Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M Oliy majlisga murojatnoma.: Toshkent, 2020 yil 24 yanvar
2. Mirziyoyev Sh.M “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz – T.: “O’zbekiston”, 2018.
3. Xasanboyev J Pedagogika – T.: “Fan”, 2006.
4. Golish.L.V “Ta’lim jarayonida intetfaol ta’lim uslublari va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish” – T.: treningning o’quv metodik materiallari. TDIU, 2013
5. “Inovatsiya: Fan, ta’lim texnologiya” Ilmiy uslubiy maqolalar to’plami. Andijon, 2016
NOTIQLIK SAN`ATI
Mohidil Nizomova ,
Farg`ona viloyati Yozyovon tumani 16- umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Bugungi kunda ta’lim sohasini rivojlantirish hamda sifat va samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda nafaqat o’qituvchilar balki,o’quvchilar ham zamon talabi hisoblangan kompyuter, internet xizmatlaridan bemalol foydalana oladi. Ular uchun elektron darsliklar yaratilmoqda. Ammo ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlashda hech narsa o’qituvchi o’rnini bosa olmaydi.
O’qituvchining sinf xonasidagi jonli ma’ruzasi, amaliy mashg’ulot jarayonidagi bilim berish usullari u yoki bu fan asoslarini o’quvchiga singdirishda asosiy vosita hisoblanadi.Boshqa vositalar ana shu bilim va ko’nikmani yanada to’ldirishga, boyitishga xizmat qiladi.
Ulug’ allomalarimizning ustozlarimiz haqidagi fikrlari ham diqqatga sazavordir.O’zbek adabiy tilimizning asoschisi Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek:
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamoq bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
“ O’qituvchining ishi deb yozgan edi Qori Niyoziy,- uning qaysi sinfda va nimadan dars berishidan qat’iy nazar ,ijodiy bo`lishi lozim.Aks holda uning so’zi qolipga aylanib, o’qituvchining o’zi oddiy kosibga o’xshab qolishi mumkin.”
“O`qituvchi ,_ deb ta’kidlagan edi Kamenskiy-sof vijdonli, ishchan sabotli, o`quvchilarga o`zi singdirishi lozim bo`lgan fazilatlarning namunasi bo`lishi , keng ma’lumotli va mahnatsevar kishi bo`lishi lozim.
O`zi namuna ko`rsatib,o`quvchilarni o`ziga ergashtirish o`qituvchining eng birinchi vazifasidir.
Ha, o`qituvchi maktabda dars berar ekan har jihatdan ibrat namunasi bo`lishi shartdir.O`quvchi kiyinishda, yurish- turishda , so`zlashda ,odob –axloqda o`qituvchisiga o`xshashga harakat qilishi uning bilim olishida, tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir.
O`qituvchining o`quvchiga bilim berishidagi asosiy vosita uning sinfda o`qiydigan ma’ruzasidir.Agar o`qituvchida ma’ruza o`qish san’ati shakllangan bo`lsa , u o`quvchilarga bilim va ko`nikmalarni to`la bera oladi. Ammo bu san’at qiyin san’at bo`lib , ko`pchilik muallimlarda buni ko`rish qiyin. Ma`ruzachining asosiy quroli so`zdir.So`zlarda ifodalangan ma`noni chuqur his qilish, uni boshqalarga yetkaza olish san`ati hammaga ham nasib etavermaydi. Bunday iste`dod egalari hamisha ardoqlanadi.
Ma’ruzaga qo`yiladigan asosiy talablardan biri bu notiqlikdir. Ba’zi bir muallimlar borki,o`z fanini chuqur biladi, ammo yaxshi ma`ruza o`qiy olmaydi.Chunki unda notiqlik san’ati yetishmaydi. Notiqlik san’ati tushunchasi notiqning o`zi bilgan bilimlari bilan cheklanib qolishi emas balki, uni o`quvchilarga tushunarli tarzda yetkazib berish bilan o`lchanadi. O`z ma’ruzasiga o`quvchilarni ishontirishi , qiziqtira olishi muallimning ulkan yutug`i hisoblanadi. Bunday yutuqqa erishishning vositalaridan biri til vositalaridan o`rinli, to`g`ri tanlay bilish , ularni o`z o`rnida to`g`ri qo`llay olishdir.Notiq o`z nutqiga qalb haroratini berishi kerak.Iste’dodli yozuvchi Abdulla Qahhor ta’kidlaganidek: “Dunyoda qalb harorati bilan jon kirgizilmagan nutq - o`lik nutqdan sovuqroq narsa bormikan?!”.
Muallim o`z ma’ruzasini o`quvchilarga mahorat bilan yetkazishda quyidagi vositalar unga yordam beradi.
Ovoz.Ma’ruzachining ovozi jaragndor, yoqimli bo`lmog`I kerak. Ovozida nuqsoni bo`lgan muallim uni tuzatishga harakat qilmog`i lozim.Hamisha ovoz chiqarib o`qish, ovoz paychalarini zo`riqtirmaslik shoshilmaslik, muntazam ravishda mashq qilish orqali ovozdagi nuqsonni yo`qotish , hach bo`lmaganda o`quvchilar sezmaydigan darajaga keltirish mumkin.Ovoz – past-baland, ingichka- yo`g`on,jarangdor-jarangsiz, yoqimli- yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega.Ovozning bu xususiyatlaridan ijobiy ma`nodagilarini egallash, ma’ruza o`qish jarayonida ulardan mahorat bilan foydalanish zarur.
Ovozni me’yoridan ortiq baland qo`yish,birinchidan ,muallimni charchatadi.Ikkinchidan esa ,o`quvchilarni eshitish,qabul qilish a’zolarini toliqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |