Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 27,87 Mb.
bet143/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 9- sentabrdagi PF-5815-son farmoni.
2).O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori.
2). N.Egamberdiyeva “Tarbiya texnologiyasi” Fan va texnologiyalar. 2016-yil
3). “Maktab va hayot” 2018-iyul 4-son.
4). Mavlonova R., Abdurahimova D. “Pedagogik mahorat”. T:. Fan va texnologiyalar. 2012-yil.

II-ШЎЪБА. ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ЎҚИШ, МАТЕМАТИКА, ТАБИИЙ ЙЎНАЛИШДАГИ ФАНЛАРДАН САВОДХОНЛИК ДАРАЖАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИННОВАЦИОН МЕТОДЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚИШ ВА АМАЛИЁТГА ЖОРИЙ ЭТИШ.

ADABIYOT FANINI O’QITISHDA VIDIO LAVHALARDAN FOYDALANISH
Uralov Azamat Begnarovich
Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM
Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya f.b.f.dok.

Barcha insoniyatning bilimlari, tafakkuri, izlanishlari jamlanib borayotgan bu tarmoq kun sayin jadallashib bormoqda. Internetdan olinayotgan ma’lumotlarning aksariyati ta’lim sohasida, biroq qolgan bazalar bilan hech kimning ishi yo’q desak yanglishamiz. Internet o’z o’rni bilan ishlatilgandagina samara beradi. Ko’p holatlarda yoshlarimizni bu o’rgamchak to’ri domiga ilinib qolayotgani ham sir emas. Vaholangki, har bir insonning o’z tafakkuri bor. Bu texnologiyaning ravnaqi kun sayin ildamlab borayotgan bo’lsada, undan oqilona foydalanayotgan kishilar afsuski ozchilikni tashkil etadi. Nimaniki taqiqlasak, unga bo’lgan qiziqish ortib borishi aniq bo’lsada, biz bu tarmoqni cheklashga intilamiz. Bizning fikrimizcha, bu borada erkinlashuv muhum. Chunki erkinlikda bo’lgan gul ham boshqacha o’sadi. Faqat yoshlarni bu borada taqiqlashimiz o’rinli emas. Avvalambor taqiq emas, tushuntirish olib borish lozim. Shundagina bolalar bunday ba’zadan oqilona foydalanishni tushunib yetishadi. Davr rivojlanib borsada, biz buning imkoniyatlarini cheklab qo’ysak, natijada bu rivojning hech kimga keragi bo’lmay qoladi.


Ildamlab borayotgan dunyo ma’lumotlar omboridan ma’lumot olishni bilmaydigan kishilar kam qoldi. Faqat undan oqilona foydalanish lozim. Aytaylik, bir inson kerakli ma’lumotlarni izlab topish va uni kampyuterga yuklashni bilmasa, undan foydalana olmasa bu tizim nimaga kerak? Internetdan olingan ma’lumotlarni qay tarzda va qanday qilib ishlatish lozim? Olinajak har qanday ma’lumotlarni keragini kerakli joyda ishlata olgan kishi mahoratli hisoblanadi. Biz sizga internetdan olingan ma’lumotni qanday qilib bolalarga berishimiz mumkinligi yoki undan balalar qanday qilib foydalanishi haqida to’xtalib o’tmoqchimiz:
Darslarni tashkil etishda video lavhalarni o’rni juda katta. Agar darslarni qiziqarli va shiddatli tashkil etish lozim bo’lsa, o’quvchilar eshitganlaridan ko’ra ko’rganlariga ko’proq ishonishi nazarda tutilib video lavhalarni taqdim etilishi maqsadli bo’ladi. Deylik, O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi o’tilishi lozim. Bunda adib hayotiga mos video lavhalar, asarlari haqidagi video lavhalar, kino qilib olingan asarlarining kino lavhalarini (darsga mos ravishda kichikroq va mantiqiy bo’lishi lozim) o’quvchilarga taqdim qilib, shu jarayonning o’ziga munosabat bildirishi topshirilsa, dars anchagina qiziqarli va “jonli” bo’lishi kutiladi. Bu ma’lumotlarni internetdan topish va uni yuklab olishni ko’rsatish ham mumkin. Shu bilan birgalikda o’qituvchi ham bularni bilishi lozim.
Dars qanchalik qiziqarli o’tayotgan bo’lsa ham, o’quvchilar bir xillikdan zerikishadi. Mashg’ulotlar paytida turli o’yinlar ham yaxshi samara beradi, ayniqsa, dars metodi to’g’ri tanlangan bo’lsa, guruhning faollashuvi oshadi. Bunda pedagog oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi osonlashadi. Dars nafaqat qiziqarli, balki samarali, mavzuni to’liq o’zlashtirishi, o’quvchilarning bilimini oshirishi, yangiliklarga boy bo’lishi, tarbiyaviy ahamiyatning bo’lishi lozim. Yuqoridagi bazani internetdan topish oson, biroq buning uchun ham bu tizimni qayerdan toppish, qanday toppish lozimligi haqida ham tushuncha bo’lishi kerak.
Dars jarayonlarida video lavhalarni taqdim qilish o’quvchilarni darsga qiziqishlarini kuchaytirish bilan birgalikda e’tiborini ham tortadi. Shunday vaziyatlarda bu ba’za qayerdan olinganligi, qanday olinishi haqida to’xtalib ketish zarur. O’quvchilar aksar hollarda ko’rgan narsalarini eslab qolishadilar va ularni shunday talqin etishadilar. Bunda o’qituvchi juda ehtiyotkor bo’lmog’i lozim. Aks holatda noto’g’ri ko’rsatilgan video lavhalar o’quvchilar dunyoqarashini boshqa tomonga yo’naltirib qo’yishlari mumkin. Har bir darsda qo’llanayotgan video lavhalarni qayta-qayta ko’rib chiqib, keyin taqdim etilishi ham nazardan chetda qolmasin. Bola ongi, ayniqsa, yuqori sinflarda jadal rivojlanishda bo’ladi. Shu boisdan ehtiyotkorlikni ko’proq talab etadi. Video lavhalarni yuklab olish jarayonida boshqa ma’lumotlarda ham duch kelib qolish mumkin. Bu borada bolaga to’g’ri tanlov tushunchasini berib o’tish maqsadli.
Bulardan tashqari o’quv mashg’ulotlarida bunday lavhalarni, masalan, M.Yusuf ijodini o’tish jarayonidagi shoirning shaxsan o’zi tomonidan aytilgan she’rlari va fikrlari ko’rsatilib berilganda o’quvchilarni shu shoirga o’xshashni yoki qahramonga o’xshashni istab qolish qolatlarini ham ko’rish mumkin. Bu esa o’qituvchi darsning qaysi sifatini berayotganligi bilan bog’liq. Ijodkorning o’zidan eshitgan she’ri o’zinikidan, nafaqat o’zinikidan, balki o’qituvchisinikidan ham yaxshiroq ta’sir etadi. Bunda o’quvchilar, birinchidan, she’rlarini shoirlarga xos o’qishga harakat qilsa, ikkinchidan, shoirlarning o’zlari haqidagi munosabatini va ularning ijodlari haqidagi haqiqatlarni ijodkorning o’zidan eshitgani ma’qil. Yana shuni ham hisobga olish kerakki, ijodkorning o’zidan eshitilgan fakrlar “jonli” muloqotga yaqin turadi. Shu bois o’quvchilarni darsga qiziqishlari ortadi va kelgusi darslarni ham intiqlik bilan kutishadi. Faqat, o’qituvchi mashg’ulot jarayonida o’quvchilar bilimini oshirishga qaratilgan maqsadlarni to’g’ri belgilagan bo’lsa bas. Ko’rinib turibdiki, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda ham bunday texnoligiyaning imkoniyatlari va u bergan ma’lumotlar bazasi o’z samarasini beradi. Internet tizimida o’tiladigan darslar, va aloqalar ham jadallashib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, adabiyot fanini o’rgatishda video lavhalardan oqilona foydalanish, uning dars samaradorligiga ko’tarish uchun asos bo’ladi. Dars samaradorligini oshirish uchun har bir ijodkor va uning asariga qo’yiladigan video lavha o’rinli va mazmunli, qisqa hajmda bo’lishi maqsadga muvofiqdir.



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish