Фойдаланилган адабиётлар:
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги «Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги 187-сонли қарори. https://lex.uz
Зуннунов А., Толипов Ў. Миллий қадриятлар асосида ўқувчи шахсини шакллантириш. Т.: Шарқ. – 2006.
Богомаз М.В. Педагогические условия формирования гражданской позиции учащихся / М.В.Богомаз // Методический портал «Гражданином быть обязан» [Электронный ресурс] - Режим доступа: http://www.smolpedagog.ru
Маслоу А. Мотивация и личность. Питер: СПб., 2003. 352 с.
Тожибоева Х.М. Ўқувчи-ёшларнинг ижтимоий фаоллигини ошириш жараёнида мактаб, маҳалла ва ота-оналар ҳамкорлиги // Узлуксиз таълим. – Тошкент, 2017. - №4. – Б.75-79.
MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL TA`LIM VA UNI AMALIYOTDA QO`LLASH
Abdunazar Salomov
Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHMda kafedra muduri,
pedagogika fanlari nomzodi, dosent.
Bugungi davr faol harakatlar, izlanishlar, tezkor axborotlar, ilg`or texnologiyalar zamonidir. Ayniqsa, aniq fanlar muallimi bo’lish o’qituvchidan alohida mas’uliyat, kuchli bilim, tinimsiz izlanishni talab qiladi. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish, tilga tushish o’z-o’zidan bo’lmaydi. Ammo tinimsiz mehnat o’z samarasini bermasdan qo’ymaydi.
Tafakkur — bu inson ijodiy faolligining yuksak shakli. Shuning uchun o’quvchilarda ijodiy faollik zaminida yotuvchi mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish umumta’lim maktablari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Zero, mustaqil ijodiy fikr yurituvchi yoshlargina mamlakatimiz kelajagining porloq bo’lishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’sha oladilar.
Ma’lumki, o’quvchi faoliyati butun ta’lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o’qituvchi turli-tuman usullardan foydalangan holda o’quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon yo’naltirib turadi. Umumta’lim maktablarining asosiy maqsadi yoshlarni fan asoslari bilan qurollantirish, ularni bilim olishga, mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.
Prezidentimiz alohida ta’kidlaganlaridek, «Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash esa katta boylikdir. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz».
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovastion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormokda. Innovastion texnologiyalar, pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi. Interfaol metodlar pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi — ular faqat pedagog, o’quvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |