Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


O’QUVCHILAR NUTQINI BOYITISHDA MAQOLLARDAN



Download 27,87 Mb.
bet197/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

O’QUVCHILAR NUTQINI BOYITISHDA MAQOLLARDAN FOYDALANISH
Rajabova Lola Raxmatullayevna,
Qarshi davlat universitetii,“Pedagogika” kafedrasi assistenti
Fol’klorning ommaviy janrlaridan biri maqoldir. Maqollar uzoq asrlar mobaynida og`izdan - og`izga o`tib, silliqlanib, xalqning dunyoqarashi, jamoatga munosabtini, uning tarixi va psixologiyasi qisqa shaklda aks ettiriladi.
Maqollar insoniyatning turmush tajribalari zaminida tug`ilgan va xalq donoligini
ifodalaydigan qisqa, ko`pincha she’riy shakldagi hikmatli so`zlar, chuqur ma’noli iboralardir. Maqollarda mehnatkash xalqning orzu umidlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, qisqasi barcha ijobiy fazilatlar aks etgan bo`ladi.
A.M.Gor’kiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. «Eng ulug` donolik so`zining soddaligidir»-deb yozadi u. Maqollar va qo`shiqlar har vaqt qisqa bo`ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo`ladi.
Haqiqatidan ham maqollar, matallar kishilarning ongini o`stirishda, odamlarda eng yaxshi insoniy fazilatlarni tarbiyalashda muhim rol’ o`ynaydi. O`zbek xalq maqollari eng qadim zamonlardan beri xalq orasida aytilib, puxtalanib, avloddan-avlodga eng yaxshi ma’naviy meros bo`lib kelmoqda. Xalq maqollarni birinchi marta to`plagan olim M.Qoshg`ariydir. U o`zining «Devonu lug`otit turk» asarida qadimiy qabila va urug`lar orasida keng tarqalgan maqollardan ko`plab namunalar keltiradiki, bu maqollar bizning davrimizda ham o`z qimmatini yo`qotgani yo`q.
Aksincha xalq orasida turli variantlarida ishlatib kelinmoqda. Masalan, «Devonu lug`atit turk»dagi: «Kishi olasi ichtin, Yilqi olasi toshtin», «Osh totug`i tuz», «Er so`zi bir»-kabi maqollar hozirgi kunda: «Odam olasi ichida, Mol olasi tashida», «Oshning ta’mi tuz bilan», «Yigit so`zi bir bo`lar» kabi shakllarda keng qo`llanib kelmoqda.
Klassik adabiyot namoyandalari o`z asarlarida xalq maqollaridan, hikmatli so`zlardan samarali foydalanganlar. Ulug` Alisher Navoiy o`zining «Xamsa», «Mahbub-ul qulub», «Xazoyinul maoniy», «Lison ut-tayr» asarlarida ko`plab maqollar va hikmatli so`zlarni ishlatgan, ularni ijodiy qayta ishlab g`oyaviy-badiiy jihatdan yuksak darajaga ko`targan.
Gulxaniy o`z asarlari hajviy kuchini oshirish, xalq hayoti bilan bog`liq va badiiy jihatdan puxtalash maqsadida «Zarbulmasal»da 400 dan ortiq xalq maqollari, hikmatli so`zlarni keltirgan.
O`zbek maqollarining mavzusi boy va xilma - xildir. Maqollarni g`oyaviy-mavzuiy jihatdan juda ko`p turlarga ajratish mumkin. Jumladan: Vatan va vatanparvarlik, botirlik va qo`rqoqlik va mardlik, oila va tarbiya va x.k. Umuman inson hayotining, insoniy munosabatlarining biron sohasi yo`qki, maqollarda ifodalanmagan bo`lsa.
Maqol o`git, nasihat harakterida bo`lib, ikki qismdan tashkil topadi. Birinchi qismi voqea hodisaning obrazli ifodasi va ikkinchi qismda hikmatli yakun beriladi. Masalan: Hunari yo`q kishining, - birinchi qism, Mazasi yo`q ishining, - hikmatli xulosa.
Boshlang'ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish, tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo'lgan g'oyani tushunmay turib, maqolning ma'nosini izohlash qiyin boiadi. Mualliflar ham maqol ma'nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo'ladilar.
O'quvchilar nutqini boyitishda maqollar katta ahamiyat kasb etadi. Maqollar o'qish uchun ham, suhbat uchun ham, hikoya tuzish uchun ham, grammatik tahlil va yozuv uchun ham juda qulay materialdir. Ular ixcham, sermazmun va ta'sirchan bo'ladi; maqollar o'quvchilarning badiiy didini o'stiradi, nutqqa e'tibor bilan qarashga, to'g'ri, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi, estetik tarbiyasida muhim o'rin tutadi. O'qish kitoblarida mavzuga bog'liq holda, o'zbek tili darsliklarida esa mashq matnlari ichida xilma-xil mavzularda juda ko'p maqollar beriladi. O'quvchilar maqollarni o'qib, o'qilgan asarning axloqiy muammosi bilan, hayotiy sharoit bilan bog'laydilar, ularning majoziy mazmunini, ayrim so'z va iboralarning ma'nosini tushuntiradilar. Natijada o'rni bilan maqollardan
foydalana boshlaydilar.
Maqollar o'qilgan asarning xulosasi sifatida ishlatilib, ko'pgina asarlarning mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Masalan, “Sher va sichqon" (1-sinf) ertagining xulosasi sifatida “Yaxshilik erda qolmas”, “Ahillikda hikmat ko'p", “Do'stlar ahil bo'lsa, ish oson bo'lur" maqollari; “Rostg’y bola” ertagidan so'ng “Boshingga qilich kelsa ham rost so’zla", “Aql yoshdan, odob
boshdan" maqollari beriladiki, bular shu asar mazmunining mag'zini ochib beradi.
O'quvchilar maqollarni yoqtiradilar, shuning uchun ham maqollar bilan berilgan topshiriqlarni jon-dildan bajaradilar. O'qituvchi shularni hisobga olib, maqollar bilan xilma-xil mashqlar ishlatish orqali o'quvchilarga so'zlarning majoziy ma'nosini, ko'p ma'no ifodalashini amaliy singdirib boradi.
Ta’lim jarayonining eng ma’suliyatli bo’lgan davri, 1-2-sinflarida sinf-dars tizimini qiziqarli, milliy an’analarga sadoqat ruhida tashkil etib borish katta ahamiyatga egaligi bilan dolzarb hisoblanadi.
Demak, xalq og’zaki ijodi materiallarini o’rganish jarayonida shunga amin bo’ldikki, boshlang’ich sinflarga xalq og’zaki ijodi namunalarini qo’llash, o’tish orqali ularning fikrlash qobiliyati, ko’rish hamda eshitish orqali hayol, ta’savvur olamini boyitishimiz mumkinligini, ularning topqirlik qobiliyatini shakllantirishimiz, taqqoslash ko’nikmasini, nutqi va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishimiz mumkinligiga amin bo’ldik.
Xalq og’zaki ijodi materiallari orqali o’quvchilar bilmagan va ko’rmagan narsalarini o’rganishadi. Hayol olami kengayadi. Ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini xalq og’zaki ijodi materiallari orqali yanada jonlantirishimiz mumkin bo’ladi. Sunday ekan, biz bo’lajak pedagoglar maqollardan foydalanib darslarini o’tish yo’llari va usullarini mukammal o’zlashtirishimiz va o’quvchilarni darsga qiziqtira olishimiz zarur.
Xalq og’zaki ijodi materiallari orqali ularning xotirasini mustahkamlashimiz, ziyrakligini oshirishimiz, nutq faolligini shakllantirishimiz bizning asosiy vazifamizga aylanishi lozim. Biz shunda-gina o’z ko’zlagan maqsadimizga erishishimiz va o’quvchilarda fanga oid ko’nikma, malakalarni hosil qilishimiz mumkin bo’ladi.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish