'rsatib ketish mumkin. Xohlasa, slaydlar ham namoyish qilinib, yana ortga qaytib mavzu bo'yicha ma'lumotlarni ko'rsatish mumkin. Bu qurilma darslarda doska bilan ishlash samaradorligini oshiradi. Interaktiv doskada mavzuda uchraydigan atamalarni ma'lum ranglarda belgilab ko'rsatish imkoniyati mavjud. [3].
Mana shunday doska yordamida o'qituvchi talabalarga elektron ko'rinishdagi grafiklar, diagrammalar, xaritalar va jadvallarni taqdim etishi, videoroliklar yoki o'quv filmlarini namoyish etishi mumkin. Ayniqsa, bu vazifasi sababli biologiya fanidagi mavzular animatsion va rangli tasvir va videoroliklar orqali tushunarli va qiziqarli tarzda o'tilishiga olib keladi. O'quvchilarning bevosita ko'rib, xotirada saqlab qolishida yordam beradi hamda fanga qiziqish uyg'otish va asosiysi ta'lim sifati hamda samaradorligiga erishiladi. Shuningdek, elektron doskadan dars jarayonida foydalanish ta'limni samarali olib borish uchun o'qituvchiga ham o'quvchi talabalarni darsga jalb qila olishida qulaylik va yengilliklar yaratadi.Bunday doskada internetdan olingan ma'lumotlar darhol aks ettiriladi.[2]. Elektron doskadan ayniqsa bir vaqtning o'zida bir qancha auditoriyalarda o'z prezintatsiyalarimizni namoyish qilishimiz mumkin. Elektron doska masofadagi foydalanuvchilar bilan ishlash funksiyasida masofadagi uzoqlashgan doska bilan ulanish imkoniyatiga ega. Bu ayniqsa konferensiyalar, masofaviy ta'lim jarayonida qo'l keladi. Bu doskadan nafaqat ma'ruza, balki, amaliy, seminar va laboratoriya darslarida foydalanish mumkin.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta'lim sohasida muvaffaqiyatli qo'llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib ulg'aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo'lishiga shak- shubha yo'q.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish